Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital olib chiqish


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital olib chiqish 
 
Keyingi 20-25 yilda rivojlanayotgan mamlakatlardan kapitalni olib chiqish keng quloch 
yoydi. 1980-yillarning ikkinchi yarmidan to 2001 yilgacha ulardan olib chiqilgan bevosita chet el 
investitsiyalari hajmi 8 marta, rivojlangan mamlakatlar uchun esa bu ko‘rsatkich 3 marta o‘sdi.
Kapital eksport qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
- Sanoati ancha rivojlangan, milliy, transmilliy korporatsiyalari bo‘lgan va o‘z faoliyatini 
kengaytirayotgan mamlakatlar (Argentina, Braziliya, Hindiston, Janubiy Koreya va h.k.)-
- Neft eksport qiluvchi mamlakatlar.
9
I. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida kapital hosil bo‘lishi jarayoni 
jamg‘arish sur’atlari past va miqdori kichik bo‘lgan mayda tarqoq kapitallar massasi bilan 
bog‘liq. Biroq, ayrim tarmoqlarida borgan sari kapital mablag‘larning qudratli generatori sifatida 
namoyon bo‘layotgan milliy korporatsiyalar shakllanayotgan va kuch to‘playotgan ba’zi 
rivojlanayotgan mamlakatlar (masalan, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari va h.k.)da 
kapitalning nisbatan ortiqcha jamg‘arilishi yuz bermoqda. Bunday ortiqcha jamg‘arilish asosida 
quyidagilar yotadi: 
1. Bu mamlakatlarda yetakchi kapitalistik davlatlardan keltirilgan texnika asosida 
rivojlanayotgan yirik sanoat ishlab chiqarishi bilan ichki bozorninng torligi orasidagi qarama-
qarshilik mavjud. 
Ichki bozorning torligiga sabab xo‘jalik yuritishning eskirgan arxaik shakllarining juda 
ko‘pligidir. Chunki:
- an’anaviy mehnat zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini deyarli talab qilmaydi; 
9
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar: Jazoir, Angola, Bahrayn, Bruney, Dor-us-salom, Kamerun, Kongo, 
Ekvador, Misr, Gabon, Indoneziya, Eron, Iroq, Quvayt, Liviya, Malayziya, Meksika, Nigeriya, Ummon, Qator, 
Saudiya Arabistoni, Trinidad va Tobago, Tunis, Birlashgan Arab Amerikalari va Venesuela. 


- aholining xarid qilish qobiliyati ham juda past. Hatto zamonaviy bo‘g‘inda ham real ish 
haqi juda pastligi tufayli mehnatkashlarning xarid qilish qobiliyati ham past. Shuning uchun ham 
ba’zi rivojlanayotgan davlatlarda shakllanayotgan yirik shaxsiy kapital dastlabki 
bosqichlardayoq ortiqcha jamg‘arila boshlanadi.
Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning samarali (ayniqsa optimal) miqdori 
shu maqsulotni sotishga mo‘ljallangan ichki bozorning mutlaqo torligiga taqalib keladi.
2. Iqtisodning turg‘unlashgan tarqoqligi - xo‘jalikning turli bosqichdagi har xil 
texnologik shakllari va turlari parallel (yonma-yon), avtonom (alohida-alohida) mavjudligi, ular 
o‘rtasidagi chuqur tafovutlar ko‘pincha yirik milliy kapitalning ichki iqtisodda risoladagidek 
aylanishiga keskin to‘siqlarni vujudga keltiradi.
Rivojlanayottan mamlakatlar iqtisodining tarqoqdigi shaxsiy kapitalning ortiqcha 
jamg‘arilishi bilan milliy iqtisod darajasida kapitalning o‘tkir taqchilligi yonma-yon bo‘lishiga, 
ya’ni kapitalning nisbatan ortiqcha to‘planib qolishiga olib keladi. 
Rivojlanayetgan iqtisodning tarqoqligi: 
- kapitalistik sektor bilan yonma-yon tarzda xo‘jalikning ko‘plab eskirgan arxaik 
shakllari mavjud bo‘lishida;
- kapitalistik sektorga kiruvchi tarkibiy qismlar orasida o‘zaro aloqalarning kuchsizligi, 
uning pastki buginlari yuqori bo‘g‘inlariga bo‘ysunmasligida aks etadi. 
Milliy kapital bozorining tarqoqligi, "almisoq"dan qolgan kapital shakli - savdogar va 
sudxo‘rlar kapitalining mavjudligi, shunga o‘xshash omillar kapitalni tarmoqlararo harakati 
yo‘lida qo‘shimcha g‘ovlar qo‘yadi. Demak, ozod bo‘lgan mamlakatlarning rivojlangan guruhi 
ichida ortiqcha kapital hosil bo‘lishi jarayoni yuz beradi. Ana shu ortiqcha kapital eng yuqori 
foyda olish mumkin bo‘lgan soxalarni izlab, chet ellarga yo‘l aladi.
II. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi kapital egalari biron bir sohaga mo‘ljallangan 
kapitalga to‘g‘ri keladigan foyda normasi mamlakat ichidagi foyda normasidan oshmaydigan 
hollarda ham o‘z kapitallarini chet ellarga yo‘naltiradilar. Buning sababi, kapitalni chiqarish 
uning faoliyat sohasini kengaytirishi bilan aylanishini oshiradi, natijada foyda massasi, 
normasining o‘sishiga olib keladi. 
Bundan tashqari, biron bir rivojlanayotgan mamlakatda kapitalni chetga chiqarishning 
konkret iqtisodiy-siyosiy sabablari ham mavjud bo‘ladi:
- milliy valutadagi mablag‘larni boshqa mamlakatlarning valutasiga o‘tkazish yo‘li bilan 
ularni qadrsizlanishdan saqlab qolish; 
- milliy hukumatning mamlakat iqtisodi ichidagi valuta, soliq nazorati va h.k.larni 
kuchaytirishga qaratilgan tadbirlaridan bo‘yin tovlash; 
- kapitalni milliylashtirish ehtimolidan, siyosiy janjal vaziyatlari natijasida yuz berishi 
mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va h.k.lardan asrash.
III. Neft qazib oluvchi mamlakatlarda kapitalni eksport qilish borasida shakllanadigan 
ortiqcha kapitalning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Uning bevosita manbai kapitalistik jamg‘arish 
jarayoni emas, balki neft resurslari monopoliyasi bilan bog‘liq rentadir.
Bu davlatlarni rivojlanayetgan mamlakatlarga taqqoslaganda xam, qoloq bo‘lgan iqtisodi 
70-yillar o‘rtasida ro‘y bergan energetika inqirozi va neft narxining oshib ketishi natijasida bu 
yerga juda katta miqdorda oqib kelgan pul massasini o‘zlashtirishga qodir emas edi. Natijada 
ortiqcha kapital hosil bo‘lish jarayoni yuz berdi. 
IV. Kapital rivojlanayotgan mamlakatlardan tadbirkorlik yo‘li bilan va ssuda shaklida 
chiqariladi. Bu kapital chet ellarda portfel investitsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan 
pul, bank depozitlari, kreditlar tarzida joylashtiriladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardan olib chiqiladigan tadbirkorlik kapitalining asosiy qismi 
ozod bo‘lgan boshqa mamlakatlarga asosan qo‘shni davlatlarga joylashtiriladi. Biroq, 
rivojlanayotgan mamlakatlar investorlarining ba’zilari rivojlangan mamlakatlarga ham kirib 
boradi.
1980-yillarning ikkinchi yarmidan 2001 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlanayotgan 
mamlakatlardan olib chiqilgan bevosita chet el investitsiyalari 11,3 mlrd dan 91,3 mlrd AQSH 


dollarigacha yoki 8 marta ko‘paygan.
Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlardan olib chiqib ketilayotgan mablag‘larning asosiy 
qismini shu mamlakatlarni boshqarayotgan yoki boshqargan rejim rahbarlari qo‘yayotgan chet el 
pul omonatlari tashkil qilmoqda (F. Markos Fillipinda, J.K. Dyuvalye Gaitida va h.k.).
Ozod bo‘lgan mamlakatlardan kapital olib chiqilishi rivojlanayotgan va rivojlangan 
davlatlar iqtisodiga turlicha va qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning bilan birga, 
rivojlanayotgan mamlakatlarning kapital eksporterlariga aylanishi ko‘p jihatdan ijobiy 
hisoblanadi. U bu mamlakatlarning iqtisodiy aloqalari kengayishiga, mustaqilligi oshishiga, 
jahon iqtisodidagi roli kuchayishiga yordam beradi. Bir ozod bo‘lgan davlatdan ikkinchi ozod 
bo‘lgan davlatga kapitalning olib chiqilishi ularning xo‘jaligi internatsionallashuvini 
tezlashtiradi, nisbatan qoloq davlatga yangi texnologiya, ishlab chiqarish tajribasi, moliyaviy 
yordam berilishi imkoniyatini yaratadi.
Ushbu bobga shunday xulosa yasash mumkin: 
1. Jahon iqtisodining internatsionallashuvi, transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining 
tezlashuvi yangi bozorlar uchun ular o‘rtasidagi kurashni keskinlashtiradi. 
2. O‘z navbatida jahon iqtisodiyotining‘ yetakchi markazlari orasidagi raqobatning 
kuchayishi chet el investitsiyalari geografiyasida yangi oqimlarni keltirib chiqaradi, 
rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita chet el investitsiyalari olib kirishning ilgarilab ketishiga 
olib keladi. 
3. Ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar ichida keyingi ikki o‘n yillar mobaynida 
bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida yaqqol yetakchi mamlakatlar paydo 
bo‘ldi. Bular, Janubiy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. Ularning o‘ziga jalb 
qiladigan tomoni, ichki bozorlari yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda va ko‘lamlari kengaymoqda. 
4. Rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalar kirishi bilan birga ular rasmiy 
yordam ham oladilar. Biroq, keyingi 10 yil mobaynida rasmiy yordam birmuncha qisqardi.
5. Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodda ishtirok etishining asosiy 
shakli u yerlarda chet el filiallarini tuzish bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, aralash (qo‘shma) 
korxonalar tuzish, shu mamlakatlar bilan bitimli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish kabi usullar ham 
keng quloch yoymoqda. 
6. Keyingi 20-25 yil ichida o‘z navbatida rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital olib 
chiqish ko‘lami kengaymoqda. 
7. Yangi industrial mamlakatlarda kapitalning jamg‘arilishi bilan bir vaqtda, ayrim 
tarmoqlar, iqtisodning zamonaviy tarmoqlarida ichki bozorning torligi kuzatilmoqda. Bunga 
sabab xo‘jalikning eskirib qolgan an’anaviy shakllari ko‘plab saqlanib qolganligi va iqtisodning 
tarqoqligidir. 
8. Rivojlanayotgan mamlakatlardan kapitalni olib chiqilishida iqtisodi "neft dollari"ning 
ortiqcha ko‘p massasini o‘zlashtirishga qurbi yetmaydigan neft qazib oluvchi davlatlar katta rol 
o‘ynamoqda.
9. Umuman, rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital chiqarish ularda yuz berayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va h.k. jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu hol ularning 
mustaqilligi kuchayishiga, jahon xo‘jaligiga chuqurroq kirib borishiga yordam beradi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling