Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodi tavsifi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodi tavsifi. Eksportning roli Yangi industrial mamlakatlardan ba’zilarini, ya’ni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan Janubiy Koreya, Gonkong (hozir XXR hududida), Tayvan va Singapurni "yangi Yaponiya" yoki "to‘rt ajdarxo" deb atashadi. Bunga sabab ularning iqtisodiy jihatdan tez rivojlanganligidir. Bu taraqqiyotning asosini eksport tarmog‘ining rivojlanishi, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni ko‘paytirishdagi muvaffaqiyatlar, raqobatbardoshlikning yuqoriligi, jahon bozoridagi o‘ziga xos tajovuzkorlik tashkil qiladi. Yangi industrial mamlakatlar "to‘rt ajdarho" iqtisoddagi keskin yuksalish tufayli 1970- yillar o‘rtalaridan boshlab o‘z rivojida, ayniqsa, eksportda yuqori natijalarga erishdi va amalda sanoati rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarildi. 80-yillarning ikkinchi yarmida ularning iqtisodiy o‘sish sur’atlari 7-8% dan pastga tushmadi, o‘rtacha olganda umuman 10% ni tashkil qildi. Tashqi qarzi juda katta bo‘lgan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda, "to‘rt ajdaho " o‘z to‘lov balanslarida yirik ijobiy qoldiqni jamladi: 1987 yilda u 30 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘sha vaqtda barcha G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan picha kamroq edi. Shuning uchun ham "to‘rtlik"da pul jamg‘armasining darajasi eng yuqorilardan biri bo‘ldi. Masalan, Tayvanning valuta zahiralari 1989 yilning o‘zida 76 mlrd AQSH dollarga yetdi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, GFRnikidan ko‘p, faqat Yaponiyanikidan ozgina kam edi. Shuning uchun ham bu davrda yangi industrial mamlakatlar o‘z tarixlarida inflatsiyadan deyarli qiynalmadilar, ularda ishsizlar deyarli bo‘lmadi, aholining hayot darajasi esa juda yuqori bo‘ldi. "To‘rtlik"ning eksporti birinchi navbatda AQSH va Yaponiyaga qaratilgan. Agar iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning umumiy importida yangi industrial mamlakatlarning ulushi 7%ni tashkil qilgan bo‘lsa, AQSH importida 14%gacha, Yaponiya importida 11%ni tashkil etadi. Yangi industrial mamlakatlarning Amerika bozoriga moslashganligini to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechaklar importida ularning ulushi 46%, maishiy texnikada 37%ny tashkil qilganidan bilsa bo‘ladi. Shu bilan birga, yangi industrial mamlakatlardan AQSH bozoriga sanoat mahsulotlarining oqib kirishi ko‘p jihatdan Amerika va Yapon transmilliy korporatsiyalarining faoliyagi natijasi hisoblanadi. Masalan, Yaponiya bu mamlakatlardan o‘z raqobatdoshlari - AQSH bozorlariga kirib borish uchun yo‘lak sifatida faol foydalanadi. Rivojlangan kapitalistik davlatlarning korporatsiyalari yangi industrial mamlakatlardagi imtiyozli tadbirkorlik sharoitlaridan foydalanishadi. Yanada raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun arzon ishchi kuchi va xom ashyo, soliq imtiyozlari va h.k. shular jumlasiga kiradi. Aynan shu mamlakatlarning manfaatlari yangi industrial mamlakatlar iqtisodidagi ustuvor yo‘nalishlarga, tashqi savdo tuzilishiga asosiy ta’sir ko‘rsatishi bejiz emas Shu nuqtai nazardan Malayziya tashqi savdo ko‘rsatkichlari ancha ibratli. Quyida keltirilayotgan jadvaldan ko‘rinadiki mamlakat importining katta qismini oraliq tovarlar tashkil qiladi. Oraliq tovarlar deganda yakunlovchi operatsiyalarni bajarish uchun chetdan keltirilgan, keyin xalqaro bozorga chiqariladigan tovarlar tushuniladi. Shuning uchun eksportda qayta ishlovchi elektron sanoat mahsulotlari yetakchi rol o‘ynaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling