Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

 
 
 
 
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, O‘ktam Usmonov ijodining asosiy 
yutug‘i va qahramonlar ruhiy holatini tasvirlashdagi o‘zgachalikning belgisi, u 
bunda ortiqcha tafsilotlarga berilmasdan ularni real-hayotiy tasvirlaydi. Shuning 
uchun ham yozuvchining asarlaridan hayotiylik ufurib turadi. O‘ktam Usmonov 
badiiy adabiyotda inson obrazini to‘laqonli yaratish va uni o‘quvchi ko‘z oldida 
konkret jonlantirish uchun badiiy psixologizmdan badiiy unsur sifatida 
foydalanadi. Badiiy psixologizm - bu personaj ruhiyatining ochib berilishi, uning 
xatti-harakatlari, gap-so‘zlarining psixologik jihatdan asoslanishi ekanligini 
yozuvchi yaxshi biladi. Uning asarlariga nazar tashlaganimizda muallif asarni 
o‘zidan kelib chiqib yaratsa qanchalik saviyali va qanchalik ishonchli bo‘lishiga 
guvoh bo‘lamiz. Hikoyachilik bu shunchaki ma’lum sujetga asoslangan voqelik 
3
3
4


29 
yozish emas, balki aynan shu sujet orqali o`quvchiga ezgulik ulashish. Bugungi 
zamonaviy hikoyalar ayni shunaqa faqat voqelik asosida yozilayotgani biroz 
achinarli. Lekin guruch kurmaksiz bo`lmaydi deganlaridek, ayni shu kurmaklar 
zamonaviy hikoyachilikka berilgan aksariyat ta’riflarning sababidir. Hikoya 
yozuvchi tilga olgan davr va ayni hikoya yozilayotgan davr o`rtasidagi masofa 
saqlanishi lozim. 
Xullas, O‘ktam Usmonov yaratgan obrazlar va ularning ruhiyat, xarakter 
tasviri betakror. Yozuvchining yaratgan har bir qahramonidan kitobxon nimanidir 
olishga va nimadandir voz kechishga harakat qiladi. Chunki, yozuvchi badiiy 
asoslashni va bu boradagi badiiy detallarni juda o‘rinli qo‘llaydi. Shu boisdan 
ham O‘ktam Usmonov asarlarini o‘qigan kitobxonda voqealar real hayotda yuz 
berayotgandek tasavvur qoldiradi. Adib xalqimizning adabiy-estetik ehtiyojini 
qondirishga shuningdek, ijtimoiy-estetik didni o‘stirishga intilib kelayotgan 
iste’dodli ijodkorlardan biridir.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling