Jamoa shartnomasi


 Ish beruvchining majburiyatlari


Download 484 Kb.
bet26/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

11.4. Ish beruvchining majburiyatlari:
11.4.1. ayollarga malaka oshirish va qoʻshimcha maʼlumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;
11.4.2. tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarga zararli kimyoviy moddalardan xoli boʻlgan ish oʻrinlari oʻtkazish;
11.4.3. tibbiy koʻrikdan oʻtishlari uchun homilador ayollarni oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish (agar mazkur koʻrikni ishdan tashqari vaqtda oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa);
11.4.4. voyaga yetmagan farzandlari bor ayollarga 1 soatgacha qisqartirilgan ish kuni belgilash;
11.4.5. uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga 1 soatga qisqartirilgan ish kuni belgilash;
11.4.6. ikki va undan ortiq 12 yoshgacha farzandi yoki 16 yoshgacha nogiron farzandi boʻlgan ayollarning va farzandlari boshlangʻich sinfda oʻqiydigan yolgʻiz ayollarning ish haftasini ish haqlari saqlangan holda 1 soatga qisqartirish;
11.4.7. 8-12 yoshgacha farzandi boʻlgan ayollarning iltimosiga koʻra, oyda 5 kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan dam olish kuni berish;
11.5. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:
11.5.1. xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash majburiyatlarini Meliorativ ekspeditsiyasining va uning tarkibiy boʻlinmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish;
11.5.2. ishga qabul qilish va xizmat boʻyicha koʻtarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;
11.5.3. xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq toʻlashda notenglikni bartaraf etish.
11.6. Ikki yoshgacha farzandi boʻlgan ayollarga bolani ovqatlantirish uchun har uch soatda 30 daqiqadan tanaffus beriladi, ikki nafardan koʻp 2 yoshgacha farzandi boʻlgan ayollarga esa har uch soatda 1 soatdan tanaffus belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish soatiga qoʻshilib, oʻrtacha ish haqi toʻlanadi. Xodimaning xohishiga koʻra, bolani ovqatlantirish uchun ajratilgan tanaffuslar vaqti dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qoʻshib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga oʻtishi mumkin (Xalqaro mehnat tashkilotining 103-sonli Konvensiyasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 236-moddasiga asosan).
11.7. Bolalik ayollarning bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash taʼtilida boʻlgan vaqti mehnat stajiga qoʻshiladi va keyingi haq toʻlanadigan yillik taʼtil olish huquqini beradi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling