Jamoa shartnomasi


 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi


Download 484 Kb.
bet27/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

11.8. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashishni oʻz zimmasiga oladi, ayollar mehnati va sogʻligi muhofazasi boʻyicha Meliorativ ekspeditsiyasining ijtimoiy dasturi bajarilishida Ish beruvchiga yaqindan yordam beradi.
XII. YoSHLAR UCHUN QOʻSHIMCHA imtiyoz va KAFOLATLAR
12.1. Meliorativ ekspeditsiyasi ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish maqsadida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisida”gi 138-sonli va “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taʼqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisida”gi 182-sonli Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish hamda bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
Meliorativ ekspeditsiyasining oʻzida, zarur hollarda esa taʼlim muassasalari va oʻquv kurslarida yosh xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga oʻrgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish;
yoshlarni bilim salohiyatini oshirish maqsadida, ularning zamonaviy bilimlar, xorijiy til, kompyuter savodxonligini mukammal egallashlariga oʻquvlar oʻtkazish orqali koʻmaklashish, ulardan kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mehnat jarayonida yuqori koʻrsatkichlarga erishayotgan, kasaba uyushmalarida faol va shijoatli yoshlarni ragʻbatlantirish;
yosh xodimlarni madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kasb mahorati boʻyicha tanlovlarda faol ishtirok etishini taʼminlash.
12.2. Qonun hujjatlariga binoan va mazkur Shartnoma maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan “yoshlar”, “yosh oila”, “yosh mutaxassis” tushunchalaridan foydalaniladi.
12.3. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:
a) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotgan xodimlar uchun (103, 143, 144, 249, 250, 254, 255, 256, 257, 258-moddalar);
b) taʼlim muassasalarini bitirgan xodimlar uchun (68, 103-moddalar).
12.4. Taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqib, oʻquv rejasini bajarayotgan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan imtiyozlarga qoʻshimcha tarzda quyidagilar kafolatlanadi:

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling