Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Birinchidan, ishlab chiqarishning ichki tarmoqlari o‘zgarishi va uni texnologik 
yangilanishi:
1) rivojlanayotgan mamlakatlardan keltiriladigan xom ashyo iste’molining yanada 
kamayishiga;
2) yosh davlatlarning sanoat mollarini eksport qilish imkoniyatlari cheklanib qolishiga;
3) tadbirkorlik kapitalining ba’zi qismini rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan 
mamlakatlarga oqib kelishini susayishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ishlab chiqarishning davlat 
tomonidan rag‘batlantirilishi natijasida ichki talab jadalroq o‘sib boradi (bu hol boshqa sabablar 
qatori to‘la bo‘lmagan bandlilik bilan izohlanadi), buning ustiga inflatsiyaga qarshi kurash, pul 
miqdorini ko‘paytirmaslik, budjetdagi taqchilliklarni kamaytirish davlat tomonidan maxsus 
cheklab turiladi.


Boshqacha qilib aytganda, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar mahsulotlarini tobora 
ko‘proq chet elga chiqarib sotishga, ayni paytda xalqaro miqyosda yangi iktisoslash-tiruvga yo‘l 
bermaslik zarurati bilan to‘qnashadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan qaramlilik miqyoslari kengayganligini e’tirof etish, 
rivojlangan mamlakatlar to‘qigan "o‘zaro qaramlilik" aqidasining muhim qismidir. U G‘arbning 
birgalikda olib borayotgan harakat dasturini tobora ko‘proq belgilaydi. Faqat 70-yillarning 
o‘zidagina rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga sanoat 
mollari eksportidagi salmog‘i 31 foizdan 40 foizga ko‘tarildi va hozir ham ahvol shunday.
"O‘zaro qaramlilik" aqidasi transmilliy korporatsiyalar manfaatlaridagi evolyudiyani ham 
nazarda tutadi.
Transmilliy korporatsiyalarning ozodlikka erishgan mamlakatlardagi qayta ishlash 
sanoatini rivojlantirishga bo‘lgan munosabati, ularning chekka o‘lkalar (periferiya) tashqi 
iqtisodiy aloqalaridagi ahamiyati uch asosiy guruhga kiruvchi omillar bilan belgilanadi.
Xalqaro kapitalistik xo‘jalik markazlaridagi texnologik o‘zgarishlar birinchi guruhga oid 
bo‘lib, ular davlat subsidiyalari bilan birgalikda ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, ayni 
paytda mehnat unumdorligining oshishiga, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligining 
ko‘tarilishiga olib keladi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarning yaqindagina samaradorligi 
nisbatan yuqoriroq bo‘lib turgan sohalariga ham taalluqlidir.
Unumdorlikni oshirish jarayonida xarajatlar tizimining o‘zgarishi mehnatni tejaydigan 
usullar joriy etilishini rag‘batlantiradi, texnologik yangiliklar esa ishlab chiqarishni mahsulot 
sotiladigan bozorga yaqinroq joylashtirishni taqozo qiladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar qayta ishlash sahasidagi AQSH investitsiyalari 1982 yilgacha 
"uydagi"dan ko‘ra ko‘proq foyda keltirgan bo‘lsa, 1982 yildan boshlab buning aksini ko‘rish 
mumkin. Natijada rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatining boshqa tarmoqlariga joylashtirilgan 
bevosita investitsiyalarning o‘sishida sustkashlik sezildi.
Mahsulotni sotish imkoniyatlari ikkinchi guruhga kiradi: Transmilliy korporatsiyalar 
uchun homiylik bilan himoyalangan G‘arb bozorlarida ishlab chiqarishni tashkil etish 
rivojlanayogan mamlakatlarda eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni tashkil etishdan ko‘ra 
foydaliroq bo‘ldi.
Yuz bergan ana shu o‘zgarishlar transmilliy korporatsiyalar tashqi siyosatini anchagina 
qayta qurishga sababdir. Rivojlanayottan mamlakatlarga kelayotgan bevosita investitsiyalar 
darajasi pasaymoqda. 1970-yillarda o‘rtacha 16,4 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 1982-1983 yillarda 11,8 
foizga va oxirgi yillarda yanada pasaydi. 
Lekin shuni hisobga olish zarurki, aksariyat bevosita investitsiyalar kam mablag‘ talab 
qiladigan xizmat ko‘rsatish sohalariga joylashtiriladi, shunda ham ishtirokning noaksiyadorlik 
shakli foydaliroq hisoblanadi.
Shunga ko‘ra rivojlanayotgan mamlakatlarga kelayotgan kapitalning sur’at darajasi yoki 
salmog‘ida ro‘y berayotgan pasayishlar transmilliy korporadiyalarning okean ortidagi bozorlarga 
qiziqishi kamayganidan ko‘ra, ko‘proq o‘sha joylarga kirib borishning yangi-yangi vositalarini 
qidirayotganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda, transmilliy korporatsiyalar uchun bu mamlakatlarda muhim ishlab 
chiqarishlarni tashkil etishdan ko‘ra, muhim savdolarni amalga oshirish ahamiyatliroqdir. 
Shunday qilib, transmilliy korporatsiyalar rivojlanayoggan mamlakatlarda ishlab 
chiqarishni shakllantirishga yordam berib, ayni paytda o‘zi ham ushbu ishlab chiqarish 
strukturasiga moslashyapti. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling