Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘arb-Sharq - arzon xom ashyoni ko‘zlash
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
o‘zaro bog‘liqligining kuchayib borishi Mustamlakachilik davri Mustamlakalar rolining o‘zgarishi metropoliyada kapitalizm rivojlanishiga bog‘liq ekanligi (kapitalizmdan oldingi davr)dir. - Dastlabki kapital jamg‘arish davrida mustamlakalarning ahamiyati amalda qullar, qimmatbaho buyumlar, noyob tropik tovarlarni olib chiqib ketish bilan cheklangan. - Yirik mashina sanoati rivojlanishi bilan xom ashyo yetkazib beruvchi manba va megropapiyadan keltirilgan mahsulotlar sotiladigan bozor sifatida ularning ahamiyati ortdi. - Kapitalizmning imperialistik bosqichi davrida mus-tamlaka va qaram mamlakatlar moliya kapitalchining ekspluatatsiya obyektiga aylandi (ichki va tashqi savdoni monopoliyalashtirish). Mustamlakachilikdan keyingi davr Ozod bo‘lgan daklatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari: Siyosat: - Siyosatning iqtisoddan ustuvorligi; - ijtimoiy rivojlanishni tezlashtirishga urinish -sotsialistik yo‘nalishlarning ommalashuvi, iqtisodda davlat rolining ustuvorligi. Iqtisod: Ilgarigidek rivojlangan mamlakatlar uchun xom ashyo va energiya resurslari manbalari. XX asr oxirida jahon eksportida rivojlanayotgan mamlakatlarning boksitlar bo‘yicha ulushi 71%, temir rudasi bo‘yicha 49,7%, neft 83,5%, marganes rudasi 49,3%, fosfatlar 79,9%, qalay 78,2%, mis 53% va h.k.ni tashkil etdi. G‘arb-Sharq - arzon xom ashyoni ko‘zlash - 1970-yillardagi energiya va xomashyo inqirozi. Rivojlangan mamlakatlarning javobi - energiya va materiallar tejaladigan texnologiyalarni o‘zlashtirish. Natija –xom ashyoga bog‘liqlikning qisman qisqarishi. - Fan-texnika taraqqiyotidagi yangi bosqich - iqtisodning internatsionallashuvi, ustuvor aloqalarni rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga qayta yo‘naltirish. Jahon iqtisodidagi bunday an’analar quyidagi natijalarga olib keldi: 1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xom ashyo va energiya resurslari yetkazib beruvchi, rivojlangan mamlakatlarning mahsulotlari uchun bozor sifatidagi ahamiyatining nisbatan kamayishi. 2. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodidagi tuzilmaviy va fan- texnika borasidagi o‘zgarishlarga faolroq moslashuvi. 3. Bu mamlakatlardagi ichki jarayonlarning sanoati rivojlangan davlatlar bilan munosabatlari chuqurlashuviga bog‘liqligining kuchayishi (rivojlangan mamlakatlarda urushdan keyin to 1990 yilgacha ishlab chiqarish o‘sishining eng uzoq davri bo‘ldi). Aytib o‘tilgan an’analar ozod bo‘lgan davlatlarning jahon iqtisodiy hamjamiyatidagi ahamiyatining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir etdi. 80-yillar oxirida bu mamlakatlarning ayrimlari qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqaruvchi sanoat va xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bo‘yicha G‘arb mamlakatlarining 60-yillar boshidagi o‘rtacha darajasiga yetdi. Ayniqsa, eksport tuzilishidagi muvaffaqiyatlar sezilarli bo‘ldi. Neft ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar (OPEK) tashkilotiga kirmaydigan mamlakatlarda 1980-yillar mobaynida eksportdagi tayyor mahsulotlar ulushi 1/3 dan 2/3 gacha o‘sdi. Biroq ozod bo‘lgan davlatlarning jahon iqtisodi holati bilan chambarchas bog‘liqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keldi. 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab rivojlangan mamlakatlar iqtisodidagi davriylik omili, Sharqiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarishning keskin pasayishi, Fors qo‘ltig‘i mintaqasidagi inqiroz oqibatida jahondagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli jahon importi qisqardi, xomashyo (neftdan tashqari) narxi pasaydi. Demak, milliy budjetga tushum qisqardi, moliya resurslarining yetishmovchiligi oqibatida jahon kapital bozorlarida foiz stavkasi yuqorilashib ketdi, ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun chet el kreditlarini olishning imkoni bo‘lmay qoldi. Ana shular natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy munosabatlariga jiddiy putur yetdi, ularning xalq xo‘jaligidagi turli sohalar va tarmoqlarida noxush oqibatlar sodir bo‘ldi. Taxminan 2/3 qism rivojlanayotgan mamlakatlarda 80-yillarda milliy daromad kamaydi. Bunday kamayishning eng ko‘pi 19 davlatda 35%ni tashkil etdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, umuman 80-yillarda milliy iqtisodning o‘sish sur’atlari 7,2% o‘rniga 2,3%ni tashkil etdi. "Uchinchi dunyo" mamlakatlarida inflatsiya yuqoriligicha qoldi. 1989 yil - 104,1%, 1990 yil - 71%. Jahon iqtisodidagi pasayish oqibatida "uchinchi dunyo" mamlakatlarining istiqbollari ko‘p jihatdan milliy xo‘jaliklar jahon xo‘jaligining o‘zgarib borayotgan talablariga monand qayta ko‘rib chiqishga va chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirishga bog‘liq ekan. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tomonidan tayyorlangan jahondagi iqtisodiy vaziyatga muvofiq rivojlanayotgan mamlakatlar joriy to‘lov balansining taqchilligi 1995 yilda 65 - 70 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan, 2001 yilda esa - 80 mlrd. Sabab: chet el kreditlari bo‘yicha to‘lovlarning ortishi, foydaning bevosita chet el investitsiyalariga o‘tkazilishi. Milliy mahsulotni yaratishda ichki moddiy, moliyaviy va inson resurslari asosiy rolni o‘ynasagina "uchinchi dunyo" mamlakatlarida iqtisodiy ilohotlarni o‘tkazishda muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligiga borgan sari ko‘proq ishonch hosil qilinmovda. Bu holda "uchinchi dunyo"da ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularni jahon bozorlariga eksport qilishni kengaytirish katga ahamiyat kasb etadi. Aynan shu omil (eksport) import to‘lovlari, milliy iqtisodni texnik-iqtisodiy jihatdan qayta qurish va qarz majburiyatlarini to‘lash uchun zarur valuta resurslarining asosiy manbai bo‘lmog‘i lozim. Iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirishga yordam beradigan tadbirlardan biri sifatida milliy iqtisodni xususiylashtirish siyosati ko‘zda tutilgan edi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling