Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
- Bu sahifa navigatsiya:
- “-Xa-ya, yana
“Qaldirg’och” hikoyasi ham bola hayotidan hikoya qilib beriladi. Yozuvchi
bunda qahramonlarning aynan xarakter-xususiyatlarini, portretini chizib ko’rsatmasada, lekin bola tilidan aytilgan ta’riflar orqali ularni tasavvurimizga keltiramiz, sur’atlarini xayolimizda chizamiz. Hikoyada tinch-totuv yashaydigan, bir-birlariga mehribon, har tomonlama milliylikka yo’g’rilgan, ma’naviyatli oila tasvirlangan. “Qarisi bor uyning parisi bor”,- deganlaridek, balkim bu oilaning ham shunday farishtali bo’lishida buvi obrazining ahamiyati kattadir. Bir oyog’i va bir qo’li ishlamay to’shakka mixlanib qolgan bu kampirda ma’naviyatimizga mos fazilatlar mujassamlashgan. U shunday yotib qolganligidan ham nolimas, hech kimga og’irligi tushmas, o’zgalarni ham o’zining bunday holga tushib qolishida aybdor sanamasdi. U faqatgina o’ziga-o’zi pichirlab yotar, pichirlash asnosida duo qilar, fashistlar bilan bo’ladigan urushga ketgan, ammo nom- nishoni chiqmagan o’g’li Qahramonni ko’rishni xohlardi. Uning tirikligiga, qachonlardir qaytib kelishiga umid qilar, chin dildan ishonar edi. Shuning uchun ham bu dunyoda yarim jon holatda yashayotganligiga ham shukur qilardi. Ko’zlarini mo’ltillatgancha, ranglari so’lg’in holda eshikdan Qahramonning kirib kelishini kutib yotardilar. Qahramon obrazining keltirilishi, aynan o’zi hikoyada ishtrok etmasa ham lekin ismining yozilishi ham kampirning ma’naviy-axloqiy tomonlarini ochib berishga yordam bergan. O’ktam Usmonov peyzaj ya’ni tabiat tasvirlarini ham rango-rang bo’yoqlarda chizib bergan. Milliyligimiz, ma’naviyatimiz ko’rinishlaridan biri sifatida bolaning varrak uchirayotganini va uning daraxtga ilinib qolganligidan kichkintoyning juda xunob bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Varrak motivi ham aynan milliy ma’naviyatimiz timsolida hikoyaga olib kirilgan. Hattoki varragi aziz bo’lganidan, dadasi avaylab-asrayotgan daraxt ham uning ko’zlariga yomon ko’rinadi. Mirzahmatning ham daraxtni qo’shnilarning: “Bu falokatni kesib tashlang, shamolda ag’anab, biror kor-hol chiqarib yurmasin tag’in”,-deganlariga qaramay avaylashiga balki uni kelajakda ishlatish uchun emas, undagi chumchuq uyalariga rahmi kelganligi sabab edi. Yozuvchi terakni ramziy ma’no sifatida inson ruhiyatini, axloqini ochib berish uchun olib kirgan. Bosh qahramon terakka qarar-chumchuq uyalarini ko’zim qiymaydi, uvol bo’ladi,-deya terak tanasini silab qo’yishida qahramon ruhiyatidagi ma’naviyatni ko’rishimiz mumkin. Hikoyada barcha uchun quvonchli bo’lgan, yosharish, yangilanish, yangi yilni boshlab kelgan ramzi sifatida qaraladigan qaldirg’och motivi kiritilgan. Uni ko’rganda barchaning yosh bolalardek quvonishlari, shu kunga yetkazganingga 32 shukur deya salovatlar aytishlarida katta bir ma’no, yuksak mehr-muhabbat yotadi. Otasiga shovqin-suron yoqmasada, lekin bu yangilikdan birinchi xabar topgan o’g’lining quvonchlariga sherik bo’ladi va xursandligidan uni bag’riga bosib, peshonasidan o’pib qo’yadi. Bu shodlik quvonchlaridan hammaning ko’ngli xush bo’ladi. Onasining yangi uzilgan issiq nondan turmush o’rtog’iga uzatishida, xonadonda rizqi butun, halol mehnati evaziga nasiba topib yashayotgan oilani ko’ramiz. Kampirning esa qaldirg’ochlarni ko’rmasada, lekin ularning kelganligidan va ularning ortidan albatta o’g’li Qahramonjonning kelishiga ishonayotganligiga guvoh bo’lamiz. Hamma yana bir bahorni ko’rganligidan, qaldirg’ochning ovozini eshitishga yetganidan g’oyatda xursand edilar. Hikoya ayni boshqa hikoyalarga o’xshab urushdan keying yillarni yoritib bergan. Sovuq urush yillari o’tgan bo’lsada, lekin uning zahmi hali yer yuzidan ketmagandi. Odamlar rizq-nasibasini topish uchun ertayu-kech qora mehnatda bo’lar, qora qozonning qaynashi juda qiyin bo’lgan zamonlar edi. Shu sababli bu davrda och nahor o’lib ketgan, uysiz, Vatansiz qolib ketgan, hattoki urushga ketib qaytmaganlar, qaytganlari ham ishga yaroqsiz nogiron bo’lib qolganlar. Yozuvchi xuddi shunday insonlar bilan hikoya qahramonlari hayotini taqqoslashni, hozirgi davrni ham shularga nisbatan solishtirishni kitobxonga qo’yib beradi. Hikoyada qariyalarga bo’lgan e’zozni, ayolning turmush o’rtog’iga hurmatini, erning esa rafiqasiga mehr-muhabbatini, hattoki jonivorlarga, qushlarga g’amxo’rlikni ko’ramiz. Yozuvchi hikoyani: “-Xa-ya, yana Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling