Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari


Aksionerlik jamiyatlari va ularning turlari


Download 131 Kb.
bet6/13
Sana24.12.2022
Hajmi131 Kb.
#1054207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biznes rejalashtirish

4.Aksionerlik jamiyatlari va davlat korxonalari

1.Aksionerlik jamiyatlari va ularning turlari


Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonunda ifodalangan. Ushbu qonunning 2-moddasiga muvofiq:
Aksiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo`lib, u aksiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi.
Fuqarolik kodeksining 64-moddasida aksiyadorlar jamiyatga quyidagicha tarif beriladi:
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo`lingan jamiyat aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlar jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar.
Aksiyalar haqini batamom to`lamagan aksiyadorlar aksiyadorlar jamiyatining majburiyatlari bo`yicha o`zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to`lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo`ladilar.
Aksiyadorlar jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi o`z ifodasini topishi kerak.
Aksiyadorlar jamiyatining huquqiy mavqei hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog`oz – aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o`z hissasi – divedendni olib turadilar. Aksiyadorlik jamiyati o`z majburiyatlari bo`yicha o`ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo`yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun faqat o`zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyati quyidagi afzalliklarga ega:

  • aksiya chiqarish orqali cheklanmagan miqdorda mablag`lar jalb qila olish;

  • aksiyadorlarning jamiyatdagi o`zi kiritgan mablag`i doirasi bilan chegaralanadi;

  • a’zolarning soni korxona faoliyatiga katta ta’sir ko`rsatmaydi;

  • tashkiliy rasmiylashtirish aksiyador tashkiloti organlari doirasidagi nazorat vazifalarini taqsimlashga yordam beradi, ya’ni qaror qabul qilish jarayonida faqat malakali mutaxassislar ishtirok qilishadi;

  • aksiyadorlikdan chiqish tartibini osonligi.

Bu va boshqa afzalliklar shuni ko`rsatadiki, AJ yirik biznesda keng tarqalgan bo`lib, u yirik va uzoqni ko`zlaydigan loyihalarni amalga oshirishda qo`llaniladi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling