Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari
Download 131 Kb.
|
Biznes rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- "mas’uliyati cheklangan"
- Mas’uliyati cheklangan firmaning
Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari bo`yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo`shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, xolos.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag` (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari o`zlarining qo`shgan ulushlari doirasida javobgar bo`ladi. SHirkat o`z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 63-moddasida Mas’uliyati cheklangan jamiyatga quyidagicha tarif beriladi: Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo`yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlari qo`shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Jamiyatning o`z hissasini to`la qo`shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha har bir ishtirokchi hissasining to`lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo`ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek "mas’uliyati cheklangan" degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak ya’ni nomiga «limited(ltd)» so`zi qo`shiladi, bu inglizcha so`z bo`lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi. Mas’uliyati cheklangan va qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning firma nomi va uning joylashgan manzili: Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi to`liq firma nomiga ega bo`lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo`lishga haqlidir. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to`liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan so`zlarni yoki MCHJ abbreviaturasini o`z ichiga olishi kerak. Qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatning to`liq firma nomi jamiyatning to`liq nomini va "qo`shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak. Qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to`liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "qo`shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so`zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o`z ichiga olishi kerak. Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan o`zlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo`lmasa, o`z ichiga olishi mumkin emas. CHet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini ko`rsatuvchi qayd kiritilishi mumkin. Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat ro`yxatidan o`tkazilgan joyiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan er yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporasiyalardir. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling