Jamoa shartnomasi


Download 484 Kb.
bet8/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

2.5. Xodimlar:
a) oʻz mehnat vazifalarini halol va ogʻishmay bajarish, mehnat intizomiga rioya qilish, Ish beruvchining qonuniy buyruqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish;
b) ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishga, mehnat unumdorligi oʻsishiga, resurslar iqtisod qilinishiga koʻmaklashish, oʻz hamkasblarining ishlab chiqarishdagi ilgʻor tajribasidan foydalanish;
v) har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Navroʻz va Mustaqillik bayramlari arafasida oʻtkaziladigan maqsadli umumxalq xayriya hasharlarida ishtirok etish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladilar.
III. MEHNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI.
3.1. Xodim va Ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar (shu jumladan, tarmoq (tarif) kelishuvlari va mazkur Shartnoma) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilingan shaxslar Kasaba uyushmasi qoʻmitasida tanishtiruv suhbatidan oʻtkaziladi.
3.2. Ishga qabul qilish, shuningdek:
a) mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kvota ish oʻrinlariga ishga joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
3.3. Mutaxassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar toʻla-toʻkis ish bilan taʼminlanadilar.
3.4. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish faqatgina Kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan rozligini olib amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ushbu masaladagi yozma taqdimnomasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016-yil 19-apreldagi 2-11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmasi organida ish beruvchining taqdimnomasini koʻrib chiqish tartibi” asosida koʻrib chiqiladi.
3.5. Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi (uning oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) boʻlgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling