Jamoa shartnomasi


Download 484 Kb.
bet19/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

8.10. Myehnat muhofazasi boʻyicha saylangan vakillarning oʻqishini ular saylangandan soʻng bir oy ichida kasaba uyushma qoʻmitasi ishtirokida tashkil qiladi.
8.11. Myehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxsga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqt ajratadi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini saqlab qoladi. Myehnat sharoitlarini yaxshilash borasida jonbozlik koʻrsatgan vakillarni maʼnaviy va moddiy jihatdan ragʻbatlantiradi xamda har chorak yakuniga koʻra mukofotlaydi.
8.12. Xodimlarga ularning mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar toʻlanishi koʻzda tutilgan miqdorda nafaqa va zarar toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga toʻlanishi lozim boʻlgan oyma-oy toʻlovlarni toʻlanishini oʻz vaqtida taʼminlaydi.
8.13. Xodim ishlab chiqarishga bogʻliq holda jarohatlanganda yoki kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotganda oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshiradi.
8.14. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi, shuningdek kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi hamda hisobga olinishini taʼminlaydi.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar koʻrsatuvchi) shaxslarga nisbatan ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi va hisobga olinishini taʼminlaydi.
8.15. Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi huquqlari.
Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari, shuningdek xodimlarning oʻzi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
- tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va muhofazasi toʻgʻrisida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish;
- xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilgan hollarda ishlarni toʻxtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida ish beruvchiga takliflar kiritish;
- mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
- ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;
- mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun hamda xodimlarning sogʻligʻi va mehnati muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etish;
- mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat sharoitlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq mehnat nizolarini koʻrib chiqishda ishtirok etish.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling