Jazodan ozod qilishning turlari


Download 190 Kb.
bet8/15
Sana14.03.2023
Hajmi190 Kb.
#1267928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.

5. Shartli hukm qilish

Shartli hukm qilish – sudning aybdorga ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo`natish, xizmat bo`yicha cheklash yoki ahlok tuzatish ishlari jazolaridan biri tayinlash vaqtida ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e`tiborga olib, bu jazoning o`tashi maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelsa, qonunda ko`rsatilgan shartlar mavjud bo`lganda aybdorga bu jazoni shartli ravishda qo`llanmasligi xaqida qaror chiqarishidan iborat.
Ko`pchilik olimlar shartli jazo beligilashni jazodan ozod qilishning alohida bir turi deb hisoblaydilar. Ba`zilari esa shartli jazo belgilashni jazoni o`tashning alohida bir turi deb hisoblaydilar, ba`zilari hukmni ijro etishning alohida tartibi deb ko`rsatadilar. Ayrim mutaxassislar esa shartli jazo belgilash jazoning ijrosini kechiktirishdir, degan fikrni ilgari suradilar.
Bu institutni jazodan ozod qilishning boshqa institutlari bilan taqqoslaganimizda ular o`rtasida umumiy xususiyatlar mavjudligini ko`ramiz. Jazodan ozod qilishning barcha holatlarida, shuningdek, shartli jazo belgilashda ham aybdor jazoni faktik jihatdan o`tamaydi. Jazodan ozod qilishning boshqa turlari kabi shartli jazo belgilash ham umumiy ta`sir chorasi bo`lib hisoblanadi.
Shartli jazo belgilash jazodan ozod qilishning boshqa turlaridan:
birinchidan, sud tomonidan shartli ravishda jazo belgilanishi;
ikkinchidan, mahkumning jazodan qisman emas (jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) balki, to`liq ozod qilinishi;
uchnchidan, sud mahkumning oldiga jazoning shartliligini bekor qilishi mumkin bo`lgan muayyan talablarni qo`yish bilan farqlanadi.
Shartli hukmning yuridik tabiatini belgilash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bu – shartli hukmning moxiyatini ochib berishga, uni qo`llash asoslarini hamda shartli hukm qilingan shaxsni sinov muddati davrida bajarishi va amal qilishi zarur bo`lgan shartlarni belgilashga yordam beradi.
Jinoyat kodeksiga muvofiq shartli jazo belgilash-o`z tabiatiga ko`ra aybdorni sud tomonidan tayinlangan jazoni real o`tashdan shartli ozod qilishdir. Shartli jazo belgilashning maqsadi mahkumni sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o`tamasdan tuzatish va qayta tarbiyalashdan iborat.
Shartli jazo belgilashda sud shaxsni ma`lum jinoyatni sodir qilishda aybli deb topadi va unga jazo tayinlaydi, lekin shuning bilan birga ishdagi holatlarni hamda aybdorning shaxsini e`tiborga olib, bu jazoni o`tashi maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Shartli hukm qilishda sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, aybdorning shaxsini, javobgarlikni og`irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olishi lozim.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, shartli ravishda jazo tayinlash uchun obyektiv va subyektiv asoslar bo`lishi lozim.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling