Jazodan ozod qilishning turlari
Aybdorning o`z qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Download 190 Kb.
|
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aybdorning o`z qilmishiga chin ko`ngilandan pushaymon bo`lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish deganda
Aybdorning o`z qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish.
Jinoyat kodeksi 71-moddasiga muvofiq, agar ijtmoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat sodir etgandan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etib, o`z ixiyori bilan aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilgan bo`lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. Aybdorning o`z qilmishiga chin ko`ngilandan pushaymon bo`lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish deganda, jinoyat sodir etgan shaxsning zararni qoplash va huquqni muxofaza qilish organlariga jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxslarni qidirib topishga yordam berishga qaratilgan faol hulqi tushiniladi. Aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilish chin ko`ngildan pushaymon bo`lishning tarkibiy qismi sifatida, shaxsning o`z xohishi bilan hech qanday zo`rlashlarsiz tegishli huquqni muxofaza qiluvchi organlarga og`zaki yoki yozma tartibda murojaat qilishida ifodalanadi. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish chin ko`ngildan pushaymon bo`lishning bir turi sifatida quyidagilarni anglatadi: 1) jinoyat natijasida talon taroj qiligan mulkka o`xshash mulkni qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish, yoxud uni tergov organiga ixtiyoriy tarzda qaytarish; 2) jinoyat tufayli ko`rilgan zararni pul ko`rinishida qaytarish; 3) jabrlanuvchining jinoyat tufayli zarar yetkazilgan mulkini o`z kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirish (masalan, jinoyat ishi qo`zg`atilgan tarnsport xodisasi tufayli zarar ko`rgan avtomobilni tamirlash). Xaqorat bo`yicha qo`zg`atilagan jinoyat ishida ma`naviy zararni undirish, jabrlanuvchidan uzr so`rash orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar ommaviy axborot vositalari orqali so`ralgan bo`lsa, katta samara beradi. O`zbekiston Respublikasi yangi Fuqarolik kodeksida manaviy zararni pul shaklida qoplash ham belgilangan. Yetkazilgan jismoniy zarar ham pul ko`rinishida qoplanishi mumkin. Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog`lig`iga shikast yetkazib, uning davolanishi, ozoq-ovqati, unga qarash uchun ketgan harajatlarni, sanotoriyaga yo`llanma harajatlarini qoplagan, shuniingdek, jabrlanuvchining oila-a`zolariga moddiy yordam bergan hollarda ham chin ko`ngildan pushaymon bo`lishning belgilari mavjud bo`ladi. Bunday holatda moddiy zararning, shuningdek,, jismoniy va manaviy zararning qoplanganligi hisobga olinadi. Jinoyat kodeksi 71-moddasi 2-qismida boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma azosi bo`lgan shaxs, basharti, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo`lsa, shaxsan o`zi yoki uning vakili xokimiyat organiga o`z ixtiyori bilan kelib qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lsa va jinoyatning oldindani olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam bergan bo`lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. Mazkur turdagi jazodan ozod qilishni qo`llash uchun: a) ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik; b) chin ko`ngildan pushaymon bo`lganlik; v) shaxsning og`ir yoki o`ta og`ir jinoyatni sodir etishda bevosita qatnashmaganlik; g) jinoyatning oldindani olish, jinoyatni ochishda yordam berganlik; d) jinoyat tashkilotchilari yoki boshqa ishtirokchilarni fosh qilishga yordam berganligi asos bo`lib hisoblanadi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling