Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


qaldirg’och kelibdi-ya, hayriyat…-deb xo’rsindi-yu, nimjon qo’llari bilan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

qaldirg’och kelibdi-ya, hayriyat…-deb xo’rsindi-yu, nimjon qo’llari bilan 
yelkamni siladi”,-deya bola tilidan aytilgan jumlalar bilan yakunlaydi.
O’ktam Usmonovning “Tunda uvlagan it” hikoyasida oddiy jonivorning 
insonga bo’lgan mehrini, vafodorligini, atrofdagilarga bo’lgan o’yinqaroqligini 
ko’ramiz. Hayotda shunday insonlar borki, ularning qilgan ishlarini, o’zlarini 
tutishlarini ko’rib,- odam bolasidan ham hayvon tug’ilar ekanda deb qolamiz. 
Lekin hikoyada e’tibor qaratilgan it obrazi esa ana shunday insonlardan ko’ra 
vafodor, aqlli, ziyrak qilib tasvirlangan. Bu hikoya yuqorida ta’kidlaganimiz 
bola tilidan aytilgan bo’lib, u qishlog’idagi qo’shnisi Ahmad buva hamda uning 
To’rtko’z iti haqida biz kitobxonlarga aytib beradi.
Ahmad buva yolg’iz bo’lishiga qaramay hech kimga yolg’izligidan nolimas, 
hech kimga og’irligi tushmas, o’zi uchun oddiygina sotuvchilikni kasb qilib 
olgan edi. Uning shaharda jiyanlari borligi haqida ma’lumot bo’lsa-da, lekin 
hech qishloqqa kelmagan. Qari bo’lishiga qaramay insonlarga e’zozda, 
qo’shnilarga e’tiborda, yaqinlariga hurmatda bo’lgan bu chol o’z hayoti uchun 


33 
o’zi kurashar, oyog’i oqsoq bo’lib hassaga tayansada hech kimga yuk bo’lib 
qolgan joyi yo’q edi. Uning iti To’rtko’z esa yoniga kelgan odamlarga tashlanish 
o’rniga ular bilan o’ynagisi, do’stlashgisi kelardi. Hattoki egasi Ahmad buva 
ham uni chaqirsa, qayerda bo’lishidan, oldida suyak bo’lishiga ham qaramay 
chol yoniga chopardi. Cholning yonidan jilmas agarda biron joyga ketadigan 
bo’lsa huddi egasini yo’qotib qo’yadigandek yoki unga bir korxol bo’ladi deb 
o’ylasa kerak qariyaning yonidan jilmasdi. To’rtko’z doim Ahmad otaga ko’z 
quloq bo’lib yurar, uning oila a’zosidek bo’lib ketgandi. Hattoki uning chaqnab 
turadigan sarg’ish ko’zlarida ham ko’p ma’no bor edi. Insonlardek ma’noli 
boquvchi bu ko’zlarda uning egasidan ayrilib qolmaslik xohishini ko’rishimiz 
mumkin.
Yozuvchi hikoyada asosiy obraz sifatida olib kirgan To’rtko’z orqali 
insonni inson bo’lishga, har qanday sharoitda ham odamgarchilikdan chiqib 
ketmaslikka undaydi.
Hikoyaning o’ta darajada ta’sirli chiqishida To’rtko’z obrazining insonlarga 
xos axloqiy fazilatlar asosida tasvirlanishi sabab bo’lgan. Boshqa hikoyalardan 
farqi ham shundadir. Ayni shu ma’noni quyidagi jumlalarda ham ko’rishimiz 
mumkin: 
Kun issiq damlarda Ahmad buva sal naridagi katta tut daraxtining soyasiga 
po’stak tashlab, yonboshlagancha pinakka ketardi. Shunda To’rtko’z ham go’yo 
egasining ko’ngli uchun ariq labidagi qalin o’t ustiga cho’zilib, mudray boshlar 
edi. Ammo kimdir “Ahmad buva” deb chaqirishi yoki Ahmad buvaning o’zi 
nimadir deyishi bilan To’rtko’z o’rnidan sapchib turar, olovday chaqnagan 
sarg’ish ko’zlarini egasiga qadab, uning har bir buyrug’ini o’sha zahoti anglab 
olmoqchiday, 
quloqlari 
dikkayib 
ketardi. 
Goho 
quvonchi 
ichiga 
sig’mayotganday o’zidan-o’zi sakrab, o’zicha akillab Ahmad buvaga suykanib, 
erkalik qilardi. Birovning mehrini qozonish uchun unga nimadir yaxshilik qilish 
kerakligini mana shu it ham allaqanday ilohiy bir ziyraklik bilan bilganini 
ayting!... 
Yozuvchi aynan shu xislatlarni itda mavjud ekanini, hattoki 
qahramonlarning buni anglab yetishi uchun Ahmad buvaning o’limini 
kulminatsion nuqta sifatida olib kirgan. Buni biz bola tilidan:”Bu gaplarning bari 
ko’z o’ngimga Ahmad buva o’lgandan keyin keldi. Undan avval esa “itdaka it-
da”, deb umuman unga e’tibor bermasdim”,-deya aytilgan o’rinlarda ko’ramiz.
Ahmad buvaning to`satdan o`lib qolishi, butun qishloq shu jumladan, 
To’rtko’z uchun ham og’ir judolik bo’ldi. Qishloq ahli uchun Ahmad buva aziz 
insonga aylangan edi. Ammo To’rtko’z uchun esa ajralmas, qalin do’st edi. 
Ahmad buvaning yerga qo’yilishini mungli ko’zlari bilan ko’rib turar, hattoki 
15


34 
tobutni olib ketayotganda birinchilardan bo’lib ketayotganligida ham uning 
hamma narsani ko’rib, bilib, sezib, tushunib turganligidan dalolat edi.
Ahmad buvani yerga qo’yib ketishar ekan, yo’lda odamlar bilan 
qaytayotgan To’rtko’zning qabr tarafga qarab yana qaytib ketishini ko’ramiz va 
ko’nglimizdan qandaydir og’ir bir hisdan g’amga botamiz. Itda shunday ruhiy 
tushkunlik, shunday sezgi borligidan hayratga tushamiz.
O’ktam Usmonov har bir kitobxonni To’rtko’z obrazi orqali ogohlikka 
chaqiradi. Zamon ishiga aylanayotgan qariyalarga hurmatsizlik, ularni ming 
bahona bilan mehr-muruvvat uyiga olib borib tashlash, otasi-onasi tirikligida 
hurmat qilmay, balki o’lgandan so’ng uning ruhiga nisbatan “mulozamat” 
ko’rsatishini hayolimizdan o’tkazamiz.
To’rtko’z endi bir tarafini yo’qotgandek yurar, uning ko’zlaridagi chaqnash 
o’rnini qayg’u, yolg’izlik, g’amginlik egallagandi.
Ahmad buvaning ham insoniy axloq-fazilatga ega ekanligini uning tobutini 
qahraton qish bo’lishiga qaramay butun qishloq ahli yerga joylab kelganini 
ko’ramiz. To’rtko’z qabr tarafga qarab ketarkan Mirzahmat tomonidan o’g’liga 
qarab, - xafa bo’lma, hali keladi o’zi,- dedilar. Kimdir xuddi “ux” tortganday:”It 
vafodor bo’ladi”,-deb qo’ydi.
Uyga qaytib kelganimizda ham sabrim chidamay, qayta-qayta hovliga 
chiqib, narigi tepalikdagi mozorga qaray boshladim: To’rtko’z Ahmad buva 
qabri atrofida hamon nimalarnidir iskab, chopib, to’xtab, yana chopib, yana 
to’xtab, maqsadsiz bir tarzda izg’ib yurar edi.
To’rtko’zning kechalari uvlab chiqishlari, yurakni ezar, uning ham qalbida 
sog’inch borligi sezilib turardi. Kun sovuq bo’lishiga qaramay havo ochiq, 
tashqari sutday oydin edi. Shu sokinlikni buzib Ahmad buvaniki tomondan yana 
o’sha uvlash eshitildi. Bostirma tomiga chiqib olib sovuqda cho’nqayib o’tirgan 
To’rtko’zmi yoki bo’rimi… boshini osmonga ko’targan ko’yi turib-turib uvlab 
qo’yardi. Dadam jahli chiqqanlaridan qattiq ovoz bilan: “To’rtko’z, To’rtko’z!” 
deb chaqirdilar. It o’tirgan joyidan shahd bilan turib, tom bo’g’otiga yaqin keldi, 
olov ko’zlarini yaltillatib bizga biroz qarab turdi-da, keyin qorlarni 
shovillatgancha Ahmad buvaning hovlisiga tushib ketdi. Uyga kirib endi 
yotishimiz bilan yana uvladi. Shunda dadam: “Odamzodmi, jonivormi, 
suyanchig’i bo’lmasa- qiyin”, dedilar. O’sha kecha tuni bilan To’rtko’z bo’ridek 
uvillab chiqdi. Men uxlayolmadim… 
Bora-bora To’rtko’zning uvillashlari asta-sekin kamayib, o’zi esa hamma 
chiqarib bergan yuvindilarni ichaverib, salda semirib ketdi. Lekin baribir ora-sira 
kechalari bo’riga o’xshab uvlab chiqar, qo’shnilarni uxlatmas edi. Yarim 
yillardan so’ng u ko’rinmay qoldi; o’ldimi, boshqa yerlarga daydib ketdimi- 


35 
hech kim bilmasdi. Faqat qo’ni-qo’shnilar har zamonda Ahmad buvani eslab 
qolsalar, To’rtko’zning vafodorligini ham xuddi afsonadek maqtab qo’yadigan 
bo’lishdi. 
O’ktam Usmonovning kichik hikoyalarida asosan, qariyalar, bolalar tasviri, 
qishloq hayoti, insonning bu dunyoda qilgan ishlari sarhisobi ko’proq yoritilgan. 
Adibning “Izlar” hikoyasiga qaraganimizda Pirishboyning qilgan zulmkor 
ishlari, qarilikdan o’z g’ururini yer bilan bitta qilganini, o’lgandan so’ng esa 
uning o’ligini yerga qo’yish uchun atiga yetti odam chiqqanini ko’ramiz. “Tunda 
uvlagan it” hikoyasida esa buning aksiga guvoh bo’lamiz.
Har bir inson bu dunyoda qilgan ezgu amallari, orttirgan yaxshi nomi, 
savoblari, toat-ibodati bilan nom qozonadi, ezgulikka muhrlanadi. Ana shunday 
insonlargina abadiy tarixga muhrlanadilar. O’lib uning nomi o’chgan bo’lsada, 
lekin har doim yaxshi xotiralar bilan eslanadi. O’ktam Usmonov ham 
barchamizni shunday ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan, ruhiy barkamol 
shaxs bo’lishga da’vat etadi.
O’ktam Usmonovning yuqorida tahlilga tortilgan “Kindik qoni to’kilgan 
yer” hikoyasida ham o’zbekona lutf, mehr-muruvvatni, ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni o’zida mujassam etgan nuroniy mehnatkash otaxonni ko’ramiz. 
Uning ham fazilatlarida butun bir o’zbeklarga xos bo’lgan Vatanga sadoqat, o’z 
tug’ilib o’sgan joyiga sodiqlik ta’sirli qilib ochib berilganki, buni o’qigan har bir 
kitobxon ko’ziga yosh keladi. Aytib o’tganimizdek, Toshkent zilzilasidan 
keyingi voqealar keltirilgan ushbu hikoyada keksa otaxonning eski, vayronaga 
aylangan uyi oldida o’tin terib, choy qaynatib, qiyiqchasini yozib qand-qurs 
qo’yib quruvchilarga choy damlab berishida ham o’zbeklarga xos mehmonbozlik 
odatini ko’rishimiz mumkin. Chol har kun quruvchilar ishlayotgan vayronaga 
kelar, bu balki so’nggi ko’rishim deya eski uyini yaxshilab aylanib, razm solardi. 
Har birimiz uchun tug’ilib o’sgan Vatanimiz qanchalik qadrli bo’lgani kabi 
qariya uchun ham zilzila ostida qolgan ota-bobolaridan meros, yoshligi o’tgan uy 
ham shunchalik qadrlidir. Chol bechora uyini hech qachon buzilishini 
xohlamasdi. Yozuvchi o’zbeklarga xos milliylikni shu qariya ruhiyatida ochib 
bergan. 
O‘tmishni, Vatanni, jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahliliy idrok 
etish darajasiga ko‘tarilishi uchun sermushohada tafakkur zarur. Adib 
hikoyalarining ikkinchi kashfiyoti ana shunda, ya’ni tafakkurli kishilar obrazini 
yaratishga urinishda ko‘rinadi. Ayni paytda inson fojiasining tub ildizi fikrsizlikda 
ekani, o‘zligini anglamagan banda na dunyoni, na davlatni anglamoqqa qodir ekani 
tesha tegmagan timsollar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, qahramon 
shuurini tahlil etishga kirishgan hikoyanavis zamondosh inson botinida ham 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling