Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Manba: World Development Indicator, 2001, Table 1,5
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Manba: World Development Indicator, 2001, Table 1,5 Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida, ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda odamlar va ishlab chiqarish bir joyda to‘planib qolganligining asosiy sababi, daromadlar g‘oyat past bo‘lgan sharoitda har qanday insonning birlamchi qayg‘usi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana topish dardidan iborat bo‘lganligidir. Bu yerlardagi qishloq xo‘jaligining kam mahsuldorligi odamlar soni ko‘p ekanligi va ishlovga nisbatan yaroqli yerlar mavjudligi bilangina emas, balki ayni chog‘da sust rivojlangan mamlakatlar iqtisodining bu sohasida ibtidoiy texnologiya ustuvor ekanligi, tashkillashtirishning zaifligi, jismoniy, kapital xarajatlar cheklanganligi bilan ham izohlanadi. Texnologik qoloqlik eng avvalo agrar sektorda notijorat dehqon xo‘jaliklari ko‘proq ustun ekanligining natijasidir. Keyin dunyoning ko‘pgina mintaqalarida, ayniqsa, Osiyo va Lotin Amerikasida yerdan foydalanish kelishuvlari mavjud bo‘lib, buning natijasida dehqonlar odatda kichikroq yer parchalarini ijaraga olishni ma’qul ko‘radilar. Yerdan foydalanishning bu usuli ishlab chiqarishni kengaytirish, uning samaradorligini takomillashtirish borasidagi ko‘pgina iqtisodiy tashabbuslarga yo‘l bermaydi. Hatto, yer g‘oyat mo‘l bo‘lgan joylarda ham ibtidoiy texnikani (omoch, sixmola, ho‘kiz, qo‘tos, eshak) ishlatish yoki inson kuchidan foydalanish natijasida oddiy bir oila ishlatadigan yer miqdori 5-8 gektar bilan cheklanadi. Amalda esa ko‘pgina mamlakatlarda bu miqdor 1-3 gektardan iboratdir. Ana shu yer parchasi bevosita (fermada iste’mol qilish bilan) va bilvosita (shaharliklar havda fermada ishlamaydigan iste’molchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan) gektar boshiga odatda 10-15 kishini boqadi. Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, har gektar yerdan olinadigan sholi, bug‘doy, makkajo‘xori, soya- dukkaklilar, tariq va hokazolar hosilini ko‘tarish borasidagi sa’y-xarakatlar xrzir ham, bundan keyin ham taraqqiyotning ustuvor maqsadi bo‘lib qoladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling