Jamoa shartnomasi


 Yillik haq toʻlanadigan mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga


Download 484 Kb.
bet13/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

4.9. Yillik haq toʻlanadigan mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga qoʻshimcha ravishda muddati ikki haftadan 13 haftagacha boʻlgan ish haqi saqlanmagan holda berilgan taʼtillar ham kiritiladi.
4.10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasida koʻrsatib oʻtilgan xodimlar toifalaridan tashqari quyidagi xodimlarga mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-sonli Qaroriga asosan ijtimoiy ahamiyatga molik kasallik boʻyicha hisobda turgan xodimlarga;
b) betob oila aʼzosini parvarishlayotgan xodimlarga;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga;
g) ishlayotgan pensionerlarga;
4.11. Taʼtil uchun haq toʻlash hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
4.12. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
4.13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasida koʻrsatib oʻtilgan xodimlar (1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, II guruh nogironlari, oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollar)dan tashqari yana quyidagi xodimlarga ularning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda 14 kalendar kungacha taʼtil beriladi:
a) betob oila aʼzosini parvarishlayotgan shaxslarga;
b) 30 yoshgacha boʻlgan yosh oila aʼzolariga;
v) ishlayotgan pensionerlarga;
4.14. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan, uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga koʻra, yillik asosiy va uzaytirilgan taʼtillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda taʼtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling