Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4
4
3
3
3


30 
 
 
II BOB. 
HIKOYALARDA BADIIYLIK VA HAYOTIY TALQIN
 
2.1.Adib hikoyalarida ijtimoiy muhit va ramziylik
 
“Badiiy adabiyotda hayot go‘zalliklari, insonning ijtimoiy faoliyati va 
ma’naviy olami ma’lum bir estetik kategoriyalar orqali o‘z ifodasini topadi. Badiiy 
adabiyotning estetik kategoriyalari deyilganda, poetik idrok etilgan hayotiy 
voqelikni tasvirlash yo‘llari, ya’ni badiiyat qonuniyatlari silsilasi nazarda tutiladi. 
Taniqli adabiyotshunos olim Matyoqub Qo‘shjonovning fikriga ko’ra «Estetik 
kategoriya bu hayot go‘zalliklarining adabiyot va san’atda in’ikos ko‘rinishlarining 
tasvir yo‘llaridir»”.
1
Inson xarakteri, uning ruhiy o`ziga xosligi ko`p jihatdan u yashayotgan muhit 
shart-sharoitlari bilan bog`liqdir. Aksariyat yozuvchilarni, N.G.CHernishevskiy 
ta’biri bilan aytsak, “Ijtimoiy munosabatlar va hayotiy to`qnashuvlarning 
xarakterlarga ta’siri” qiziqtirishi bejiz emas.
Badiiy adabiyotda milliylik deganda ko‘p adabiyotshunoslar urf-odatda, 
milliy libosda, faoliyatda, sa’y-harakatda, nutqida ko‘rishadi va shu holatlarda 
o‘z mujassamini topadi, deb bilishadi. To‘g‘ri, bu holatlar milliylikni belgilaydigan 
omillar hisoblanadi. Lekin mazkur vosita va omillar o‘zida milliylikni to‘liq 
ifodalaydi, deb bo‘lmaydi. Chunki bular milliylikning zohiriy ko‘rinishlaridir. 
Ma’lumki, zohiriylik bu shakldir. Shakl esa hech qachon masala mohiyatini 
belgilamaydi. U belgilashga xizmat qiladigan vositadir. Milliylik, birinchi 
navbatda, ruhiyatda o‘z mujassamini topadi. Milliylikni belgilaydigan boshqa 
xususiyatlarning barchasi unga bog‘liq, undan kelib chiqadi. Ruhiyat esa 
insonning tabiatini va o‘zligini belgilaydigan ilohiy kuch, ma’naviy oziqdir. 
Ruhiyati kuchli odam o‘z qiyofasidan, o‘z yo‘lidan, ya’ni to‘g‘ri yo‘ldan 
toymaydi, e’tiqodidan voz kechmaydi. Bu borada Qur’oni karimda shunday 
deyiladi: "Sendan ruh haqida so‘raydilar. Aytgin, ruh - Ollohning ishi, sizlarga 
faqat ozgina ilm berilgan xolos. ("Al-isro" surasi. 85-oyat). Demak, ruhiyat 
ilm bilan yo‘g‘rilgan, undan ozuqa oladi. Uning inson jismidan, ya’ni tabiatidan 
joy olishi muhitga bog‘liq. Agar qanchalik undan erta bahra olsa, milliy 
xususiyat shunchalik kuchli bo‘ladi. 
O’ktam Usmonovning ham ko’pgina hikoyalari ruhiyat masalasida 
milliylikka yo`g`rilgan bo`lib, unda qahramonlar orqali ma’naviy-axloqiy 
1
Qo‘shjonov M. Saylanma. Ikki jildlik. II jild. T., 1983. 137-bet. 
22


31 
masalalar yoritib berilgan. Yozuvchi hikoyalarida ramziy obrazlarga alohida 
diqqatini qaratadi. Boshqa hikoyalariga qaraganda ramziylikka asoslangan 
hikoyalari kitobxon ko`nglidan kengroq joy egallaydi deb o`ylayman.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling