Jamoa shartnomasi


 Meliorativ ekspeditsiyasida


Download 484 Kb.
bet25/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

10.2.6. Meliorativ ekspeditsiyasida oyning har payshanba kunini “Sport – salomatlik kuni” deb eʼlon qilish va Ish beruvchi bilan hamkorlikda xodimlarni sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish boʻyicha choralar belgilash, jismoniy tarbiya jamoalarini tuzish va ularning ishini jonlantirish;
10.2.7. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Jismoniy tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish boshqarmasi” unitar Meliorativ ekspeditsiyasisi bilan aloqalarni mustahkamlash.
XI. AYOLLAR mehnatini tartibga solish. ayollar VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISH BILAN MASHGʻUL SHAXSLARGA BERILADIGAN QOʻSHIMCHA imtiyoz va KAFOLATLAR
11.1. Taraflar mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik, huquq va imkoniyatlar tengligi, teng ahamiyatli mehnat uchun teng haq toʻlash prinsiplariga qatʼiy rioya etishni oʻz zimmalariga oladilar.
11.2. Taraflar ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini taʼminlash borasida Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi hujjatlariga ogʻishmay rioya etadilar:
Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnoma;
“Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash toʻgʻrisida”gi 100-sonli Konvensiya;
“Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 103-sonli Konvensiya;
“Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisida”gi 105-sonli Konvensiya;
“Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar toʻgʻrisida”gi 111-sonli Konvensiya.
11.3. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:
a) homilador ayollar uchun (78, 84, 224, 237, 228, 229, 143, 231, 233-moddalari);
b) ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (143, 227, 234, 236-moddalari);
v) uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (78, 84, 150, 224, 228, 228I, 234, 237-moddalari);
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (150, 232-moddalari);

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling