Jazodan ozod qilishning turlari
Download 190 Kb.
|
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jazodan ozod qilish tushunchasi Jinoiy jazodan ozod qilish jinoyat sodir qilishda aybdor deb
Mavzu: Jazodan ozod qilishning turlari. Reja: Jazodan ozod qilish tushunchasi Jazoni ijro etish muddati o`tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo`qotganlgi munosabati bilan jazodan ozod qilish Aybdorning o`z qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo`qotganligi tufayli jazodan ozod qilish Amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish Jazodan ozod qilish tushunchasi Jinoiy jazodan ozod qilish jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilgan va vositalar bilan jazo maqsadlariga erishish imkoniyati mavjud bo`lsada, jazoni o`tashni davom ettirishdan davlatning voz kechishidir. Yoki boshqacha aytganda jazodan ozod qilish deganda, aybdorni aynan sud hukmi bilan tayinlanadigan jazodan ozod qilish tushuniladi. Jazodan ozod qilish jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qoidasining tarkibiy qismi bo`lib, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning bir shakli sifatida jazodan ozod qilishni taqazo etadi. Jinoiy jazodan ozod qilishni uchga bo`lish mumkin: 1) jinoiy jazodan to`liq ozod qilish 2) jinoiy jazodan qisman ozod qilish 3) jinoiy jazodan to`liq yoki qisman ozod qilish Jinoiy jazodan to`liq ozod qilishda sud ayblov hukmida jazo turini belgilaydi va belgilangan jazoni ijro etmaslikka qaror qiladi. Bu turga jazoni ijro etish mudatining o`tib ketganligi (69-modda), shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo`qotganligi (70-modda), aybdorning chin ko`ngildan pushaymon bo`lganligi (71-modda), shartli jazo belgilash (72-modda) kabi jazodan ozod qilish turlari kiradi. Jinoiy jazodan ozod qilishning ikkinchi turida esa, mahkum sud belgilagan jazoning bir qismini o`taydi yoki belgilangan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. Bunga: muddatidan ilgari shartli ozod qilish (73-modda), jazoni yengilrog`i bilan almashtirish (74-modda) kiradi. Kasallik yoxud mehnat qobiliyatining yo`qotishi (73-modda), amnistiya va avf etish asosida jazodan ozod qilishda mahkum jazodan to`la yoki qisman ham ozod qilinishi yoxud jazo chorasi yengilrog`i bilan almashtirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu asoslarni jazodan ozod qilishning ikkali turga ham kiritish mumkin. Bundan tashqari jinoiy jazdan ozod qilish shartsiz yoki shartli, JK Maxsus qismi moddasida ko`rsatilgan asosga ko`ra ham bo`lishi mumkin Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko`ra (jazoni o`tash muddatidan ilgari jazodan ozod qilish) jazodan ozod qilishdan tashqari boshqa asoslarga ko`ra jazodan ozod qilish turlari jazodan shartsiz ozod qilish hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi: birinchidan, qo`llanish asosiga ko`ra. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish umumiy qoida bo`yicha faqat ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo`llanilsa, jinoiy jazodan ozod qilishda jinoyatning tasnifi (og`irlilik darajasi)ga qat`iy bog`liq emas. ikkinchidan, subyektiga ko`ra, - jinoyat protsessi ishtirokchisi tomonidan jinoiy javobganlikdan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan esa faqat mahkum shuningdek,, sud hukmi e`lon qilingan shaxs ozod qilinishi mumkin. uchinchidan, jinoiy javobgarlikdan shaxs nafaqat sud tomonidan, balki, surishtiruv, tergov va prokratura organlari tomonidan jinoiy ishni dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi bo`lmay turib, ya`ni jinoyat ishini qo`zg`atishdan oldindan ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa faqat sud qarori bilan (jinoiy jazodan ozod qilib sud hukmini chiqarish, jinoyat ishni tugatish to`g`risidagi ajrim yoki qaror) amalga oshiriladi. to`rtinchidan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning jinoiy jazodan ozod qilishdan yana bir asosiy farqi ayblanuvchi shaxsi bilan bog`liq bo`lgan jinoyat huquqiy oqibatdir. Masalan, takroran jinoyat sodir etish yoki jinoyatlar majmui shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etganda va ular uchun sudlanmagan hollarda huquqiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu bilan birga shaxs muayyan shartlar asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganda ham sudlanmagan hisoblanadi. Jinoiy jazodan ozod qilish sud hukmida tayinlangan jazodan to`liq yoki qisman ozod qilish hisoblanib, bunda sudlanganlik holati saqlanib qoladi. Jinoyat kodeksining 65, 66, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan ilgari sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan va jazodan ozod qilingan shaxs takroran jinoyat sodir etish yoki ilgari ham qasddan jinoyat sodir eganlik uchun sudlangandan so`ng yangi jinoyat sodir etsa bu holat jazoni og`irlashtiruvchi holat hisoblanmaydi. Bundan ko`rinib turibdiki, jinoiy jazodan ozod qilish sudlanganlik oqibatini bekor qilmaydi.1[144] Jinoiy jazodan ozod qilishni muayyan shartlar mavjud bo`lgandagina qo`llash mumkin. Uni qo`llash asoslaridan biri jinoiy jazoni qo`llashning maqsadga muvofiq emasligidir. Ayni bitta asos ishni qaysi bosqichida qo`llanilayotganligiga qarab, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga ham jazodan ozod qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo`lib, u shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun, sud hukmi chiqarilganidan so`ng asosiy va qo`shimcha jozodan ozod qilish uchun tadbiq etiladi. Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko`rsatilgan: 1) jazo mudatining o`tib ketganligi munosabati bilan jinoiy javobgarikdan ozod qilish (69-modda); 2) shaxsning ijtiomoiy xavflilik xususiyatini yo`qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (70- modda) ; 3) aybdor o`z qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (71-modda); 4) shartli hukm qilish (72-modda); 5) jazoni o`tashdan muddatidan oldindan ozod qilish (73-modda); 6) jazoni yengilrog`i bilan almashtirish (74-modda); 7) kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo`qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish (75-modda); 8) amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish (76-modda). Bundan tashqari jinoiy jazodan ozod qilishning yana bir alohida turi mavjud bo`lib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismida jinoiy jazodan ozod qilish asosi ko`rsatilgan bo`lsa, shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish mumkiin bo`ladi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling