Jamoa shartnomasi


 Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi. 4.6


Download 484 Kb.
bet12/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

4.5. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.
4.6. Xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etish alohida hollardagina hamda qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Ish beruvchining Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib qabul qilgan yozma buyrugʻiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga quyidagi asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi:
a) tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelganda;
b) umumxalq hayriya hasharlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etish xohishini bildirgan xodimlar uchun;
4.7. Yillik asosiy uzaytirilgan taʼtillar quyidagicha:
a) yillik asosiy uzaytirilgan mehnat taʼtili quyidagi xodimlar uchun 24 ish kunidan iborat etib keltirilgan lavozimlar roʻyxati boʻyicha beriladi. (1-ilova)
b) yillik asosiy uzaytirilgan mehnat taʼtili quyidagi xodimlar uchun 21 ish kunidan iborat etib keltirilgan lavozimlar roʻyxati boʻyicha beriladi. (2-ilova)
v) yillik asosiy uzaytirilgan mehnat taʼtili quyidagi xodimlar uchun 28 ish kunidan iborat etib keltirilgan lavozimlar roʻyxati boʻyicha beriladi. (3-ilova)
4.8. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanib qolinadigan taʼtil berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni oʻz zimmasiga oladi:
a) yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 kun;
b) xodim yoki uning farzandining toʻy marosimini oʻtkazishga – 3 kun;
v) tabiiy ofatlar yuz berganda – 3 kun (sel kelishi, yer koʻchishi va hokazo);
g) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy taʼlim olayotgan xodimlarga;
d) xodim iltimosiga binoan uzrli sabablarga koʻra.
Xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi, turmush oʻrtogʻi hamda turmush oʻrtogʻining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi uning yaqin qarindoshlari deb hisoblanadilar.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling