Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Eng yuqori ko‘tarilish davri (chuqqi davr)da va


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Eng yuqori ko‘tarilish davri (chuqqi davr)da va
iqtisodiy pasayishdan keyin Yaponiya bevosita chet el
investitsiyalarining taqsimlanish geografiyasi 
 
Mintaqa (mamlakat)
Davr 
cho‘qqisi 
(1989-1991) 
Iqtisodii pasayishdan keyin 
(1994-1996) 
Barcha mamlakatlar (mlrd AQSH dollari) 
41,0 
21,0 
Rivojlangan mamlakatlar (%) 
83.0 
58,0 
AQSH (%) 
51,0 
37,0 
Yevropa Ittifoqi (%) 
23,0 
13,0 
Rivojlanayotgan mamlakatlar (%) 
17,0 
42,0 
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo 
(%) 
11,0 34,0 
Xitoy (%) 
1,1 
12,0 
Markaziy va Sharqiy Yevropa (%) 
0,1 

 
Manba: World Investment Report 1997: Trends and Determinants, GN, New York and Geneva, 
1997.
1990-yillar oxirigacha Osiyodagi yapon investitsiyasi 2,5 marta oshdi, chet ellarga 
Yaponiya ko‘rsatadigan yordamning 70%i Osiyo va Hind submintaqasi uchun mo‘ljallangan. 
Yapon tadbirkorlari ishlab chiqarishni rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarib, tashqi bozorda 
o‘z tovarlarining raqobatbardoshligi pasayishiga qarshi turishga harakat qilishadi.
AQSH bevosita chet el investitsiyalari borasida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. 1995-
1997 yilda rivojlangan mamlakatlar ulushi 75,8% dan 65% gacha qisqardi, ayni paytda 
rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi 26,9% dan 34,3% gacha o‘sdi. Bunda ham yangi an’analar 


paydo bo‘lganligi diqqatni jalb qiladi. Xususan, bevosita chet el investitsiyalarining Osiyo 
mamlakatlaridagi ulushi nisbatan qisqargani holda Lotin Amerikasi mintaqasidagi ulushi 
ko‘paygan (17,4% dan 20,8% gacha). Bu hududda AQSH hali ham asosiy xorijiy investor 
hisoblanadi. AQSH bevosita chet el investitsiyalarining Lotin Amerikasi mintaqasidagi umumiy 
hajmi 1995-2001 yillarda deyarli 97 mlrd AQSH dollariga yetdi, Lotin Amerikasi 
mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 64%ini tashkil etdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy investitsiyalar bilan bir qatorda rasmiy taraqqiyot 
yordamini ham oladi. Aytib o‘tish kerakki, keyingi yillarda bunday yordamning qiymati ancha 
kamaydi: 90-yillar boshida davlatning mablag‘ bilan ta’minlashi rivojlanayotgan mamlakatlarga 
kirib kelayotgan investidiyalar oqimining yarmidan ko‘pini tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilda bu 
ulush atigi 14%ni tashkil etdi. Ayni paytda 1990-97 yillarda investitsiyalarning umumiy hajmi 
har yili 16%ga o‘sdi, davlatning mablag‘ bilan ta’minlashi esa har yili 3%ga kamaydi.
Eng sust rivojlangan mamlakatlarga rasmiy taraqqiyot yordami ko‘rsatish ancha 
yuqoriroq, unga investitsiyalar oqimining asosiy ulushi to‘g‘ri kelgan. 1990-95 yillarda u 
barqarorligicha qoldi va faqat 1996 yilda 14%ga qisqardi va 2001 yilda ko‘tarildi. 
Eng sust rivojlangan mamlakatlarda xususiy kapital oqimm ahvoli ham boshqacha. Bu 
yerda xususiy investitsiyalarning ahamiyati ortayotganligi investitsiya va moliya sohasidagi 
erkinlashtirish, jahon miqyosiga chiqishga intilish o‘sayotganligida ham o‘z aksini topmoqda. Bu 
guruhga kiruvchi mamlakatlarda kapitalning harakatidagi to‘siqlar bekor qilinmoqda.
Chet el xususiy investitsiyalaridan portfel investitsiyalari bevosita chet el 
investitsiyalariga nisbatan "harakatchanroq", chunki ular bevosita chet el investitsiyalaridan 
farqli o‘laroq istiqboldagi taraqqiyot maqsadlarida emas, balki tezroq foyda olish maqsadlarida 
jalb qilinadi. 
1990-2000 yillar mobaynida tijorat banklarining ssudalari rivojlanayotgan mamlakatlarga 
kirib kelayotgan xususiy kapitallar oqimining taxminan o‘rtacha 1/10, portfel investitsiyalar 
taxminan 1/3 va bevosita chet el investitsiyalari taxminan 1/2 ulushini tashkil etdi.
Umuman, bevosita chet el investitsiyalarini rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarishning 
o‘sishi haqida gapirilganda shuni ta’kidlash lozimki, 2000 yilda bevosita chet el investitsiyalari 
umumjahon oqimining deyarli 2/5 ulushi bu mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. Bu ular 1993 yilda 
erishgan darajadan 2 marta, 1985 yildagidan 10 marta ko‘pdir. 1996 va 1997 yillarda bevosita 
chet el investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarga G‘arbiy Yevropaga nisbatan deyarli 30 
mlrd AQSH dollari miqdorida ko‘p kiritildi. 
Shu bilan birga, bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha peshqadamlar Janubiy, 
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo - 82,4 mlrd AQSH dollari (53,3%), Lotin Amerikasi - 56,1 
mlrd AQSH dollari (37,7%) va Afrika -5 mlrd AQSH dollari atrofida (3,2%) bo‘ldi.
Xususiy sektorga ko‘maklashadigan Xalqaro moliya korporatsiyasi chet el investorlari 
nuqtai nazaridan Afrika hozircha past istiqbolli ekanligini ta’kidlaydi. Haqiqatan, 2001 yilda 
bevosita chet el investitsiyalarini rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarish umumiy hajmida bu 
mintaqaning ulushi atigi 3,6%ni tashkil etdi.
Bu yerda xo‘jalik faolligini rag‘batlantirish maqsadida Xalqaro moliya korporatsiyasi 
birinchi navbatda quyidagi choralarni ko‘rmokda: 
- Xususiy tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish; 
- mikrokorxonalarni (qabul qilingan tasnif bo‘yicha) rag‘batlantirish dasturini amalga 
oshirish. 
Sharqiy Osiyo mamlakatlarining chet el investorlarini qiziqtiradigan tomonlari 
quyidagilar:
- Ularning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sishi va siyosiy jihatdan barqarorligi
- ularning ichki bozorlari sig‘imi ancha oshganligi. 2000 yilda 75 mln osiyolik oila 
o‘rtacha amerikalikning daromadiga yetadigan yillik daromadga yetishishi lozim edi. 
1992 yilda bevosita chet el investitsiyalarini oladigan eng yirik rivojlanayotgan mamlakat 
Xitoy bo‘ldi. 1993-96 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib kelayoggan bevosita chet al 
investitsiyalarining umumiy oqimiga nisbatan Xitoyning ulushi 36% yoki yiliga o‘rtacha 35 mlrd 


AQSH ddshgariga, 1997 yilda 30,4% yoki 45,3 mlrd AQSH dollariga to‘g‘ri keldi. Chet el 
investorlari uchun Xitoyning o‘ziga jalb qiladigan tomoni faqat investitsiyalarning miqdori emas, 
balki iqtisodning yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotganligvdir. Xitoy iqtisodi 1990-96 yillar 
mobaynida yiliga 10% dan ko‘proq o‘sib bordi.
Bundan tashqari, mamlakatda ishchi kuchi arzonligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu esa 
Xitoyda ko‘p mehnat talab qiladigan eksport tovarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yayotgan 
transmilliy korporatsiyalar uchun juda muhim omildir. 
Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodida ishtirok etish shakllari:
I. Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga kirib borishining asosiy 
shakli halqaro korporatsiyalarning sho‘ba korxonalari hisoblanadi. Bunga dalil rivojlanayotgan 
iqtisodga kirib kelayotgan kapitalning umumiy oqimida transmilliy korporatsiyalar bevosita 
investitsiyalarining ulushi 1975-79 yillardagi 14,5% dan 1980-85 yillarda 17,2% gacha 
o‘sganligi.
Urushdan keyingi butun davr mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlarda chet el 
investitsiyalariga to‘g‘ri keladigan foyda normasi sanoati rivojlangan mamlakatlardagidan yuqori 
bo‘lgan. Masalan, 1950 yilda AQSH korporatsiyalari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga 
qo‘ygan kapitallarga to‘g‘ri keladigan foyda normasi 13,5% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 
esa 23,6% ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 1970 yilda 8,9% va 15,1%, 1980 yilda 15,5% va 
22,8%, 1985 yilda 16,2% va 14,1%, 1988 yilda 16,6% va 19,4%, 2000 yilda 19,4 va 21,2 
bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlardan oxirgi vaqtlarda foyda normasining pasaygani ko‘rinib turibdi. 
Bevosita xususiy investitsiyalardan foydalanishning nisbiy samaradorligi pasayishiga 
sabab:
- Rivojlanayotgan mamlakatlardagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar; 
- milliy hukumatlarning mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni o‘z qo‘lida tutib turishga 
intilishi; 
- bozor iqtisodining yetakchi markazlarvda ishlab chiqarishda mehnat va energiya 
tejaladigan texnologiyaning rivojlanishi.
O‘z navbatida, rivojlanayotgan mamlakatlar chet el kompaniyalarining faoliyatini 
faollashtirishga yordam berish uchun har jihatdan intiladilar, chunki chet el kapitali: 
- Ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlashga yordam beradi; 
- xususiy tadbirkorlikni mustahkamlaydi; 
- mamlakat xo‘jaligini rivojlantirishni tezlashtiradi, deb umid qiladilar.
Biroq, tashqaridan keladigan moliya oqimi harakati juda ehtiyotkorlik bilan yuz beradi. 
Eng avvalo, ular aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarga 
mo‘ljallanadi, bu ko‘rsatkich past bo‘lgan mamlakatlarni chetlab o‘tadi, kamdan-kam 
hollardagina bunga rioya qilinmaydi.
Daromadi past bo‘lgan mamlakatlar rasmiy kanallar bo‘yicha beriladigan yordamga umid 
qilishi mumkin, bu hol bunday mamlakatlarning ko‘pchiligi xususiy kapital bozor-lari uchun 
sharoit yarata olmasliklarini bildiradi. 
Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga beriladigan yordam hajmini qisqartirish 
an’anasi paydo bo‘ldi. Masalan, 2001 yilda u 48 milliard AQSH dollarigacha kamaydi.
Shu bilan birga, AQSHning bu mamlakatlarga noharbiy moddiy yordami ulushi ancha 
qisqarib borayotganligi e’tibor-ni jalb qiladi. 1997 yilda Yaponiya bu mamlakatlarga shu 
maqsadda 14,5 milliard AQSH dollarini, Fransiya 8,4 mlrd, Germaniya 7,5 mlrd, AQSH 7,3 
mlrd AQSH dollarini ajratdi. 
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 1995 yilda AQSH hukumati yordam 
dasturiga yalpi ichki mahsulotning atigi 0,1%ini ajratdi. Bu yordam urushdan keyingi yillar 
mobaynida eng kam hisoblanadi. 
Bundan tashqari, ba’zi mamlakatlar (Hindiston, Xitoy, Indoneziya)dan tashqari 
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zlarining sof milliy kapitalining tashqariga chiqib ketishidan 
aziyat chekmoqda.
Bu guruhdagi mamlakatlarda kapital qo‘yishdan manfaatdor emaslik sabablari: 


- Makroiqtisodiy nobarqarorlik;
- infratuzilmaning nobarqarorligi; 
- ishchi kuchining past malakaliligi; 
- bozor xo‘jaligining institutsional sharoitlari rivojlanmaganligi. 
Keyingi yillarda ba’zi rivojlanayotgan davlatlarning hukumatlari tomonidan transmilliy 
korporatsiyalarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish kuchayganligi tufayli bu mam-lakatlar 
iqtisodiyotida chet el kapitalining ishtirok etishi borasida tashkil etishning yangi shakllari paydo 
bo‘ldi. Ular korxonalarga birgalikda egalik qilish va ularni qurishni, litsenziya berish, boshqarish 
uchun bitimlar tuzishni, korxonani boshdan-oxirigacha qurib berish, xalqaro subpudrat va h.k.ni 
ko‘zda tutadi.
II. Qo‘shma korxonalar aksiyadorlik kapitalining o‘ziga xos shakli hisoblanadi.
Uyushma kapitalistik mulkning o‘ziga xosligi shundaki, firmaning haqiqiy kapitali 
harakatini nazorat qilish ishlari sheriklar orasida taqsimlanadi. Bunday shakl milliy va chet el 
kapitali orasidagi ma’lum murosani bildiradi. 
Jahon iqtisodining hozirgi rivojlanish bosqichida aralash kompaniyalarning tuzilishi 
rivojlanayotgan mamlakatlarning ham, transmilliy qorporatsiyalarning ham manfaatlarini 
qoniqtiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoat kompaniyalariga xalqaro monopoliyalar 
ishtirokini tashkil etib, birinchidan:
1) Kapital natural-moddiy shakldagi kapital taqchilligi muammosi ma’lum darajada hal 
qilinadi; 
2) ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiya kiritiladi, uni tashkil qilish tajribasi 
o‘zlashtiriladi, mahsulotni kafolatli sotish imkoniga ega bo‘linadi va h.k. 
Ikkinchidan, milliy davlat tomonidan transmilliy korporatsiyalar faoliyatini nazorat qilish 
doirasi kengayadi.
Qo‘shma tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari 
ko‘pincha imtiyozli soliq tartibini joriy qiladi; odatda soliqqa tortish maqomi bo‘yicha tashkil 
qilinadigan qo‘shma korxonalar mahalliy kompaniyalarga tenglashtiriladi, lekin ularga soliq 
imtiyozlari ham tadbiq qilinishi mumkin. 
Odatda davlat murakkab texnologiya qo‘llaniladigan muhim, o‘zi uchun zarur sanoat 
tarmoqlarida, yuqori eksport daromadlarini ta’minlaydigan tarmoqlarda qo‘shma korxonalar 
tuzilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ko‘pchilik hollarda rivojlanayotgan mamlakatlar qo‘shma korxonalarda milliy mulk 
ulushini ko‘paytirishga harakat qiladi va shu yo‘l bilan chet el kapitali ishtirok etadigan korxona 
ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish uchun kurashadi.
Biroq, kapitalning katta ulushiga egalik qilish har doim ham iqtisodiy faoliyatni amalda 
nazorat qilishni ta’minlayvermaydi. Chet el investorlarining kapitalda anchagina kichik ulushda 
ishtiroki ham ularga yaxshigina daromad ko‘rishlari uchun imkon berishi mumkin.
Mahalliy sheriklariga nisbatan moliya va texnologiya borasida ustun bo‘lgan chet el 
investorlari korxonaga ma’muriy va texnikaviy rahbarlik tizginini o‘z qo‘llarida tutib turishga, 
uni o‘zlarining transmilliy ishlab chiqarish majmualariga singdirib yuborishga qodirlar. 
Ba’zi Amerika ekspertlarining fikricha, agar chet el kompaniyasi istalgan mahalliy 
kompaniya kapitalining 5% ulushiga egalik qilsa, bu mahalliy kompaniyani chet el 
kompaniyasining filiali deb hisoblash mumkin.
III. Keyingi 20-25 yil mobaynida transmilliy korporatsiyalar shu’ba yoki qo‘shma 
korxonalar tuzishdan voz kechmagan holda (bu usul hali ham chet el kapitalining mahalliy 
iqtisodda ishtirok etishining muhim shakli hisoblanadi) rivojlanayotgan davlatlarning 
kompaniyalari bilan bitimli munosabatlarni (texnologiya yetkazib berish to‘g‘risida, korxonani 
jihozlash yoki qurish, boshidan to oxirigacha qurish haqida, mutaxassislar tayyorlab berish 
to‘g‘risida va h.k.) yo‘lga qo‘yishga borgan sari ko‘proq harakat qilmoqda.
Chet el korporatsiyasining sanoat obyektlarini boshidan oxirigacha ("kalit 
topshirilguncha") qurishi deganda uni ma’lum muddat ishlatib, keyin qabul qiluvchi mamlakat 


hukumatiga topshirish tushuniladi (bu usul asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladi).
Bunday kompaniya yoki korxonada ishtirok etadigan chet el monopoliyasi ishlab 
chiqariladigan mahsulotning muayyan qismini sotib olish, ba’zan jahon narxlaridan arzonroqqa 
sotib olish (berilgan kreditlar, jihozlar va turli xizmatlar evaziga) huquqiga ega bo‘ladi.
Kompaniya yoki korxona chet ellik sherikning qarzidan qutilganidan so‘ng u 
shartnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida o‘z ulushidagi mahsulotni jahon narxlarida sotib olish 
huquqini saqlab qolishi mumkin.
Trans va ko‘p millatli konsernlar mulkka egalik qilishdan bitimli munosabatlarga 
o‘tganda chet ellardagi ko‘pchilik yuridik jihatdan mustaqil firmalarni akiiyadorlik kapitali, 
shaxsiy munosabatlar orqali emas, balki bu firmalarni texnologik va tashkiliy jihatdan o‘zlariga 
bog‘lab qo‘ygan holda tasarruf qiladilar.
Bitimli munosabatlar rolining oshishi rivojlanayotgan davlatlarning qarzi ko‘payib 
borayotganligi, jahon kapital bozorida foiz stavkalarining o‘sishi, transmilliy banklarning bitimli 
munosabatlarni mablag‘ bilan ta’minlashi kengayayotganligi bilan ham izohlanadi.
Bitimli munosabatlar transmilliy korporatsiyalarni o‘ziga jalb etishining sababi, ular 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga kapital kiritishdagi siyosiy va tijorat tavakkalchiligi bilan 
bog‘liq bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bitimli munosabatlar ko‘pincha aksiyadorlik nazorat 
shaklini qo‘shimcha to‘ldiradi. Masalan, British Leyiavd kompaniyasi Keniyadagi yuk 
mashinalari, avtobuslar ishlab chiqaradigan korxonaning 45% aksiyalariga egalik qilgani holda, 
shu mamlakat hukumati bilan mazkur korxonani un yil dayumida boshqarish uchun bitim tuzdi.
Shunga qaramay, istiqbolda xalqaro korporatsiyalarning rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiga kirib borishining asosiy shakli bevosita investitsiyalar bo‘lib qolishi ehtimoli bor. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarga kelsak, ularda bevosita chet el investitsiyalari mutloq o‘sgani 
holda monopoliyalarning ushbu mamlakatlar iqtisodiga kirish tadbirlarida bevosita 
investitsiyalarning ahamiyati pasayib borishi mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling