Jamoa shartnomasi


 Xodimning vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Meliorativ ekspeditsiyasida


Download 484 Kb.
bet9/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

3.6. Xodimning vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Meliorativ ekspeditsiyasida mavjud boʻlsa, Ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak. Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddati xodim va Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnatga haq toʻlash bajarilayotgan ishga muvofiq amalga oshiriladi.
Quyidagilar xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun uzrli sabablar deb hisoblanadi:
3.6.1. betob oila aʼzosini parvarishlash zaruriyati;
3.6.2. ishning taʼlim bilan qoʻshib olib borilishi;
3.6.3. oilasidagi moliyaviy qiyinchiliklar;
3.6.4. oilasida nogironligi bor shaxslarni parvarishlash zaruriyati;
3.6.5. ikki yoshgacha farzandi bor ayollar;
3.6.6. avvalgi ish joyida xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid soluvchi omillar vujudga kelishi;
3.7. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish holati yuzaga kelishi munosabati bilan Ish beruvchining tashabbusiga koʻra xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishlab chiqarish, tashkiliy-texnik tusdagi yoki boshqa obyektiv sabablarga koʻra xodimning aybisiz ishning vaqtincha toʻxtatilishi bekor turib qolish deb hisoblanadi.
Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb quyidagi holatlarda bajarilishi lozim boʻlgan tezkor va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:
3.7.1. boshqa xodimning ishda vaqtinchalik hozir boʻlmagan davrida (oʻquv sessiyasiga, mehnat taʼtiliga va haq toʻlanmaydigan taʼtilga ketishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi sababli);
3.7.2. tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelganda;
Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishlar muddati ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqargan omillarni bartaraf etish vaqti yoki bekor turib qolinishining butun davri bilan belgilanadi. Barcha hollarni jamlab hisoblaganda Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmasligi lozim.
Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling