Jamoa shartnomasi


Download 484 Kb.
bet21/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

9.3. Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini quyidagi miqdorlarda toʻlab borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi:
9.3.1. 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramogʻida 16 yoshga toʻlmagan uch va undan ortiq farzandi bor xodimlarga, shuningdek mehnatda mayib boʻlishi yoki kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz xodimlarga – ish haqining toʻliq miqdorida;
9.3.2. ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar boʻyicha roʻyxatda turuvchi xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sugʻurtasi badallarini toʻlagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha;
9.3.3. koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;
9.3.4. boshqa hollarda, xodimning umumiy ish stajiga qarab - ish haqining 60 foizidan 80 foizigacha.
9.4. Ish beruvchi xodimning otasi yoki onasi, yaqin qarindoshi vafot etganda tashkilotning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 barobari miqdorida moddiy yordam koʻrsatadi yoki shu summa doirasida dafn marosimi xizmatlarini koʻrsatuvchi firma bilan tuzilgan shartnoma uchun pul oʻtkazib beradi.
9.5. Har yili kuz mavsumida Ish beruvchi Meliorativ ekspeditsiyasining roʻyxatdagi xodimlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 5 barobaridan kam boʻlmagan moddiy yordam toʻlanishini taʼminlaydi.
9.6. Navbatdagi mehnat taʼtiliga ketayotgan xodimga Ish beruvchi tomonidan profilaktik davolanish uchun moddiy yordam koʻrsatiladi ( yilda 1 marotaba) (10-ilova).

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling