Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
 
 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotiga 
qo‘shilishiga yordam beruvni omillar 
 


1. Sanoat mahsulotlarini eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan 
qiyinchiliklar hozirgi sharoitlarda xalqaro mehnat taqsimotiga faol qo‘shiluv, jahon xo‘jaligiga 
integratsiyalashish faqat sanoat mollarini chetga chiqarish bilan bog‘liq emas. Bular turli 
an’anaviy milliy ishlab chiqarishlar, xizmat turlari va boshqalar ham bo‘lishi mumkin. Xususan, 
ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlab chiqishdagi ixtisoslashuv ham 
shunga kiradi. 
2. Jahon iqtisodi taraqqiyotidagi ko‘p bosqichlilik muhim omil hisoblanadi. Chunki o‘z 
taraqqiyotida ilgarilab ketgan ayrim mamlakatlardan bo‘shab qolgan makon va sohalarni 
ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika, texnologiyalar evolutsiyasida orqada qolgan mamlakatlar egallab 
oladi. 
3. Xozirgi bosqichdagi kapitalistik ishlab chiqarishning tabiatidagi o‘zgarishlar avvalo 
mayda va o‘rta kompaniyalarning ahamiyati kuchayganligida, buning natijasida zamonaviy 
ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kapitalning miqdor darajasi pasayib 
borayotganligida namoyon bo‘lmoqda. 
4. Modomiki, jahon hamjamiyati bora-bora harbiy-siyosiy va ekologik falokatlarga sabab 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qashshoqlik bilan o‘ta darajadagi qoloqlikni bartaraf etishdan g‘oyat 
manfaatdor ekan, u qoloq mamlakatlarning jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga yanada kengroq, 
chuqurroq qo‘shiluvini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini jadallashtirish yo‘lida 
ko‘proq sa’y-harakat ko‘rsatishga majburdir. 
5. Ilg‘or kapitalistik davlatlar ozodlikka erishgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojidan ko‘zlagan maqsad yolg‘iz tinchlikni saqlash va ekologiya qayg‘usidan iborat emas. Bu 
yerda dastlab markazning chekka o‘lkalarga iqtisodiy jihatdan qaram ekanligini e’tiborga olish 
kerak. 1950-70 yillarda jahon iqtisodida, xususan, jahon kapitalistik xo‘jaligida "uchinchi 
dunyo" mamlakatlarining ahamiyati oshib borayotganligi yaqqol sezildi. O‘z navbatida 
rivojlangan davlatlardagi sanoat va bank korporatsiyalari "uchinchi dunyo" bilan ko‘proq qiziqa 
boshladi. Ularning bozorlariga, xom ashyo manbalariga, kapital joylashtirish sohalariga kirib 
borish uchun firmalararo va davlatlararo raqobat kuchaydi. Har ikkala omilning natijasi o‘laroq, 
jahon kapitalistik xo‘jaligi markazlarining o‘zi chekka o‘lkalarga ko‘ttroq qaram bo‘lib qoldi.
Bu dastlab industrial mamlakatlarda yalpi ichki mahsulogning o‘sish sur’atlari yuqori 
bo‘lganligi, rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgan talab ortib borganligi, ular chetga 
chiqarayotgan yalpi mahsulotlarining 50-60 foizi rivojlangan davlatlar bozorlariga to‘g‘ri 
kelayotganligi bilan izohlanadi. Amerikalik mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra yaqin o‘n yil 
ichida bu bozorlar muttasil kengayib, ancha vaqtgacha faoliyat ko‘rsatib turadi. Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi mamlakatlarda 1996-2005 yillarda yalpi ichki 
mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi 7-8 foiz bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun o‘z mahsulotini sotishda yangi bozorlarga kirib borish imkoniyatlarining 
kengayishi, Urugvay raundi yakunlariga binoan, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda 
import g‘ovlari muttasil kamayib borayotganligiga ham daxldordir. 
Hozirgi paytda rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi avvalo iqtisod va eksport 
soha tizimlarini takomillashtirishdek o‘ta muhim jarayonlarga tashqi omillar ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini e’tiborga olgan holda jahon mehnat taqsimotidagi o‘rnini o‘zgartirishga harakat 
qilmoqda.
Eksport tarmoq tizimining ahamiyatli ortib, unumli foydalanish xalqaro mehnat 
taqsimotida samarali qatnashuv imkonini oshiradigan muhim vositaga aylanmoqda. Ayrim 
mahsulot bozorlaridagi vaziyatni o‘rganish, turli sohalarni tashqi savdo ko‘lamiga jalb etish 
nechog‘li foydali ekanligini hisoblab ko‘rish natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning 
hukumat tashkilotlari eksportda qayta ishlash sanoati mahsulotlari salmog‘ini ko‘paytirish 
manfaatli ekan, degan xulosaga keldi. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ma’dan-xom 
ashyo eksportida qayta ishlangan mahsulotlar salmog‘ini oshirish zarurligi belgilandi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon sanoat tizimidagi o‘rni o‘zgarib borayotganligi 
bilan bog‘liq bo‘lgan vazifa ular uchun ikki yo‘nalishda: ichki ishlab chiqarish tizimlarini qayta 
qurish va eksportda sanoat mahsulotlari hajmini ko‘paytirish sohalarida kuch-g‘ayrat sarflash 


lozim, degan ma’noni anglatadi. 
Har ikkala yo‘nalish tashqaridan, rivojlangan jahon kapitalistik xo‘jaligi tomonidan 
bo‘ladigan kuchli bir ta’sirga duchor bo‘lishi mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki iqtisodiy va eksport tizimi xalqaro kapitalistik 
xo‘jalikdagi evolutsiyaning tabiati, yo‘nalishlari, jahon kapitalizmi markazlari olib borayotgan 
tashqi iqtisodiy strategiya bilan bevosita bog‘liq. Ana shu jahon xo‘jaligi markazlari o‘zgarib 
turgan xalqaro mehnat taqsimotida qanday o‘rin egallash yo‘lidagi izlanishlarini o‘z navbatida 
ishlab chiqarishni samaradorligini ta’minlash orqali, ya’ni ayrim oqsayotgan sanoat sohalariga 
mablag‘ ajratib yordam ko‘rsatish, tadbirkorlarga soliqlarda imtiyozlar berish orqali tarmoklarni 
ichki qayta qurish, asosiy kapitalni yangilash jarayoni bilan qo‘shib olib borishga intilmokda. 
1970-yillarning o‘rtalaridan amalga oshira boshlangan bu chora-tadbirlar "yangicha homiylik" 
degan nom olgan.
Qoloq raqobatga bardosh berolmaydigan sohalarni - to‘qimachilik, teri-poyafzal, 
metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik sohalarini texnik jihatdan zamonaviylashtirish 
"samaradorlashtirish"ning asosiy elementlaridan biri bo‘ldi. Bu sohalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashdan maqsad bandlilikni saqlab qolish manfaatlaridan iboratdir (garchi bu 
manfaatlar milliy xo‘jalik samaradorligini oshirishda to‘g‘anoq bo‘lib turgan bo‘lsa ham).
Shunday sharoitda yirik xususiy kapital uchun qoloq sohalar faoliyatini to‘xtatib, ularni 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish foydaliroq edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu 
jarayonni o‘z navbatida jahon sanoat tizimini qayta qurishning boshlanishi deb baholadilar, uni 
iloji boricha tezlashtirishni, bu sohalarning tizimini o‘zlarining milliy rivojlanish strategiyalariga 
moslashtirishni asosiy maqsad, deb bildilar.
Lekin rivojlangan mamlakatlarning qoloq sanoat sohalarida amalga oshirilgan keyingi 
zamonaviylashtirishlar ozodlikka erishgan davlatlar uchun yangi muammolarni keltirib chiqardi. 
Zamonaviylashtirish jarayoni davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishidan, soliqdagi 
imtiyozlardan foydalangan, mahsulotlarning ichki narxlari sun’iy ravishda oshirilishidan 
manfaatdor bo‘lgan holda bu sohalar yangi texnologik asoslar (robotlashtirish, avtomatlashtirish, 
eng yangi buyumlarni ishlatish)ga o‘tkazila boshlandi. Rivojlangan davlatlar endi importni yana 
ham qattiqroq cheklash yo‘liga o‘tib oldilar. Natijada AQSHdagi transmilliy korporatsiyalarning 
chet elga chiqaradigan investitsiyalarining o‘sish darajasi pasayib ketdi. Masalan, bu holni qora 
metallurgiyada ko‘rish mumkin, ayni paytda esa ichki kapital investitsiyalari qo‘paydi (birgina 
2001 yilda 22 foizga oshdi). Bular avtomatlashtirishga, ko‘p energiya-mehnat talab qiluvchi 
jarayonlarni kamaytirishga mo‘ljallandi.
AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida avtomobil sanoatini 
zamonaviylashtirish ancha keng ko‘lamda olib borildi, bu narsa ko‘p mehnat talab qiluvchi 
jarayonlarni kamaytirishga, yig‘uv ishlab chiqarishlarni chekka o‘lkalarga olib chiqish zaruratini 
ozaytirishga imkon berdi. 
Xalqaro kapitalistik xo‘jalik markazlariga qarashli mamlakatlarning ishlab chiqarish 
tizimida, tashqi savdodagi ixtisoslashuvida amalga oshirilgan qayta qurish ikkala guruh 
mamlakatlari uchun ma’lum oqibatlarga sabab bo‘ldi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling