Jazodan ozod qilishning turlari


Download 190 Kb.
bet9/15
Sana14.03.2023
Hajmi190 Kb.
#1267928
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.

Obyektiv asos bu sodir etilgan jinoyatning o`z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, usuli va oqibati bo`yicha og`ir bo`lmasligidir.
Subyektiv asos aybdorning shaxsiy xususiyatlari va sodir etilgan jinoyatni xususiyatlovchi subyektiv xususiyatlari, yani aybdorning uncha ijtimoiy xavfli emasligini tasdiqlovchi holatlar yig`indisidan iboratdir.
Aybdorning shaxsiga baho berishda uni jinoyat sodir etishga undagan xulq atvori, turmush va ishdagi axloqi hamda o`z jinoyatiga so`ngi munosabati (aybini bo`yniga olish, yetkazilgan zararni to`lashi va boshqalar) e`tiborga olinadi.
Jinoyat kodeksi shartli jazo belgilanishi mumkin bo`lgan jinoyatlar va shaxslar doirasini chegaralaydi. O`ta og`ir jinoyati uchun jazoga hukm qilinganlarga, shuningdek, ilgari qasddan sodir etgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan shartli jazo belgilash qo`llanilmaydi. Jinoyat kodeksi ijtimoiy adolat prinsipidan kelib chiqib, o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, oltmish yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan o`ta og`ir jinoyat sodir etgan holda ham shartli jazo beligilash mumkinligi mustahkamlangan.
Shartli jazo belgilashda sinov muddati jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi hamda mahkumga tayinlangan jazoning miqdoriga qarab sud tomonidan bir yildan uch yilgacha belgilanadi. Sinov muddatining asosiy mohiyati va ahamiyati mahkumga jazoni o`tamasdan tuzalishi, o`zini jamoat oldida oqlashi uchun vaqt va imkoniyat berishdir. Agar shu muddat ichida mahkum ishonchni oqlasa, sinov shartlarini bajarib tuzalganligini isbotlasa, unga tayinlangan jazoni o`tashdan ozod bo`ladi va sudlanmagan hisoblanadi. Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Shartli jazo belgilash to`g`risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi. Jinoyat kodeksi 72-moddasi 3-qismiga muvofiq sud shartli jazo belgilashi bilan bir qatorda aybdorga bir qator majburiyatlarni: yetkazilgan zararni bartaraf etish, ishga yoki o`qishga kirish, yashash joyi yoki o`qishini o`zgartirsa, bu xakda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turishi, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlar ro`yxatidan o`tib turishi, muayyan joylarda bo`lmaslik, muayyan vaktda yashash joyida bo`lishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o`tashi kabi yuklashi mumkin.
Shartli hukm qilinganlar ustidan nazoratni ichki ishlar organlari va harbiy xizmatchilar ustidan harbiy qism yoki muassasa qo`mondonligi amalga oshiradi. Jazoni ijro qilish inspeksiyasi shartli hukm qilingan shaxslarni ro`yxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishini nazorat qilib boradilar. Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda jazolarni ijro qilish inspeksiyasi sud hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat o`tash joyida uning xulq atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari bo`yicha tegishli bo`limga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qo`mondonligi o`n kunlik muddat ichida mahkum ro`yxatga olinganligi to`g`risida, xizmatni tugatgandan keyin esa, jo`nab ketganligi to`g`risida jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar beradi.
Shartli hukm qilingan shaxsning xulq atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni to`liq yoki qisman bekor qilish to`g`risida sudga taqdimnoma kiritishga xaqlidir.
Mahkum zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo`yin tovlagan yoki ma`muriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat huquqiy ta`sir chorasini bekor qilishi hamda hukmda tayinlangan jazo chorasini ijro etish to`g`risida taqdimnoma kiritishi mumkin. Sud ushbu taqdimnomaga asosan shartli jazoni bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to`g`risida ajrim chiqarishi mumkin.
Agar shartli hukm qilingan mahkum sinov muddati o`tmay turib, yangi jinoyat sodir etsa, unga bir necha hukm yuzasidan Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq jazo tayinlanadi. Sud yangi hukm bo`yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o`talmay qolgan jazo muddatini to`la yoki qisman qo`shadi.
Shartli hukm qilish to`g`risidagi sud hukmining kuchga kirishi bilan sinov muddati davomida mahkum sudlangan deb topiladi. Agar sinov muddati davomida mahkum yangi jinoyat sodir etmasa, shartli hukm sud tomonidan bekor qilinmagan bo`lsa, hukm ijro etilmaydi va shaxs Jinoyat kodeksi 78-moddasi «a» bandiga ko`ra sudlanmagan hisoblanadi.



Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling