Jamoa shartnomasi


 Meliorativ ekspedisyasida


Download 484 Kb.
bet14/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

4.14.1. Meliorativ ekspedisyasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmonlariga binoan qoʻshimcha dam olish kun(lar)i deb belgilanadi.
Qoʻshimcha dam olish kun(lar)i har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini qisqartirish hisobiga qoplanadi, har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha dam olish kun(lar)i ham qoʻshiladi.
Har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligi qisqartirishni hisobga olgan holda ham yillik taʼtil davomiyligi 15 ish kunidan kam boʻlmasligi taʼminlanadi.
V. MEHNATGA HAQ TOʻLASH. KAFOLATLI TOʻLOVLAR
VA KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARI

5.1. Meliorativ ekspeditsiyasida mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shakli qoʻllanilib, bunda vaqtbay mehnatga haq toʻlash tizimlaridan foydalaniladi.
5.2. Mehnat haqi Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha toʻlanadi (4-ilova).
5.3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilinsa Meliorativ ekspeditsiyasining tarif setkasi ham qayta koʻrib chiqilishi lozim.
5.4. Meliorativ ekspeditsiyasida eng past lavozimdagi xodimlarning Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining 1-razryadi (tarif koeffitsiyenti - kamida 1,000) boʻyicha tarifikatsiya qilinishi taʼminlanadi.
5.5. Meliorativ ekspeditsiyasi boʻyicha oʻrtacha ish haqi Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 1 barobaridan kam boʻlmagan miqdorga yetkaziladi. Bunda mehnatga haq toʻlash fondining tarif qismi 50 foizdan kam boʻlmaydi.
5.6. Ish haqini toʻlash muddatlari:

  • oyning birinchi yarmi uchun - joriy oyning 15 sanasida;

  • oyning ikkinchi yarmi uchun keyingi oyning 5 sanasida.

Haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanadi.
Har bir xodim tegishli davrda unga toʻlanadigan ish haqining tarkibiy qismlari, ushlab qolingan pul miqdorlari va uning asoslari, shuningdek toʻlanadigan umumiy pul summasi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilinadi.
5.7. Xodimning roziligi bilan ish xaqining bir qismi uning plastik kartochkasiga oʻtkazib beriladi, bunday oʻtkazma miqdori toʻlanadigan summaning 100 foizidan oshmaydi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling