Javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning moliyaviy va nomoliyaviy mezonlari
Download 155.74 Kb.
|
JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI
1.Javobgarlik markazlari turlari
Javobgarlik markazlari – xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir alohida olingan bo‘g‘inlari (bo‘lim, uchastka, tsex, texnolagik liniya va shu kabilar) bo‘yicha boshliqlarining (menejerlarining) shaxsiy mas’uliyatlarini va javobgarligini belgilab berish tushuniladi Rivojlangan bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlar amaliyotida javobgarlik markazlarining quyidagi 4 ta turi alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1. Xarajatlar markazi. 2. Tushum markazi (Sotish markazi). 3. Foyda markazi. 4. Investitsiya markazi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish borasidagi vakolatlari bo‘yicha xarajatlar markazi rahbarining ham, tushum markazi rahbarining ham imkoniyatlari cheklangan. Xarajatlar markazi rahbari aynan o‘z bo‘limidagi xarajatlarning sarfi uchun javob beradi, yakuniy natijaning shakllanishi va uning taqsimotini esa boshqalar amalga oshiradi. Xuddi shuningdek, tushum markazi rahbari sotuv hajmi uchun javob beradi, lekin, ishlab chiqarish jarayoniga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sotuv bahosini belgilashga aralasha olmaydi. Mabodo, ana shu jarayonlarning bir nechtasi birlashtirilsa, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish hamda bevosita uni haridorlarga sotish birlashtirilsa, shunday tarzda tashkil qilingan markazning mahsulot sotishdan kutilayotgan oxirgi moliyaviy natija uchun motivatsiyasi kuchayadi. Bunday markaz rahbarlari mahsulotni ishlab chqarishdan oldin u qancha bahoga ketishi mumkin, bozorda unga talab qay yo‘sinda tashkil topgan, bahoni qay darajada belgilagan ma’qul va sotuvdan tushgan tushum miqdori ma’qulmi-yo‘qmi, degan savollarning barchasini oldindan puxta tarzda o‘ylab, keyin ishlarini rejalashtiradi. Shu tarzda tashkil qilingan hamda rahbarlari ham ishlab chiqarish xarajatlari hamda sotish hajmi uchun bevosita javobgarligi belgilagan markaz turi - foyda markazi, deb hisobga olinadi. Demak, foyda markazi rahbari xarajatlar va foyda uchunjavob beradi. Foyda markazida rahbar daromad uchun, shuningdek, xarajatlar miqdori uchun javob beradi – shulardan kelib chiqib, sotish hajmini, bahoni, xarajat kabi ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi. Foyda markazi, o‘z navbatida, bir nechta xarajatlar markazidan tashkil topishi mumkin. Foyda markazini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek rajalashtirilgan foyda olish byudjeti ko‘rsatkichlari yordamida boshqarish mumkin Download 155.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling