Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR VA JAHON XO‘JALIGI: INTEGRATSIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Manba: Доклад о человеческом развитии за 2000 г. Нью-Ёрк, Оксфорд юниверсити пресс- табл. 1, 5, 7, 8, 9, 12, 13, 14 15, 20, 25, 26 WDI 2001. 10-jadval Yalpi ichki mahsulot strukturasi (2000 y.) Jami Qishloq xo‘jaligi Sanoat (%) Xizmatlar sohasi (%) Shimoliy Amerika 2 26 72 AQSH 2 26 72 Yaponiya 2 38 60 Shvetsiya 2 32 66 Birlashgan Qirollik 2 32 66 Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari 10 37 52 Yevropa Ittifoqi 3 - 67 2-BOB RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR VA JAHON XO‘JALIGI: INTEGRATSIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Avvalo dunyodagi ilg‘or sanoat markazlari bilan savdo-iqtisodiy va bo‘lak aloqalarni kengaytirish orqali xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga tobora kengroq qo‘shilish (intefatsiya) masalasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dolzarbdir. Bu munosabatlar tarixi bir necha yuz yilliklardan iborat. Dengiz kemachiligining rivojlanishi natijasida Yevropa mamlakatlari o‘zlari uchun Osiyo, Afrika, Amerika va boshqa qit’alarni kashf qildilarki, bular ularning tarixiy rivojida muhim ahmiyat kasb etdi. Biroq, bu o‘zaro ta’sirni oshirish, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar aloqadorligini kuchaytirish jarayoni jahon iqtisodi evolutsiyasiga xos bo‘lgan xususiyat va an’analarga munosib ravishda sekin-astalik bilan amalga oshdi. Rivojlanayotgai mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi roli evolutsiyasining bosqichlari 1. Rivojlanayotgan mamlakatlar mustamlakachilik davrida va mustaqillikka erishishning dastlabki bosqichlarida avvalo xom ashyo manbai, tijorat bozori hamda kapitalni serdaromad sohalarga sarflash mumkin bo‘lgan o‘lka sifatida rag‘bat uyg‘otdi. Ularning eksporti cheklangan xom ashyolar bilan kifoyalanar, importi esa ularning oddiygina ehtiyojlarini ta’minlovchi iste’mol mollaridan iborat edi. Eksportga xizmat qiladigan sanoat ishlab chiqarishidagi ayrim korxonalarning bu boradagi ahamiyata unchalik katta bo‘lmagan. 2. 1950-yillarning ikkinchi yarmi va 60-yillarning boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jalik munosabatlaridagi ishtirokida yangi tizimga o‘tish jarayoni ro‘y berdi va bu hol 80-yillarning boshlarigacha davom etdi. Bunga sabab fan-texnika taraqqiyoti va xalqaro kapitalistik xo‘jalikning obyektiv ravishda yuzaga kelgan yangi ehtiyojlaridir. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari: Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling