Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 74
Jannati odamlar
73 – O‘yinchoqlaring shunaqa ko‘pmi? – Ha, shunaqa ko‘p. – Qani, bizga ham ko‘rsat-chi. O‘zim yangi etigimnimi yoki shu o‘yinchoq- larimnimi bir ko‘rsatsam-chi, deb turuvdim, jon- jon deb rozi boldim. – Voy-bo‘y, sen juda boy ekansan-ku, – deb maqtadi Esonqul bobom. – Og‘ilxonada yana bor, – dedim yana ham ko‘proq maqtov eshitgim kelib. Nega desangiz, men maqtov eshitishni judayam-judayam yaxshi ko‘raman, eshitayotganda yayrab ketaman. – Mening nabiralarimga ham bersang bo‘lar- kan. – Rahimberdigami? – Ha, o‘shanga. – Xo‘p, ertaga beraman. – Obbo, Erkacholning nabirasi-ey, ko‘p saxiy ham ekansan. Xudo xohlasa, sendan yaxshi yigit chiqadi, barakalla. – Bobojon, men namozning duolarini ham bilaman, – dedim o‘rnimdan turib. –Yo‘g‘-e! – Rost, enajonim o‘rgatgan, ishonmasangiz, o‘zimning bobomdan so‘rang. – Biladi, – dedi bobom tasdiqlab, – qani bobolaringga bir o‘qib ber-chi, azamatim. Ikki barmog‘imni xuddi enajonim o‘rgatganday qilib qulog‘imning yumshoq joyiga qo‘yib o‘qidim. – Voy o‘g‘lim-ey, voy azamat-ey, beri kel, peshonangdan bir o‘pay, – dedi Esonqul bobom. Keyin boshqa bobolarimning ham oldiga borib engashib turdim. Peshonamdan o‘pib, yelkamni Xudoyberdi To‘xtaboyev 74 silashdi. Rosa maqtashdi, anor, uzum berishdi. Erkavoy, Xudo xohlasa, shu bolang masjidga imom bo‘ladi, deyishdi. Oxirida o‘zimning bobom yonidan joy ko‘rsatib: – Kel endi, damingni ol, ertalabdan buyon sakraysan, charchagandirsan, – dedi. – Uyqum kelyapti, – dedim. – Ozgina sabr qil, oshni yeylik. – Bobojon, issiq oshni yeyayotganda qo‘lim kuyib qoladi. Bobojonim indamadi-yu, peshonamni yumshoq- qina silab qo‘ydi. Bobolar yana Xoneshon bobo haqida gapira boshlashdi. Qo‘qonga borganda o‘shanaqa katta eshonlarning hammasi unga salom berarkan, ilmi shunaqa ko‘p ekanki, uning oldida boshqa eshonbobolar gap ocholmay qulluq qilib turisharkan. – Shunday avliyo odamni qamashsa-ya, – dedi bobolardan bittasi. – Johillar zamoni bo‘ldi-da, o‘rtoq, – dedi boshqasi. Men johil degani nima ekan deb o‘ylay boshla- dim. Rosa o‘yladim, hech topolmadim. Keyin so‘rab olaman dedimu endi bobojonim haqida o‘ylay boshladim... Xudo xohlasa o‘lmaydi, o‘rtoqlari ko‘p odam hecham o‘lmaydi, ular î‘tin yorishadi, palov dam- lashadi, oyog‘iga yog‘ surtishadi, hecham î‘ldirgani qo‘yishmaydi. Αrtoqlari êî‘p... men ham chol bo‘lganimda o‘lmayman, deb o‘ylayverdim-o‘ylay- verdim, axiyri uxlab qolibman... Tushimda bobojo- nimni ko‘rdim. Ikkovimiz ham jannatga borib qolgan emishmiz. Qanotimiz bor emish, silkitib- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling