Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Rivojlanayotgan mamlakatlarda turmush darajasining pastligi: uning tavsifi va asosiy
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- World Development Indicators 2001, Table 1,1; 4,2
Rivojlanayotgan mamlakatlarda turmush darajasining pastligi: uning tavsifi va asosiy sabablari 7 Eng kam rivojlangan mamlakatlar: Afg‘oniston, Angola, Bangladesh, Benin, Burkina Faso, Burundi, Kombodja, Kape-Verde, Markaziy Afrika respublikasi, Chad, Kamori, Kongo, Jibuti, Ekvatorial Gvineya, Efiopiya, Gambiya, Gvineya, Gvineya Bissau, Gaiti, Kiribati, Laos, Lisoto, Liberiya. Madagaskar, Malavi, Maldivi. Maliy, Mavritaniya, Mozambik. Myanma, Nepal, Niger, Ruanda, G‘arbiy Samoa, Siyerro-Leone, Solomon orollari. Somali, Sudan, Togo, Uganda, Tanzaniya, Vanuatu, Yaman, Zambiya, Butan, Eritreya, San-Tome, Prinsipi va Guala. Aholi turmush darajasining pastligi asosan quyidagilar bilan belgilanadi: - Oziq-ovqatni yetarlicha iste’mol qilmaslik; - aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning kamligi; - uy-joy sharoitlarining nobopligi; - yuqori darajadagi kasallanish; - ta’lim darajasining pastligi; - yuqori darajadagi bolalar o‘limi; - istiqbolning yo‘qligi va umidsizlik kayfiyati. Ana shu omillarning ba’zilariga murojaat qilaylik. 1. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad. 2000 yilda dunyodagi barcha mamlakatlarning umumiy yalpi ichki mahsuloti 31.493 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Shu jumladan: - Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 25.470 mlrd AQSH dollari; - rivojlanayotgan mamlakatlarda 5.803 mlrd AQSH dollari; - eng sust rivojlangan mamlakatlarda 123 mlrd AQSH dollari. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi nisbat 78,8% bilan 21,2% ni tashkil etadi, ya’ni dunyo aholisining qariyb 85%i jahon ishlab chiqarishining atigi 21,2%ga yaqin mahsulotini bergan. Aholi jon boshiga tug‘ri keladigan daromad xususida shuni aytish mumkinki, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu daromad sanoati rivojlangan mamlakatlarga qaraganda 13,1 marta, eng sust taraqqiy etgan mamlakatlarda 64 marta kam bo‘lgan. 2000 yilda ba’zi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bir yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan daromadlar (AQSH dollari hisobida). Lyuksemburg - 42930 Yaman - 360 Shveysariya - 38380 Nepal - 220 Yaponiya - 32030 Chad - 210 Norvegiya - 33470 Syerra-Leone - 130 Germaniya - 25620 Malavi - 180 AQSH - 31910 Burundi - 120 Avstriya - 25430 Efioliya - 100 Fransiya - 24170 Mozambik - 220 Manba: World Development Indicators 2001, Table 1,1; 4,2 Bu ko‘rsatkichlar tobora o‘sib borishga moyil. 1960 yildan 1985 yilgacha bo‘lgan davr ichida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlardagi farq uch hissa ko‘paydi: 5700 AQSH dollaridan 17 mingdan ko‘proq AQSH dollargacha yetib bordi. 1995 yilda 100 dan ortiq mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bundan 15 yil oldindagiga nisbatan kam bo‘ldi. Oqibati, ushbu mamlakatlar aholisining 1/4 qismidan ko‘prog‘i bundan 15 yil oldindagiga qaraganda yana ham qashshoqroq turmush kechirdi. Masalan, sobiq Ittifoqning ko‘pchilik mamlakatlarida, shu jumladan, Rossiyada ham yalpi milliy mahsulot 1985-95 yillar orasida amalda 40% gacha kamaydi va buning oqibatida shaxsiy iste’mol keskin ravishda ozaydi. Daromad darajasi past bo‘lgan 60dan ko‘proq mamlakatda bu ko‘rsatkich keyingi 15 yil ichida har yili 1%ga kamaygan. Hozirgi kunda Afrikada aholi jon boshiga hisoblaganda iste’mol 1980 yildagiga nisbatan 20% kamaygan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling