Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari


Download 131 Kb.
bet7/13
Sana24.12.2022
Hajmi131 Kb.
#1054207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Biznes rejalashtirish

Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar so­tib olgan aksiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo`lishi lozim. Aksiya bo`linmas hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami aksiyalari ta’sischilar orasida tarqatilishi kerak.
Aksiya fond birjalarida muomalada bo`ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin o`tadi va aksiyalar uchun uning hissasi to`g`risidagi hujjat hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatini:
- aksiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, u aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog`liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
- aksiyadorlik jamiyati – bu biznesning ko`proq demokratik shaklidir. Unga xohlagan kishi bevosita yoki obuna bo`lish yo`li bilan aksiyani sotib olib, a’zo bo`lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tug`iladi;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o`z aksiyasi miqyosida ziyon ko`rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o`zida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchilar, haridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o`zaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Aksiyadorlik jamiyatida mulkiy huquqlarning taqsimlanishi2

Xissadorlik shakldagi tadbirkorlikning kulayliklari va o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • vaqtincha bekor turgan sarmoyalarning markazlashuvi;

  • nisbatan samarali soxalarga kapital oqimini tashkil etishning mumkinligi;

  • davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlarining kengayishi, chunki aksionerlashuv orqali davlat mulki sotiladi va xususiy mulkdorlar ko`payadi;

  • moliyaviy barqarorlik;

  • tadbirkorlik tavakkalchilikni xavfining kamayishi; bu alohida xususiyatdir; chunki xissador o`z aksiyasi miqyosida ziyon ko`rsa korxona egasi butun mulkidan ajraladi;

  • bir vaqtning o`zida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchilar, xaridorlar va maxalliy davlat organlari manfaatlarining o`zaro muvofiqlashuvi, chunki ularning barchasi aksiya sotib olgan bo`lishi mumkin.

Xissadorlik jamiyati o`ziga xos bulgan 4 ta xususiyatga ega bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. U oddiy korxona emas, balki sarmoyalarning birlashuvi natijasida yuzaga kelgan xo`jalik tashkilotdir.

  2. Uning kapitalida 3 turdagi paychilar, xissadorlarning ,ya’ni :

  • jismoniy shaxslar;

  • yuridik shaxslar;

  • davlat mulki badalidan yuzaga kelishi mumkin .

  1. Uning ustav fondi aksiyalarning xissasiga mos ravishda yuzaga keladi.

  1. U o`z mulki va daromadlariga mos ravishda ma’suliyatni o`z zimmasiga oladi;

Aksiyalar:
a) ochik va yopik turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalari.
b) nomli va “taqdim etuvchiga” aksiyalari; nomli aksiyada naslnoma ko`rsatilsa, “taqdim etuvchi”da ko`rsatilmaydi.
v)oddiy va imtiyozli aksiyalar.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling