Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- ENAJONIM ERTAK AYTADI N
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 76
Jannati odamlar
75 silkitib uchib yurgan emishmiz, hammayoq tuman, hech narsani ko‘rib bo‘lmas emish. Bir mahal bobojonimning qanoti yo‘q bo‘lib qolib, shalop etib yerga tushib ketdi. – Bobojon! – deya baqirib yubordim. Keyin ko‘zimni ochib, o‘rnimdan turib ketdim. Mehmon bobolar ketib, enajonim ham qaytib chiqibdi, uyqusiraganimcha bobom tomonga o‘girilib, bo‘ynidan mahkam quchoqlab, endi o‘lmaysiz-a, deb so‘radim. – O‘lmayman, – dedi bobom yelkamdan silab, – Xudo xohlasa, hammamiz ham o‘lmaymiz, birga yashaymiz. ENAJONIM ERTAK AYTADI N onushtadan keyin bozillab turgan sandalga kirib uxlab qolgan ekanman, ko‘zimni ochsam, bobojonim baland qo‘yilgan yostiqlariga suyanib uxlab qopti. Xumpur-puluq-puluq, xumpur-puluq- puluq qilib xurrak otyapti. Bobojonim o‘zi juda xurrakchi, enam bobongning shu odati yaxshi, uyimizga o‘g‘ri kirmaydi, dedi. Ilgari bitta itimiz bo‘lgan ekan, men uni hecham ko‘rmaganman, o‘sha itimiz xurrakka hech chiday olmas ekan, bobom xurrak tortishi bilan uyam yugurib kelib eshikka tirmashib, irillay berarkan... Enajonim bo‘lsa deraza tomonga o‘girilib, qiyiqqa gul tikayot- gan ekan. Bilaman, yanagi kuzda mening katta to‘yim bo‘ladi, o‘shanda yuzta gulli qiyiq kerak, hammaga bittadan ulashamiz. Asta o‘rnimdan turib bildirmasdan borib, enajonimning bo‘ynidan mahkam quchoqlab oldim. Xudoyberdi To‘xtaboyev 76 – Voy, kimsan? – deb so‘radi boshini ko‘tar- may. Qani toping-chi, – dedim ovozimni boshqacha- roq qilib. – Nevaram ko‘p, bitta-yarimtasi kelgandir-da. – E, bu men-ku! – deya kulib yubordim. Enajonim doim shunaqa, orqasidan kelib achomlasam, men ekanligimni hecham topolmaydi. Keyin deraza tomonga qarasam... voy-bo‘y, shunaqangi qor yog‘yaptiki, shunaqangi tez yog‘yaptiki... Million-milliontasi bir-birini quvalab tushyapti, voybo‘y, judayam chiroyli. Uyimiz ba- landlikka qurilgan, derazamiz ko‘cha tomonda bo‘lgani uchun mana bu enam ikkovimiz o‘tirgan joydan uzoq-uzoqlargacha, ho‘v Otaxon boboning maydonigacha, o‘rikzordan u yoqdagi qishloq- largacha, hamma-hammasining ustiga ham qor yog‘yapti... Voy-bo‘y, shuncha qor qayerdan paydo bo‘larkin, yog‘aversa, keyin osmonda tugab qol- masmikan? – Ena, – deb chaqirdim. – Nima deysan, qulunim? – Qorning yog‘ishini qarang. – Ko‘ryapman, azamat. – Yo‘q, qarang, hammasini ko‘rganingiz yo‘q, – shunday deb enajonimning boshini deraza tomonga burdim. – Αg‘lim, buni laylakqor deyishadi, – dedi enajonim ham zavqlanib. – Nega laylakqor deyishadi? – so‘rayman bilgim kelib. – Laylakka o‘xshab oppoq qanotlarini silkitib- silkitib tushayotgani uchun-da. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling