Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Tuyib ovqat yemaslik va salomatlik muammolari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Tuyib ovqat yemaslik va salomatlik muammolari
Rivojlanayotgan davlatlar aholisi uchun kam daromadlar bilan bir qatorda ovqatlanish va kasalliklar bilan bog‘liq muammolar ham dolzarbdir. Eng sust rivojlangan mamlakatlarda inson umrining o‘rtacha davomiyligi 2001 yidda 59 yoshni tashkil etdi, vaholanki, bu raqam boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda 69, rivojlangan davlatlarda esa 73 yilni tashkil etgan (WDI, 2001, Tablye 2.19). Go‘daklar (1 yoshgacha bo‘lgan) o‘limi koeffitsiyenti hamon yuqori darajada: eng sust 8 Jini koeffitsiyenti aholining alohida guruhlari milliy daromaddan amalda qancha hissa olganliklari va daromad teng taqsimlangan taqdirda qancha hissa olishlari mumkimligi o‘rtasidagi farqni o‘lchaydi. Koeffitsiyent qanchalik yuqori bo‘lsa, daromadlar taqsimotidagi gengsizlik ham shuncha baland bo‘ladi. taraqqiy etgan mamlakatlarda - 77 promille, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 65 bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda -13 ni tashkil etadi. 1970-yillarning o‘rtalarida 1 mlrd dan ko‘proq kishi yoxud rivojlanayotgan dunyo aholisining qariyb yarmi (Xitoydan tashqari) to‘yib ovqat yemaslik sharoitida kun kechirgan, ya’ni ular zarur miqdordagi kaloriyalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Ularning 1/3 qismidan ko‘prog‘ini 2 yoshga yetmagan go‘daklar tashkil etgan. Keyinchalik bu vaziyat, Sahroi Kabir janubidagi Afrika mamlakatlarida og‘irlashdi, bu mintaqada oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ancha pasayib ketdi va ocharchilik keng tus oldi. 2002 yilda aholi jon boshiga hisoblanganda bir kunda iste’mol qilinadigan kaloriyalar mikdori rivojlanayotgan mamlakatlarda 2572 kaloriyadan, eng sust taraqqiy etgan mamlakatlarda 2103 kaloriyadan iborat bo‘lgan, bu esa, sanoati rivojlangan davlatlardagidan (3157 kaloriya) nisbatan 24 va 33% kam, demakdir. Osiyo va Afrika aholisining qariyb 60%i salomatlikni bir me’yorda ushlab turish uchun zarur bo‘lgan kaloriyalarni eng kam miqdorda iste’mol qiladi. Boz ustiga, olimlarning fikricha, iste’moldagi bu yetishmovchilik dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan don mahsulotlarining bor- yo‘g‘i 2%ini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, ocharchilik yer yuzi aholisi bilan oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtasidagi nisbat buzilganligining natijasi emas, balki bunga jahonda daromadlar taqsimotidagi nisbat buzilganligi ko‘proq sabab bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan ocharchilik va salomatlikning zaiflashuvi - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lamlaridan ko‘ra, mamlakat qashshoqligining natijasidir. Tibbiy muassasalar, ularda xizmat qilayotgan xodimlarning yetishmasligi rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi uchun jiddiy muammo bo‘lib kelmoqda. 1990-2001 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda vrachlar soni har 10 ming kishi hisobiga 18, eng sust rivojlangan mamlakatlarda 5 nafarni tashkil etgan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa bu raqam 280 nafardir. Tibbiy hamshiralar, xuddi shu tartibda 85,26 va 780. Ayni paytda shuni ham e’tiborga olish kerakki, rivojlanayotgan mamlakatlarda vrachlarning aksariyati asosan aholining atigi 37%i (eng kam rivojlangan mamlakatlarda 23%i) yashaydigan shaharlarda istiqomat qiladi. Masalan, Hindistonda vrachlarning 80% i aholining atigi 30% i istiqomat qiluvchi shaharlarda faoliyat ko‘rsatadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling