Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari


Download 131 Kb.
bet2/13
Sana24.12.2022
Hajmi131 Kb.
#1054207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biznes rejalashtirish

Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshi­radigan tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i ochish, soliq organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo`lib hisoblanadi.
2015 yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug`urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to`lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi1.
O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsatuvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko`radilar va o`z korxonalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma’qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo`jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shuqullanuvchi iqtisodiy sub’ekt tushuniladi. Mustaqil xo`jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo`yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Firma” aslida italyancha so`z bo`lib, sof o`zbekcha tarjimasi “imzo” bo`ladi. Bugungi kunda u korxona, kompaniya, xo`jalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomini anglatuvchi atama sifatida keng qo`llaniladi. Qolaversa, “YUqori sifatli mahsulot tayyorlovchi” va “Namunali xizmat ko`rsatuvchi” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Firmalar barcha mulk turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari, mahalliy davlat idoralari, milliy hamda chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Mamlakatimiz qonunchiligiga ko`ra, jismoniy shaxs deganda O`zbekiston fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi, shuningdek, fuqaroligi bo`lmagan kishi tushuniladi. U bevosita o`zi nomidan ish yuritishi, mol-mulkka egalik qilishi, uni meros sifatida olishi va vasiyat qilib qoldirishi, bankda shaxsiy jamg`armalarini saqlashi, tadbirkorlik, fermerlik va boshqa faoliyat bilan shug`ullanishi, yollanma mehnatdan foydalanishi, yuridik shaxc tashkil etishi, shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi, o`ziga etkazilgan moddiy-ma’naviy zararlarni qoplash talabini qo`yishi, mashg`ulot turi va yashash joyini erkin tanlashi, aqliy-ijodiy faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega bo`lishi mumkin.
O`zbekiston qonunlariga asosan tuzilgan, o`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega hamda shaxsiy majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansi yoki smetasi mavjud, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`ladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarini bajaradigan, sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashadigan korxona-muassasa, shuningdek, yurtimizda respublikamiz va xorijiy mamlakat qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti va xalqaro tuzilma esa yuridik shaxs deb e’tirof etiladi. U fuqarolik huquqi va majburiyatlarining sub’ekti hisoblanadi. Bizda yuridik shaxslarning o`z faoliyati orqali foyda olishni bosh maqsad qilib olgan xususiy korxona, xo`jalik shirkati va jamiyati singari tijoratchi hisoblangan hamda foyda olishni ko`zlamagan jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari kabi tijoratchi sanalmaydigan turlari mavjud.
Yangi yuridik shaxslarni fuqaro yoki fuqarolar, yuridik shaxslarning o`zlari va davlat tashkil etishi mumkin. O`z navbatida, ular ushbu yuridik shaxslarning muassislari yoki ta’sischilari hisoblanadilar. O`zbekistonda chet el fuqarosi yoki kompaniyasi ham yuridik shaxslar ta’sischisi bo`la oladi. Endigina davlat ro`yxatidan o`tkazilayotganda paytda nizom jamg`armasida chet el sarmoyadorining ulushi kamida 30 foizga to`g`ri kelsa, yangi yuridik shaxs qo`shma korxona, agar yuz foiz bo`lsa, xorijiy korxona maqomiga erishadi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling