Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

5
5
5
5
4
10
5
5
5
14
11
14
11



muvaffaqiyatli tugatgach, avval respublika gazetalarida xizmat qildi. 1972-1982-
yillarda respublika partiya Markaziy Qo‘mitasida mas’ul vazifasida, so‘ng 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib hamda “O‘zbekiston ovozi” 
gazetasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.
Adib ijodining boshlanishi, asosan, 50-yillarning so’nggi, 60-yillarning 
boshlariga to`g`ri keladi. U avval hikoyanavis, so’ng qissanavis va pirovard 
romannavis sifatida el-yurtga tanildi. O‘ktam Usmonovning birinchi hikoyalar 
to‘plami 1964-yilda “Guldasta” nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng 1965-yilda 
“Bahs boylashgan bola”, 1970-yilda “Bahor chaqmoqlari” nomli hikoyalari va ilk 
qissasi nashr etiladi. So‘ngra adibning “Notinch kecha” (1976), “Sirli sohil” (1981) 
kabi hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim etiladi. Ushbu hikoyalarda adibning 
inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy 
detallarda umumlashtiriladi. U qissanavis sifatida “Bahor chaqmoqlari”, “Kishan”, 
“Qismat” kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. So‘nggi ikki asr adabiy 
tanqidchilik tomonidan yaxshi baholandi. O‘ktam Usmonov ijodida “Girdob” 
(1979) romani alohida o‘rin tutadi. Unda adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan 
xiyonat o‘rtasidagi kurash, ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga to‘la hayoti, 
haqiqat va nohaqlik o‘rtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan 
tasvirlangan. Aziz va Mahamatchatoq obrazlari hayotiy, samimiy bo‘yoqlarda 
chizilgan. 
O‘ktam 
Usmonov 
T.Drayzerning 
“Amerika 
fojiasi” 
romanini, 
A.Shirvonzodaning “Nomus” qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, 
adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin oladigan asarlar qoldirib ketgan 
san’atkordir. O‘ktam Usmonovning bir qator asarlari rus va qardosh tillarga tarjima 
qilingan.”
1
1
S.Mirvaliyev, R.Shokirova. “O’zbek adiblari”. –T.: “G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”. 
2016-yil, 86-bet 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling