Jazodan ozod qilishning turlari


Mahkumning belgilangan jazo turlari uchun o`rnatilgan tartib qoida talablarini bajarishi deganda


Download 190 Kb.
bet11/15
Sana14.03.2023
Hajmi190 Kb.
#1267928
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.

Mahkumning belgilangan jazo turlari uchun o`rnatilgan tartib qoida talablarini bajarishi deganda, uning mehnat faoliyati, tartibni buzgan yoki buzmaganligi, ichki tartib qoidalarni buzuvchilarga qarshi kurash va umuman, jamoat faoliyatida faol ishtirok etganligi tushiniladi.
Mehnatga halol munosabat esa hammadan ilgari mahkumning jazoni o`tash muassasalarida tashkil etilgan mehnat faoliyatida o`z xohishi bilan faol ishtirok etishi bilan belgilanadi. Bunday munosabat mahkumning ishlab chiqarishda, qishloq xo`jaligida, xo`jalik ishida, koloniya xuddudidagi obodonchilik ishida va boshqa turli ijtimoiy foydali ishlarni halol bajarishida ifodalanadi. Mehnatga halol munosabati shuningdek,, mahkumning ma`lum xunar o`rganishi, o`z malakasini oshirishga, shuningdek, ratsionalizatorlik, kashfiyotchilikka intilishi, mehnat musobaqalarida qatnashishi va ish tajribalarini boshqalarga o`rgatishi bilan xususiyatlanadi.
Mahkumning tuzalganligi masalasini hal qilishda uning jamiyat xayotiga munosabati, yetkazilgan zararni tezroq qoplash uchun harakat qilishi ham e`tiborga olinadi. Bu jinoyatning xususiyati va mahkumning shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Intizomiy qismga jo`natish jazosiga mahkum qilinganlar, agar yaxshi xulq atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun sud tomonidan tayinlangan jazo muddatini uchdan bir qismini o`tagandan so`ng intizomiy qism komandirining buyrug`i bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo`shiladi va umumiy jazo muddatining kamida yarmini o`tagandan so`ng jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishga taqdim etilishi mumkin.3[146]
Yuqorida belgilangan jazo muddatini o`tab bo`lgandan so`ng mahkumlar bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma`muriyati uni jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga taqdim etish haqidagi masalani ko`rib chiqishi va bu haqda qaror chiqarishi lozim. Ma`muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning o`zi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga ko`ra sud tomonidan amalga oshiriladi. 4[147]
Agar sud muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad etsa, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab olti oy o`tgandan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin.
Agar jazoni o`tashdan muddatidan ilgari ozod qilish to`g`risidagi taqdimnoma alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalliklaridan majburiy davolanish qo`llanilgan muxkumlarga nisbatan berilganda, sud mazkur ishni ko`rib chiqishda bunday shaxslarga nisbatan tayinlangan davolash kursining o`talganligini aniqlashi zarur.
Qonunda belgilangan darajada shaxsning axloqan tuzalganligiga ishonch xosil qilgan sud qonunda ko`rsatilmagan motivlarga ko`ra uni jazoni o`tashdan muddatidan ilgari masalan, sud belgilagan jazoning yengilligi, sodir etilgan jinoyatlarning ko`pligi, jazoni o`tashda qisqa muddatda bo`lganligi va xokazolarni ro`kach qilib shartli ozod qilishga monelik qilishga xaqli emas.
Jazodan shartli ozod qilish masalasi, hukm chiqarish vaqtida amalda bo`lgan jinoyat qonuni bilan emas, balki, ushbu masala ko`rilayotgan vaqtda amalda bo`lgan jinoyat qonuni asosida hal qilinadi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasini ko`rayotganda sud jazoning o`talmay qolgan qismini almashtirishga yoki qisqartirishga xaqli emas. Sud mahkumni ozod qilishi yoki ozod qilishni rad etishi mumkin. Zarur hollarda bu masalani kerakli ma`lumotlar olish uchuun keyinga qoldirishi ham mumkin.
Ayrim shaxslarga nisbatan ushbu jazodan ozod qilish turi qo`llanilmaydi. Jinoyat kodeksi 73-moddasi 4-qismiga ko`ra ushbu shaxslar doirasiga:

  1. 1) o`lim jazosi avf etish tariqasida ozodlikdan mahrum ettish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar;

  2. 2) o`ta xavfli retsidivistlar;

  3. 3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari;

  4. 4) javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o`ldirish, o`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan jaabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo`rlik ishlatib, jinsiy extiyojni gayritabiy ususlda qondirish, O`zbekiston Respublikasiga tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, yadroviy, kimyoviy biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg`in qurollarini, shunday qirgin qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo`lgan materiallar va uskunalarni , giyohvandlik vositalari yoki psixatrop moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek, giyohvandlik moddalari va psixatrop moddalarni ko`p miqdorda g`ayriqonuniy ravishda sotish uchun jazoga hukm qilingan shaxslarga.

  5. 5) jazoni o`tash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar kiradi.

Jinoyat kodeksi 73-moddasidan jazoni o`tashdan muddatidan avval shartli ozod qilish faqat asosiy jazolarga nisbatan ko`llanishi mumkin degan xulosa kelib chiqadi. kodeksda qo`shimcha jazodan ham muddatidan ilgari ozod qilish mumkinligi xaqida xech qanday fikr berilmagan.
Shaxsning o`talmagan muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmasligi uning jazodan uzul kesil ozod bo`lishining sharti ekanligi munosabati bilan mazkur jazoning o`talmay qolgan muddati shaxs uchun sinov muddati deb topiladi. Sinov muddatining hisobi tayinlangan jazoning xususiyatlariga bogliq ravishda amalga oshiriladi. Demak, agar shaxsga asosiy jazo tayinlangan bo`lsa-yu, unga jazoni o`tash muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo`llanilganda, sinov muddati jazoning o`talmay qolgan qismiga teng bo`lishi kerak. Agar asosiy jazo bilan birga qo`shimcha jazoga ham mahkum etilgan bo`lsa, u holda sinov muddati ikki xil usulda hisoblanishi mumkin. Birinchisi, o`talmay qolgan asosiy jazo qismi qo`shimcha jazo muddatidan qo`proq bo`lganda qo`llaniladi. Sinov muddati asosiy jazoning o`talmay qolgan qismi muddatiga teng bo`ladi. Ikkinchisi, qo`shimcha jazo o`talmay qolgan asosiy jazo qismidan ko`proq bo`lgan hollarda qo`llaniladi. Bunday holatlarda sinov muddatini hisoblash uchun uning qo`shimcha jazo muddatiga tengligidan kelib chiqish kerak. Sinov muddatining davom etishi jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to`gisida qaror chiqqan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shartli ravishda ozod qilingan shaxs jazoning o`talmay qolgan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksi 60-moddasiga muvofiq bir necha hukmlar yuzasidan jazo tayinlanadi.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling