Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Milliy daromad taqsimoti Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlikning yana ham kengroq tarqalishi va kuchayishiga olib keluvchi omil kam taraqqiy etgan alohida bir mamlakat ichkarisida boylar bilan kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut tobora o‘sib borishidan ham iboratdir. Ayni paytda aholi jon boshiga tushadigan daromad darajasi bilan olinadigan daromadlarning tengsizlik darajasi o‘rtasida o‘zaro nisbat yoki korrelatsiya yo‘qligi e’tiborga loyiqdir. Lotin Amerikasi, Janubiy Koreya va Tayvanda daromadlar taqsimoti (Jini koeffitsiyenti bo‘yicha) 8 Mamlakatlar 1970-1980 1990-2000 Argentina (Buenos Ayres) 0,39 0,46 Boliviya (shaharlar) 0,48 0,52 Braziliya 0,57 0,63 Chili 0,53 0,53 Kolumbiya (shaharlar) 0,58 0,52 Meksika 0,51 0,55 Peru (Lima) 0,43 0,44 Urugvay 0,45 0,42 Venesuela 0,51 0,50 Janubiy Koreya 0,39 0,34 Tayvan 0,30 0,33 Masalan, Peruni Turkiya bilan solishtirib ko‘rganda shu narsa ayon bo‘ladiki, 1990-2000 yillarda har ikkalasida ham aholi jon boshiga tushadigan daromad deyarli bir xil bo‘lgani holda, Peruda aholining kattagina qismi o‘rtasidagi qashshoqlik darajasi Turkiyadagiga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan (15%ga qarshi 44%). Bundan shu narsa kelib chiqadiki, iqtisodiy rivojlanishni yolg‘iz umumiy daromadlarning yoxud aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sish darajasi va sur’atlariga qarab belgilab bo‘lmaydi; bunda shu daromadlar mamlakat aholisi o‘rtasida qay tarzda taqsimlanishini, ya’ni bu rivojlanishdan kimlar ko‘proq manfaat ko‘rishini ham hisobga olish kerak. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling