2
I BOB. O‘KTAM USMONOV HIKOYALARIDA XARAKTER VA
MILLIY RUH
1.1. O`ktam Usmonov hikoyalarida qahramon obrazi masalalari
Shunday ijodkorlar bo‘ladiki,
ularning hayoti va ijodi, asarlari bilan
yaqindan tanish bo‘lmasak ham, lekin asarlariga ko‘zimiz tushib o‘qiganimizda
katta bir adabiy olamga tushib qolgandek bo‘lamiz. Ularning hikoyalarida o‘zimiz
va atrofimizdagi taqdirlar hayotini ko‘rgandek bo‘lamiz so’ngra ana shu
yozuvchining
ijodlariga qiziqib, asarlariga bog‘lanib qolamiz. O‘z mahoratlari
bilan adabiyot olamiga sezilarli hissa qo‘shgan bunday yozuvchilarsiz milliy
adabiyotning taraqqiyot yo‘lini tasavvur qilish nihoyatda qiyin. O‘zbek
adabiyotining taniqli namoyandasi, o‘ziga xos ovoz sohibi O‘ktam Usmonov ana
shunday siymolardan. O‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek hikoyachiligi haqida so‘z
yuritilar ekan, O‘ktam Usmonov nomini alohida qayd etishimiz zarur.
“Badiiy asar – insoniyat tarixining
qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni
birinchi galda inson sifatidagi o’y-fikrlari bilan yoritishi lozim”.
1
Jumladan,
hikoya-o’quvchini qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. “Hikoya
yaratishda hech qachon hajm ahamiyatli emas. Kichik hajmli hikoyada ham butun
bir davr muammolari va davr ruhiyati yoritilishi mumkin. Shu boisdan ham hozirgi
adabiy jarayonda barcha janrlar kabi hikoya ham o’z o’rnini topayotgani kunday
ravshan. Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri shundan
iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga
kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan’anaviy
ko’rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o’ziga xos milliy xarakterlarni
adabiyot maydoniga olib kirdi”
2.
Shunday siymolardan biri 50-60-yillarda samarali
ijod qilgan O’ktam Usmonovdir.
Bu
davrda mamlakat hayotida, moddiy va ma’naviy turmushda jiddiy
o’zgarishlar va yangiliklar bo’ldi. Bular, hech shubhasiz,
stalinizmning qulashi
bilan bevosita bog’liqdir. Darhaqiqat, Stalin vafot etgach, 50-yillarning o’rtalariga
kelib, shaxsga sig`inish illati keskin qoralandi, uning zararli oqibatlarini tugatish
1
Белинский В.Г. Adabiy orzular. – T.:Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987-yil, 11-bet.
2
G.Sattorova.”90-yillar o’zbek hikoyachiligi va milliy xarakter muammosi”, -T.: 2002-yil, 3-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: