Jamoa shartnomasi


VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH


Download 484 Kb.
bet18/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH

Ish beruvchining majburiyatlari:
8.1. Har bir ish joyiga moslab mehnat sharoiti boʻyicha meʼyoriy talablarni ishlab chiqish majburiyatini zimmasiga oladi. Bu meʼyoriy talablar ishlab chiqarish muhiti, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, birinchi navbatda mehnat hamda dam olish tartibi, xodimlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatishga oid meʼyoriy talablarni oʻz ichiga olishi kerak.
8.2. Xodimlarning mehnat sharoiti shuningdek, mehnat jarayoni oʻzgarishi, mehnat sharoitiga boʻlgan talablarning ortishi (oʻzgarishi) munosabati bilan, xodimlar sogʻligʻini muhofaza qilish va ularning doimiy mehnat qobiliyatlarini saqlab qolish maqsadida, belgilangan mehnat sharoitlariga muntazam ravishda zarur oʻzgartirishlar kiritib boradi.
8.3. Har bir xodimni ish joyidagi mehnat sharoitlariga qoʻyiladigan meʼyoriy talablar shuningdek, bu sharoitlarning haqiqiy ahvoli, xususan, ishlab chiqarish muhiti, mehnat va dam olish tartiblari, imtiyozlar va kompensatsiya toʻlovlari, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalariga boʻlgan talablarga qanday amal qilinayotganligi toʻgʻrisida xabardor qilib boriladi.
8.4. Xodimlarining soni ellik nafar va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi.
Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishini tashkil etishi mumkin.
8.5. Xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan sugʻurta qiladi, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazadi hamda xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan (7-ilova) oʻtkazilishini ularni chiqimdor qilmagan holda tashkil qiladi.
8.6. Xodimlarni belgilangan muddatlarda oʻrnatilgan normalar boʻyicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlaydi (bepul taʼminlash huquqini beradigan ishlarda ishlovchi xodimlar roʻyxati jamoa shartnomasining 8-ilovasida belgilanadi).
8.7. Meliorativ ekspeditsiyasi hududini hamisha saranjom-sarishta holda saqlash, yurish, oʻtish yoʻlaklarini va joylarini talab etiladigan oraliq oʻlchamlari aniq belgilangan boʻlishi hamda ularga qatʼiy amal qilinishi Meliorativ ekspeditsiyasining ichki transportidan foydalanishda ularning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi.
8.8. Mansabdor shaxslar va injener-texnik xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi, texnologik intizom qoidalari talabiga, rejali-ogohlantiruvchi taʼmirlash ishlariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlaydi. Buzilgan asbob-uskunalarning ishlashiga yoʻl qoʻymaydi.
8.9. Xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitadi hamda bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi. Mehnat muhofazasi boʻyicha har bir kasb va ish turi boʻyicha ishlab chiqilgan yoʻriqnomalarga asosan oʻz vaqtida xodimlarni yoʻriqdan oʻtkazilishini taʼminlaydi va doimiy nazorat qiladi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling