Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

1
1
1
1
1
1
1
17
1
1


38 
dunyo mavzu tanlashda, hodisalarga yondashishda namoyon bo’ladi. Shuning 
uchun “uslub-odamdir” deyiladi.
O’ktam Usmonovning asarlarida ham ijodiy uslubning ichki omillaridan 
bo’lmish bayon tarzi, fikrni ifoda etish mahorati yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
O’ktam Usmonov o’zidan oldin hikoyachilik janrida ijod qilgan hamda 
yuksak cho’qqilarni egallagan adiblar ijodi bilan ya
i
qindan tanishib chiqqan, 
ularning asarlaridan nimalarnidir o’qib o’rgangan, ijodiy o’zlashtirgan. Bu 
o’rganish uning hayot hodisalarini akslantirishi, inson obrazini gavdalantirishiga 
o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’ktam Usmonov qahramonlari harakatlanadigan joylarni jamiki 
ko’rinishlari bilan keng bayon etmasada, personajlar qiyofa, holatini batafsil 
suratlantiradi. Lekin ba’zi kichik hikoyalarda esa yozuvchining qahramonlari 
turgan joyini ham, ularning holati, ahvolini ham ixcham, lo’nda, eng muhim 
jihatlariga e’tiborni qaratgan holda tasvirlaydi. Aynan shu tarafdan O’ktam 
Usmonov Abdulla Qahhorning ijodiy uslubiga yondoshganligiga guvoh 
bo’lamiz.
“San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlarni badiiy til yordamida 
xayoloti bilan uyg’unlashtiruvchi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal 
bo’lishini ta’minlovchi vosita – uslub deb ataladi” deydi Nobel mukofoti 
sovrindori, fransuz adibi Alber Kamyu.
1
O’ktam Usmonov ijodiy uslubida ijtimoiy davr masalasini, urushdan 
keyingi yillarni, insonlar xarakterini ta’sirli chizgilarda tasvirlab berishi orqali 
kitobxonlar qalbidan joy egallagan.
“An’anaviy tarzda adabiyotshunoslik liberal gumanizmni va uning 
farazlarini shubhadan xoli deb hisoblaydi. U insonni- predmet sifatida, texnik 
ma’noda – ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liq mohiyatan – erkin shaxs deb 
hisoblaydi. Biz o’zimizni, o’z taqdirimizni o’z qo’llarimiz bilan yaratamiz. 
Mazkur maqsadlarga erishishda oldimizda tanlovlar bor. Taqdirimiz 
tanlovimizga bog’liq”
2

O’ktam Usmonov o’z asarining boshiga, ilk jumlasiga juda qattiq e’tibor 
qiladi, chunki uning asari shu so’zlar bilan boshlanadi va o’quvchi qalbiga sehrli 
kuy misoli oqib kiradi. Hattoki asar boshlanishidan avval keltirilgan epigraflarni 
asar mazmunidan uzoqlashmagan holda, million jumlalar orasidan saralab, tanlab 
yozadi.
1 “Jahon adabiyoti” jurnali. 1997-yil, 1-son.- B.192. 
2
Hans Bertens. Literary Theory. The basics, 2001,- page 12. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling