Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari


Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi. Firma


Download 131 Kb.
bet3/13
Sana24.12.2022
Hajmi131 Kb.
#1054207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biznes rejalashtirish

Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporasiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari). Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o`z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o`z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo`yicha to`liq javobgarlikni bo`yniga oladi (ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o`zi o`zlashtiradi.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi.

1.2 Firma va ularning turlari.


Firmalar mulk shakllari, huquqiy holati, xodimlari soni va boshqa xususiyatlariga qarab, har xil bo`ladi. Masalan, affillangan (qo`shilgan) firma yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida filial, sho`’ba korxona shaklida ish yuritadi. Brokerlik firmasi tijorat maqsadlarini ko`zlagan holda, mijoz topshirig`iga binoan va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Kichik yoki o`rta investision tashkilotlar sirasiga kiruvchi venchur firma ilmiy tadqiqotlar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi. Investision firma sarmoyalash va qimmatli qog`ozlarga oid operasiyalarni o`tkazishga, injiniring firmasi muhandislik maslahati ko`rsatishga ixtisoslashgan bo`ladi. Innovasion firma o`z ilmiy-tadqiqotlari natijalari negizida yangi texnologiyalarni yaratish maqsadida tuziladi. Konsalting firmasi maslahat xizmatlari ko`rsatish, ishlab chiqarish firmasi muayyan mahsulotni tayyorlash, savdo firmasi tijorat va vositachilik yumushlari bilan shug`ullanadi. Rieltorlik firmasi shartnoma bo`yicha ko`chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo`lgan huquqlarga daxldor bitimlarni tuzish vazifalarini bajaradi.
Firmalarning turlari juda ko`p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (1-rasm).
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko`rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
SHirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
Firma (korxona) larning turlari








Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling