Jamoa shartnomasi


 Ish beruvchi Meliorativ ekspeditsiyasida


Download 484 Kb.
bet30/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

14.4. Ish beruvchi Meliorativ ekspeditsiyasida xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qoʻmitasini tan oladi.
14.5. Ish beruvchi:
xodimlarning yozma arizalari asosida ish haqidan kamida 1 foiz miqdoridagi kasaba uyushmasi aʼzolik badallari Meliorativ ekspeditsiyasi buxgalteriyasi orqali ushlab qolinishini hamda pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiya kengashining 25.01.2013-yildagi 7-4 sonli majlis qaroriga asosan 0,40 % kasaba uyushma federatsiyasiga, 0,10 % sanatoriya va dam olish uylari uchun, 0,15 % shaxar kengashi apparat xodimlarini saqlash uchun jami 0,65 % shaxar kengashiga xamda 0,35 % boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan xar oyda oʻtkazilishini;
buxgalteriya orqali ushlab qolingan kasaba uyushmasiga aʼzolik badallarini byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir vaqtda kasaba uyushmasi tashkilotiga oʻtkazib berishni.
14.6. Ish beruvchi:
a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishdan avval Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan oldindan kelishib olish;
b) Kasaba uyushmasi qoʻmitasi talab qilganda unga mehnat hamda Meliorativ ekspeditsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etish;
v) Kasaba uyushmasi qoʻmitasining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni xonalar, transport, tashkiliy texnika, aloqa va Internetga ulanish vositalari, kanselyariya mollari bilan bepul taʼminlash;
g) kasaba uyushmasi tashkiloti ishida faol ishtirok etib kelayotgan Kasaba uyushmasi qoʻmitasi, qoʻmitaning komissiyalari aʼzolarini moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqan holda ragʻbatlantirib borish majburiyatini oladi.
14.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:
a) Meliorativ ekspeditsiyasi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarining bajarilishiga koʻmaklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
b) qoʻllanilayotgan mehnatga haq toʻlash tizimlari, ish haqi toʻlanishi, jamoa shartnomasi boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlar berilishi toʻgʻriligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
v) mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodxonligini yuksaltirishga koʻmaklashish;
g) kasaba uyushmasi aʼzolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish;
d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishiga erishish hamda ish joylarini mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq holatga keltirish borasida Ish beruvchi tomonidan tegishli choralar koʻrilishini talab qilish;
ye) xodimlar va ularning oila aʼzolarini dam oldirish va sogʻlomlashtirish maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar doirasida xodimlarni arizalariga koʻra tegishli sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanmalar bilan taʼminlash;
j) Meliorativ ekspeditsiyasidagi mehnat va maishiy sharoitlar ahvoli boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
z) kasaba uyushmasi aʼzolari oʻrtasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga, mehnat jamoasida mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarning oldini olish hamda barqaror maʼnaviy muhitni taʼminlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish;
i) turli tanlovlar, sport musobaqalari gʻoliblarini taqdirlash uchun ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar va mukofotlar taʼsis etish;
k) kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ishonch” gazetasiga obunani taʼminlash tashkil etadi.
14.8. Xalqaro mehnat tashkilotining “Meliorativ ekspeditsiyasilarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995-yil 18-dekabrda 196-raqam bilan roʻxatga olingan “Mehnat muhofazasi boʻyicha vakil haqida Nizom”ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari mazkur Shartnoma maqsadlarida mehnatkashlar vakillari deb eʼtirof etiladi:
a) saylab qoʻyiladigan kasaba uyushmasi organlari aʼzolari;
b) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar;
v) mehnat nizolari komissiyasi aʼzolari;

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling