Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


JAHONDA ANIQLANILGAN GAZ ZAXIRASINI TAQSIMLANISHI(%HISOBIDA)


Download 1.28 Mb.
bet18/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

JAHONDA ANIQLANILGAN GAZ ZAXIRASINI TAQSIMLANISHI(%HISOBIDA)



Ko’mir sanoati jahonda yiliga 60 dan ortiq mamlakatda 5,1 mlrd.t. ko’mir qazib olinadi. Energetik qiymatiga ko’ra ko’mir quyidagi xillarga bo’linadi: antrosit, toshko’mir, lignit, qo’g’ir ko’mir, briket. Jahonda ko’mir qazib olishda 1-o’nlik davlatlari:
1.Xitoy (1,164 mln.t.) 6.Avstraliya
2.AQSH (930 mln.t.) 7.Polsha
3.Rossiya (280) 8.JAR
4.Hindiston 9.Qozog’iston
5.GFR 10.Ukraina.
Jahonda ko’mirning asosiy havzalari: Appalachi, Donbass, Kuzbass, Yuqori Sileziya, Rur, Fushun, Kansk-Ochinsk, Vitvatersrand, Ekibastuz, Qarag’anda, Damadar.
Ko’mirning asosiy eksportchilari: AQSH, Avstraliya, JAR.
Importchilari: Yuponiya, Horijiy Yevropa davlatlari.
Ko’mir sanoatining asosiy xususiyati ko’mir qazib olish va undan foydalanishning asosiy qismi iqtisodiy rivojlangan davlatlarda to’planganligi.Ko’mir qaysi mamlakatda qazib olinsa, o’sha joyda iste’mol qilinadi. Ko’mirning 1/10 qismi jahon bozoriga chiqariladi.
Elektr energetika sanoati. FTI davrida elektronlashtirish va kompleks avtomatlashtirish yuqori sur’at bilan o’smoqda. Jahonda hosil qilinayotgan elektr energiyasini 63 % ini IES (TES)lar beradi. Odatda IESlar ko’mir havzalari yoki yoqilg’i manbalariga yaqin joylashtiriladi. IESlarni elektr energiyasidan tashqari issiqlik ham beruvchilarini IEM (TETS) lar deyiladi. IEM lar issiq suv ham beradi, lekin 20 km.dan uzoqqa yuborib bo’lmaydi. IEMlar yirik sanoat markazi va shaharlarda barpo qilinadi.
Jahonda GESlar ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 20%ga yaqinini beradi. Lekin ularning salmog’i asta pasayib bormoqda. Kaskadli GESlar(Chirchiq-Bo’zsuv, Tinnesi, Sevan) energetika rayonlarini vujudga keltiradi. Eng yirik GESlar: Itayku (Braziliya 12,5mln.kVt. soat ), Shushensk, Norak, Rogun, Chorvoq.
AESlar energiya ishlab chiqarishdagi salmog’iga ko’ra jahonda 3-o’rinda turadi. Uning salmog’i 17%. AESlar salmog’i 60-80 yillarda tez o’sgan, hozirda esa sekin o’smoqda. Ekologik jihatidan toza. Dunyoda 1985 yil 25 mamlakatda 300 dan ortiq AESlar bor. 1 kg.uran yonganda-2,5 ming t. ko’mir yonganda beradigan energiyani beradi. Dunyodagi 1-AES-Obinsk AESi Moskva oblastida qurilgan (1953y).
Lekin turli davlatlarda ES salmog’i turlicha. Masalan: Polsha va JARda asosan energiyani IESlar, Norvegiyada GESlar, Fransiyada esa AESlar (3/4qismi) beradi.
Elektr energiyasi dunyo bo’yicha 15,6 trln.kVt/soat (2005) ishlab chiqaradi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar:
1.AQSH (3,9 trln.kVt/s.) 6.Germaniya (560 mln.kVt/s)
2. Xitoy (2,2 trln.kVt/s) 7. Hindiston (560 mln.kVt/s)
3 Yaponiya (1,1 trln.kVt/s). 8. Fransiya ( 540 mln.kVt/s)
4.Rossiya (940 mln.kVt/s) 9.Buyuk Britaniya (370 mln.kVt/s)
5.Kanada (570 mln.kVt/s) 10.Braziliya (360 mln.kVt/s).
Mazkur birinchi o’nlik davlatlari jahonda hosil qilinayotgan elektr energiyasini 72 % ini ishlab chiqaradi (2005-y).
AESlar salmog’i o’syapti.1980 yillarda kapitalistik davlatlarda yiliga 50000 t. uran qazib olingan, buning 1/3 qismi AQSHda. Uran qazib olishda etakchi davlatlar: AQSH, Kanada, JAR, Niger, Namibiya, Fransiya. Eron va Hindistonda Rossiya AESlar qurishga yordam bermoqda. AESlarda yoqilg’i transporti harajati arzon, lekin suv ko’p kerak bo’lgani uchun AESlar daryo va dengiz bo’yiga quriladi.
16 kg. Uran = 5 mln.dollar
1 kg. Uran = 312,5ming dollar. (2004-y).
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda farq juda yuqori, ayniqsa, aholi jon boshiga hisoblaganda. Masalan: Norvegiyada (aholisi 4,5 mln kishi)-26 ming kVt/s, Kanadada-17000kVt/s, Shveysariyada-14000kVt/s, AQSH da-11000kVt/s, Janubiy Osiyoning ayrim davlatlarida-40-50kVt/s, Afrikada-10-15kVt/s, O’zbekistonda-1840kVt/s.
O’zbekistonda 1997 yil 46 mlrd.kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Eksport qiluvchilar: Rossiya, Ukraina, Fransiya, Kanada, Shveysariya.
Import qiluvchilar: AQSH, Italiya, Niderlandiya. Energiyaning nomoddiy manbalari. Neftning qimmatlashishi energiyaning yangi turlariga qiziqishni oshirdi. Yerning issiqlik energiyasidan 2 xil foydalaniladi:
1.Uylarni, issiqxona, suv havzalarini isitish uchun;
2.Geotermal IESlar. Dunyoda dastlab Italiyada qurilgan.
Geo IESlar AQSH (Geyzerlar vodiysida, Kaliforniya), Fillipin, Meksika, Italiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Rossiya kabi davlatlarda qurilgan.
Suv qalqish energiyasi. PES (QES). Rossiyada (Oq dengiz Kandalaksha (12m.)), AQSH (Fandi-19m.), Xitoy, Kanada kabi davlatlarda qurilgan.
Quyoshdan QES (SES)larda elektr energiyasi olinadi. bu sohada – AQSH, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Ukraina, O’zbekiston kabi davlatlar ajralib turadi.
Kichik-kichik shamol ES yuzlab mamlakatlarda bor. Jahon xo’jaligini mineral xom-ashyo bilan ta’minlanishi 1-galda tog’-kon sanoatiga bog’liq. Mazkur sanoat mahsulotining 2/3 qismini MDH, AQSH, Xitoy, Kanada, Avstraliya va JAR beradi. 1970 yillardagi jahon mineral xom-ashyo xo’jaligidagi krizisdan so’ng G’arb davlatlarida xom-ashyoni tejash va iqtisod qilishga o’tildi. Natijada Kanada, Avstraliya, JAR va Afrika davlatlarining mavqei o’sdi.
Masalan: Kanada jahonda uran, Ni, Zn, Ph, Te, Mo, Au, Ag, Ti, K, asbest, S eksport qilishda etakchi. JAR esa Pt, Au, Mr, xromit, olmos, uran.
Energetika krizisi, avvalo, neft burxonida yaqqol ko’rindi. Chunki jahonda neftning narxi 15-20 barobar ko’tarilib ketdi. Buning bosh sababi: neft qazib oluvchi rayonlarda tog’-geoglogik sharoitlarini noqulayligi, shimoliy o’lkalarda neft qazib olinishi, neftni materik shelfidan qazib olinishi va h.k.
Energetika krizisi energiyaning noodatiy (alternativ) manbalariga bo’lgan qiziqishni oshirdi.Masalan: geotermal, qalqish, shamol, quyoshenergiyalari, shuningdek, generatorlar MGR.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling