Jamoa shartnomasi


XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISH


Download 484 Kb.
bet29/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISH
13.1. Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sheriklik prinsiplarini tan olgan holda, mazkur Shartnomaning bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarning oldini olish choralarini koʻrishni oʻz zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar oʻzaro ishonch va xurmat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
13.2. Yakka tartibdagi mehnat nizolari Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan boʻlgan 3 nafar aʼzodan tenglik asosida tashkil topgan (har tarafdan 3 nafardan) va mazkur Shartnomaning amal qilish muddatiga tuziladigan Mehnat nizolari komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
13.3. Jamoalarga doir mehnat nizolari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
XIV. IJTIMOIY ShERIKLIK. KASABA UYUSHMASI
FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI

14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻzaro munosabatlarida ijtimoiy sheriklik, hamkorlik, oʻzaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.
14.2. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlariga rioya qiladi, uning faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashadi.
14.3. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi Ish beruvchi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek mazkur Shartnoma talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ish oʻrinlarida amalga oshirish huquqiga ega. Ish beruvchi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni bir haftalik muddatda koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari haqida Kasaba uyushmasi qoʻmitasini xabardor qiladi. (Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-, 46-moddalari).

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling