Jamoa shartnomasi


 Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda


Download 484 Kb.
bet20/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

8.16. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda:
- tashkilotning tarkibiy tuzilmasi kesimida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha komissiya tarkibini aniqlaydi, ularning saylovi, oʻquvini oʻz vaqtida tashkil etadi;
- mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovini barcha nominatsiyalar boʻyicha (“mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi natijalarga erishgan tashkilot”, “xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning mehnat muhofazasiga boʻlgan huquqlarini himoya qilishda eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti”, “eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil”, “mehnat muhofazasi boʻyicha yosh mutaxassis”) oʻtkazadi va gʻoliblarni yuqori kasaba uyushma tashkilotlariga tavsiya etadi;
- har 10 nafar xodimga (ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlariga, boʻlinma va uchastkalarda jamoatchilik nazoratini olib borish ehtiyojiga qarab) bir nafar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil saylab qoʻyilishini taʼminlaydi;
- yil davomida mehnat muhofazasi qoida va meʼyorlarining buzilishiga yoʻl qoʻymagan xodimlarni ish beruvchining mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini __ barobari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirish tartibini oʻrnatadi. Uchastka rahbarlari tomonidan tegishli kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishilgan xodimlar nomzodi mehnat jamoasi majlisida muhokama qilingandan soʻng taqdirlashga tavsiya etadi.
IX. IJTIMOIY SUGʻURTA. IJTIMOIY IMTIYOZ VA KAFOLATLAR
9.1. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan ijtimoiy yoʻnalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va qatʼiy bajarilishiga erishish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.
9.2. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etish va imtiyozlar berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar:
a) 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103, 144, 150-moddalar)
a) II guruh nogironlari uchun (68, 135, 143, 144, 150, 214, 220-moddalar).

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling