Jazodan ozod qilishning turlari
Jazoni ijro etishdan bo`yin tovlash deganda
Download 190 Kb.
|
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.
Jazoni ijro etishdan bo`yin tovlash deganda, tayinlangan jazoni ijro etishdan qochishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakat tushuniladi. Jazoni ijro etishdan bo`yin tovlash, yangi jinoyat tarkibini tashkil qilmaydigan harkatlardan iborat bo`lishi kerak.
Jinoyat kodeksi 69-moddasiga muvofiq sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab: 1) uch yildan ortiq bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazoga hukm qilinganda - uch yil; 2) besh yildan ortiq bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – besh yil; 2) o`n yildan ortiq bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o`n yil; 3) o`n yildan ortiq bo`lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o`n besh yil ichida jazo ijro etmagan bo`lsa, mahkum asosiy va qo`shimcha jazolardan ozod qilinadi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksida umumiy muddat ham belgilangan bo`lib, agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o`tgan bo`lsa, jazoni ijro etish mumkin emas. Bu muddatning o`tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Muddat o`tishining quyidagi shartlari mavjud: 1) sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi; 2) shaxsninng jazoni o`tashdan bo`yin tovlamaganligi; 3) bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmaganligi. Agar mahkum jazoni o`tashdan bo`yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko`payadi va jazoni o`tashdan bo`yin tovlangan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi lozim. Shaxs muddat o`tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi. O`lim jazosiga mahkum qilingan shaxsni jazodan ozod qilish masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddati o`tishi lozim deb topmasa, o`lim jazosi o`rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlaydi. Agar shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir egan bo`lsa: urushni targ`ib qilish (150-m); agressiya (151-m); urushning qonun va udumlarini buzish(152-m); genotsid (153-m), yollanish (154-m); terrorizm (155-m); milliy, irqiy yoki diniy adovat qo`zg`atish (156-m) jazodan ozod qilish muddati qo`llanilmaydi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling