Jamoa shartnomasi


Download 484 Kb.
bet17/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

VI. MEHNAT INTIZOMI
6.1. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar, mansab yoʻriqnomalari, odob-axloq qoidalari, Meliorativ ekspeditsiyasi Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan taʼminlanishini va nazorat qilinishini taraflar oʻz zimmasiga oladilar.
Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar bilan xodimlarni tanishtirish Ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin emas.
6.2. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:
6.2.1. xodimlarni ishdagi muvaffaqiyatlari uchun tarmoq va davlat mukofotlariga taqdim etishni;
6.2.2. xodimlarni mehnatdagi yutuqlari uchun hamda yubiley sanalarida (50, 55, 60 yoshga toʻlganda):
tashakkur eʼlon qilish bilan;
qimmatbaho sovgʻalar bilan;
sayohatlarga yuborish bilan;
Meliorativ ekspeditsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriylar va dam olish uylariga yoʻllanmalar taqdim etish yoʻli bilan ragʻbatlantirishni oʻz zimmasiga oladi.
6.3. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga koʻmaklashib boradi.
6.4. Xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga, oʻrnatilgan mehnat rejimiga, mehnat intizomiga va odob axloq qoidalariga rioya qilishlari shart.
VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI
7.1. Ish beruvchi xodim tomonidan unga yetkazilgan zararni zarar yetkazilgan chogʻdagi aniq holatlarni hisobga olib, aybdor xodimdan undirishdan qisman yoki toʻliq voz kechishga haqli. Bunday holda yetkazilgan zarar Meliorativ ekspeditsiyasi foydasi hisobidan qoplanadi.
7.2. Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodimlar maxsus yozma shartnoma asosida ularga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini taʼminlamaganligi uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladilar. Toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim boʻlgan xodimlarning toifalari roʻyxati 6-ilovada keltirilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 14-fevralda 2326-son bilan roʻyxatga olingan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalari”ga binoan bunday organlarning yuridik xizmat xodimi (yuriskonsulti) bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi shart).


Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling