Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Rivojlanayotgan mamlakatlarning mehnat taqsimotiga qo‘shiliishga halal beruvchi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning mehnat taqsimotiga qo‘shiliishga halal beruvchi 
omillar 
 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning yangi bosqichga o‘tgan jahon mehnat taqsimotida 
ishtirok etishi faqat xohish-istak bilangina amalga oshmaydi. Bu ishtirok ularning iqtisodi fan-
texnika taraqqiyotidagi mavjud yutuqlardan foydalangan holda munosib ravishda rivojlangan 
bo‘lishini taqozo etadi. Lekin ushbu mamlakatlarda bu jarayon endigina boshlanmoqda. Buning 
ustiga ularning ko‘pchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika rivojida g‘oyat orqada qolib 


ketganligi fan-texnika yangiliklaridan foydalanishga jiddiy xalal beradi. Bu yangiliklarni 
o‘zlashtirish masalasi quyidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq: 
- Infrastrukturalar, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari kam rivojlanganligi; 
- axborot bilan ta’minlanishda o‘ta past darajada ekanligi; 
- eng yangi texnologiyalarning talablari xulq-atvor va tafakkur sohalarida yuzaga kelgan 
an’anaviy andozalarga mos kelmasligi.
Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish oldiga shunday yangi, 
yanada og‘irroq talablar qo‘yilmoqdaki, ishlab chiqarish kuchlarining sifat darajasi g‘oyat past 
bo‘lgan sharoitda bularni bajarish mushkul. 
1. Bu narsa avvalo mehnat resurslarining sifat belgilari (intizom, malaka, mehnatga 
munosabat), ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, uni fan-texnika yutuqlari bilan 
ta’minlashga bog‘liq. 
2. Eng yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish yordamchi ishlab chiqarishlarning, har xil 
xizmat turlarini, ishlab chiqarish, bozor, moliya va axborot infrastrukturalari (transport, ombor 
xo‘jaligi, elektron-hisoblash mashinalariga asoslangan axborot tizimlari, zamonaviy aloqa 
turlari va hokazolar)ni rivojlantirishga ajratiladigan mablag‘larni keskin ko‘paytirishni nazarda 
tutadi. 
3. Iqtisodni elektronlashtirish yo‘lida rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki bozori tor 
ekanligidan kelib chiqadigan g‘ovlar bartaraf etilgan emas. 
4. Axborot tizimini rivojlantirish uchun talab etiladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik izlanishlar xarajatlari (NIOKR) darajasi g‘oyat baland ekanligi tufayli bunga 
imkon yo‘q. Masalan, 2000-yillarning boshlarida yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishda 
NIOKRga sarflangan mablag‘lar sotilgan mahsulotlar qiymatining o‘rtacha 10%ini ushbu 
elektron texnologiyalarni iste’molchisi hisoblangan katta ishlovchi sanoat sohalarida esa 2% ni 
tashkil etgan 
5. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarish kuchlarida ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlarning eng muhim xususiyatlarilan biri - taraqqiyotning shunday bir shakliga 
erishildiki, unda sohalar, texnologik tizimlardagi nisbatan barqarorlik ularni uzluksiz qayta 
qurish jarayonlari bilan almashib turadi. 
6. Sanoat mahsulotlari va xizmat turlarining jadal sur’atda yangilanib turishi 
rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishida eng maqbul bo‘lgan mahsulot turlariga talabni 
cheklab qo‘yadi. 
7. Texnologiyalarning tez o‘zgarib turishidagi o‘ta jadal sur’atlar, yangi mahsulotlar va 
texnologiyalarning umri qisqarib borayotganligi yetakchi davlatlarni "quvib yetish" 
muammosini qiyinlashtiradi. 
8. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar bu boradagi monopoliyani saqlab 
qolishga bo‘lgan tabiiy intilishlari natijasida qiyinchiliklar yana ham ko‘payadi. 
9. Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo‘lmish iqtisodni axborotlashtirish 
sohasining ahamiyati xususida gap ketarkan, garchi axborot texnologiyasidan taraqqiyot 
maqsadida foydalanilsada, axborotlashtirish taraqqiyot omili emas, balki uning natijasi hamdir. 
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodda, yoxud hech bo‘lmasa uning ayrim sohalarida qandaydir 
darajaga erishilgandan keyingina undan samarali foydalanish mumkin. Vaholanki, 
an’anaviy texnologiyalarga suyangan holda bunday darajaga erishish yo‘lidagi intilishlar 
endilikda unchalik samara bermay qo‘ydi, negaki, shu asosda ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
yangi texnologiyalar bilan ta’minlangan mahsulotlar oldida umuman raqobatbardoshlikni 
yo‘qotib, sotilish bozorlaridan mahrum bo‘lmoqda. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling