Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

11
11
14
11
11 14
11
11
11
14
14
14



O‘ktam Usmonov qahramonlari oddiy odamlar; ular hayotida ro‘y bergan 
voqea va hodisalar ham odatdan tashqari va favqulodda emas; shunga qarab 
yozuvchining tasviriy vositalari ham oddiy bo‘lib qoladi. Biroq bu oddiylik 
zamirida yozuvchining katta mahorati, iste’dodi, bilimi yotadi. 
O‘ktam Usmonov asarlarida o‘ziga tanish bo‘lgan atrofdagi insonlarning 
hayot yo‘lini, qayg‘usini, dard-alamlarini ko‘ra bilgan va shu hijronlarni qalamga 
olgan yozuvchidir. Uning “Nomus” hikoyasida insonning iztirobli dardlari, 
ularning or-nomus va g‘urur masalalari qalamga olingan. Asarda hikoya qilingan 
voqealar tasvirida ham insonning ruhiy qiynoqlari, qalbini kemirib boradigan 
dardlari ishonarli tasvirlarda berilar ekan, buning mantiqiy mohiyatini hikoyaning 
sarlavhasida ko‘rish mumkin.
 
Hikoya bosh qahramoni Bozor Hamroyevich. Bozor Hamoyevich o‘z 
kasbining ustasi va uning barcha havas qiladigan kichkinagina oilasi bor. Muallif 
bir oilada sodir bo‘ladigan voqealarni tasvirlar ekan shu oilaning ichki siri, o‘ziga 
xos yutuqlari bilan birga kamchiliklari haqida ham so‘z yuritadi. Bozor 
Hamroyevich va uning ayoli uzoq yillar bir-birini asrab, avaylab, sevib –ardoqlab 
kelgan. Er –xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat atrofdagilarning havasini keltiradi. 
Ular shu hayotlari davomida bir-birini fikrini ardoqlab, hayotlarida sodir bo‘lgan 
nimaiki qiyinchilik bo‘lsa birga yengib o‘tganlar. Butun mehrlarini yolg‘iz 
farzandlariga berganlar. Lekin ularning mana shu bitta-yu bitta farzandlari, 
ko‘zlarining oq-u qorasi, jigarbandi o‘g‘li Farrux esa asarda o‘z ota-onasiga teskari 
qo‘yiladi. U ota-onasini atrofdagilar oldida bir umrlari davomida topgan obro‘sini 
barbod qiladi. Hamma havas qilgan oilasini parokanda qilgan farzand sifatida 
tasvirlanar ekan, uning tabiatidagi illatlarning ildizini topishga harakat qiladi. 
Bozor Hamroyevich o‘zini qanchalik ovutmasin, ish bilan chalg‘iyman deb harakat 
qilmasin baribir foydasi bo‘lmaydi. Chunki o‘g‘li Farrux uni shuncha yillik 
obro‘yini tuproqqa belaydi, otasini tiriklayin go‘rga tiqadi. Uning rafiqasiga 
bo‘lgan mehri bir chora o‘ylab topishga, hammadan berkinib uyda yashirinib 
o‘tirgandan ko‘ra, qo‘ldan kelganini qilishga kirishishiga sabab bo‘ladi. Nima 
5



qilsin boshqa chorasi yo‘q, ota o‘z farzandining qilmishi uchun ham katta boshini 
kichik qilib o‘sha o‘z shogirdining uyiga borishni lozim topadi. Shu harakatidan 
o‘z sha’nini tiklash va farzandining taqdiridagi dog‘ni yuvishda balki bir ish chiqar 
deb o‘ylaydi. Yozuvchi tasvirlagan voqealarni o‘qir ekan, kitobxon dunyo va 
odamzod haqidagi falsafiy jihatlarni o‘ylab qoladi. Inson qismatidagi fojialar 
to‘satdan, kutilmaganda kelishini mushohada qilgandek bo‘ladi. Yillar davomida 
o‘qib, ishlab turli qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazib, bir dunyo orza –havaslar 
qilib, endi og‘zim oshga yetdi deganda, barcha orzu-havaslari barbod bo‘lishi 
mumkinligini ogohlantirmoqchi bo‘lgandek, kitobxonni tarbiya masalasida 
xushyorlikka chaqirgandek bo‘ladi. Qahramonning orzulari ijobat bo‘lib, hamma 
ishlar o‘z o‘rnida ketayotganda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan voqeaning oyoq 
ostidan chiqib, Bozorboyning butun dunyosini barbod qilishi hikoyaning asosiy 
tuguni hisoblanadi. Inson yangi hayot qurib farzand dunyoga keltiradi. Birdan bir 
orzusi ana shu farzand uchun yashaydi, mehnat qiladi, doim harakatda bo‘ladi. 
Ertangi suyanchim, ishonchim, vaqti soatim yetib bu dunyoni tark etganimda 
qabrimga tuproq qo‘yuvchim shu farzandim deya uni boshiga ko‘taradi. To‘g‘ri 
Bozorboy hayot uchun kurashdi, atrofdagilarga qo‘lidan kelgancha yordam berdi, 
halol mehnati bilan ro‘zg‘or tebratdi, ayoliga xiyonat qilmay chin sevgisining 
qadriga yetdi, urush davrida qanchalik qiynalmasin hayotdan nolimadi. Kun kelib 
hayot yo‘lida bunday chalkashliklar, dilhiraliklar bo‘lishi uni hayolining bir 
chetiga ham kelmagan edi. U yo‘lda ketar ekan, qayerda xato qilganini, qaysi 
gunohi uchun bu savdolar boshiga tushganini anglashga harakat qiladi. U boshida 
to‘g‘ri yo‘ldan ketardi, farzand tarbiyasiga e’tibor berardi. Lekin keyinchalik yosh 
bolaning erkaliklari haddan oshib borardi, bunga nisbatan biror chora ko‘rish 
o‘rniga otasi uni boshiga ko‘tarardi. Maktabning eng ilg‘or o‘quvchisi 
bo‘lganligidanmi yo rassomchilik bo‘yicha respublikada birinchilikni olgani 
uchunmi otasi g‘ururlanib, o‘tmishdagi qiyinchiliklari, urushda oyog‘idan jarohat 
olib kimsasiz joylarda tirik o‘likdek qolib ketganlari, sovuqda och-nahor 
yurganlari, oilasi va Vatanining sog‘inchida yurgan vaqtlari, qishloqda ayolining 



qora terga botib mehnat qilganlarini bir zumda unutib yubordi. Yolg‘iz farzandi, 
suyukli o‘g‘li uchun o‘zi va ayoli ko‘rmagan shart-sharoitlarni qilib berdi. 
Ko‘pchilik xatto tushida ham ko‘rmagan sharoitni o‘g‘liga yaratib berdi. Farrux 
esa to‘qlikka sho‘xlik qildi. Balki vaqtida o‘g‘lini yo‘ldan qaytarganda, qilmishlari 
uchun dashnom berganda, o‘z ishlari bilan emas o‘g‘lining hayoti bilan 
qiziqqanida, unga yengil turmush yaratib bermasdan, balki o‘z kuchi bilan 
barchasiga erishishiga yo‘l qo‘yganida edi, hozir hammasi boshqacha bo‘larmidi.
Ko‘rinib turibdiki, yozuvchi asarning bosh g‘oyasi sifatida farzand tarbiyasiga 
e’tibor qaratadi. Tarbiyadagi nuqsonlarning oxir-oqibatlarini ko‘rsatib beradi. 
Kitobxonni esa mana shu hayot tajribalaridan saboq chiqarishga chaqiradi. Inson 
farzandga nisbatan adolatli va qattiqqo‘l bo‘lishini, farzand tarbiyasidagi ojizliklar 
nafaqat insonning o‘z hayotidagi katta - katta fojialarga olib keladi, balki, o‘zga 
begunoh insonlarning taqdirini ham jar yoqasiga olib kelib yangidan yangi 
fojialarni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishidan ogohlantiradi. 
-Men shu paytgacha tarbiya haqida qancha kitob ko‘rgan bo‘lsam, 
birontasida erka boladan tuzuk odam chiqqanini eslolmayman. Bola 
qiyinchiliklarga duchor bo‘lib, vaqtida ozor chekib, lat yeb, vaqtida yig‘lab, kulib, 
nafratlanib, sevib, afsuslanib voyaga yetmasa… u bamisoli parnikdagi nimjon, o‘zi 
qip-qizilu mazasi nimtatir pomidorga o‘xshab qolarkan. Bolasini kim ko‘p 
erkalatsa, keyin u o‘ziga shunchalik ko‘p azob-uqubat sotib oladi. Bir o‘zi sotib 
olsa ham mayli edi, butun jamiyat bundan aziyat chekadi… chunki o‘sha bola, 
baribir, siz bilan bizning oramizda yashaydi-ku
1
…-to‘ylarda bir qo‘lida qadah 
ko‘targancha, tantana bilan mana shunday ma’ruza aytadigan Bozor Hamroevich 
nahotki tili boshqa dili boshqa insonga aylanganini o‘zi sezmay qoldi. Hikoyada 
o‘zi nasihat aytib lekin o‘zi amal qilmagan professor obrazi ishonarli tasvirlarda 
tasvirlangan. Haqiqatdan ham yaxshi tarbiya topmagan professorning o‘g‘li Farrux 
birgina oilasi uchun emas, balki o‘zi yashab turgan jamiyat uchun xavf tug‘diradi. 
Otasi, onasi, hamda otasi tomonidan olib berilgan geolog-professorning qizi ya’ni 
1
O’ktam Usmonov. Sirli sohil. –T.:” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”.1981-yil, 157-bet. 
14



kelini Nigina, uning ota-onalari, yaqinlari, qishloqda tug‘ilib katta bo‘lgan nomusi 
toptalgan qiz va uning oila-a’zolari mana shu sanab o‘tilgan jamiyatning bir 
bo‘g‘ini, oilada bir farzandni to‘g‘ri tarbiya qila olmagan professor-olim 
tomonidan barbod bo‘ldi.
Mana shu kundan professor Bozor Hamroyevichning butun umri davomida 
qilgan mehnatlari, yoshlar tarbiyasi bo‘yicha avvaliga fan nomzodlik 
dissertatsiyasi, keyin esa doktorlik dissertatsiyalari, shuning orqasidan topgan 
barcha mol-mulki, obro‘-e’tibori barcha-barchasi bir zumda havoga uchadi. Shu 
paytgacha el orasida kelajak uchun qayg‘uradigan, yoshlarni mehnatkash, 
barkamol bo‘lib yetishishi haqida maqolalar, kitoblar yozib yurgan inson hayotida 
bunday chigalliklar bo‘lishi, bir umrlik mehnatning poymol bo‘lishi yozuvchi 
mahorati bilan ishonarli obrazlarda ifodalangan. Adibning tasvirlashicha, shahar 
hayotiga xos xususiyatlar, ya’ni, o‘g‘lining qilgan kirdikorlari va iflosligidan, 
bunday jirkanch mashmashalardan shahardagi yon qo‘shnilarning xabari yo‘q 
chog‘ida, qishloq hayotiga xos mish-mishlar urchiydi. Ya’ni bechora nomusi 
toptalgan, qadri yer bilan bitta bo‘lgan qiz haqida gap–so‘zlar butun qishloqda 
shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Chunki, qishloqdagi barcha gap so‘zlar tez 
tarqalishi, qizning nomini qoraga bulg‘ovchi, qisqa vaqtda og‘izdan-og‘izga o‘tib 
yurgan nomus masalasi adibning ishonarli tasvirlari orqali uning o‘ziga xos badiiy 
mahoratini ko‘rsatib beradi.
Bozorboyning bir paytlar o‘quvchisi bo‘lgan Murtazobekning uyiga 
o‘g‘lining qilgan qilmishlari uchun kechirim so‘rashga borishi uni butkul qaddini 
bukkan, nomusini oyoq–osti qilgan edi. Chunki, u o‘zini Murtazobekning o‘rniga 
qo‘yib ko‘rishga ham holi yo‘q edi. Birdaniga Murtazobekning ayoli tomonidan 
“Nima bo‘lsa ham mayli-bir kunga deysizmi, qizimni o‘g‘lingiz nikohiga olsin”,-
degan gapi Bozorboyni batamom aqldan ozdirdi. U nima deyishini ham bilmay, tili 
kalimaga kelmay qoldi. Bozorboy uchun endi hammasi baribir edi, uning 
yo‘qotadigan narsasi ham qolmadi. U barchasiga qo‘l siltagan holda endi qilgan 
ishlariga faqat o‘g‘lim javob bersin degandek hovlidan tezda chiqib ketadi. 



Bozorboy shogirdi Murtazobek uyidan qochib chiqqandek, mashinani qizdirib 
xuddi kimsasiz joylarga qochib ketayotgandek, tezligini oshirib qishloqdan 
uzoqlashib borar ekan, quloqlari ostida “bir kun bo‘lsa ham nikohiga olsin” degan 
so‘zlar qayta-qayta takrorlanib borardi. 
U o‘zini juda ojiz xis etadi. Shogirdining uyidan qanchalik uzoqlashmasin, 
o‘z ichiga kirib olgan vijdon ovozidan qocha olmaydi. Natijada, bosib o‘tgan hayot 
yo‘li bir-bir ko‘z o’ngida gavdalanib, ichki iztiroblari bilan azoblanadi. 
Asar mana shu inson ichki tuyg‘ularining azoblaridan hikoya qiladi. Asarda 
iztirob bilan birga, afsus-nadomat, orzular sarobi, umr yo‘lining notekisliklari 
ishonarli tasvirlarda ifodalangan.
Hikoyada yozuvchi bahor faslini ko‘rsatar ekan, uni qahramonlar ichidan 
o‘tayotgan g‘am-alamga to‘la qahraton qish bilan kanflikt qilib oladi.
E, tavba, qancha narsalarni nazariy ishlab chiqibmanu, uni amalda 
ko‘rsatolmabman-a! Nasihat qilish oson, uni ado etish qiyin! Qiyin! Hatto yolg‘iz 
o‘g‘limga ham ko‘z-quloq bo‘lolmabman. Bunaqa ilmning kimga keragi bor
kimga?!.-deya o‘z aybiga iqror bo‘lgan Bozorboyga hozir yillab qilingan 
mehnatlari, topgan molu-davlati ham yordam berolmaydi. Chunki uni nomus deb 
atalgan kuch yengib bo‘ldi. Insonda nomus deb atalgan bir narsa bor. Lekin uni 
pok saqlab, asrab-avaylash ham mushkul ekan. Asardagi qahramon ham 
o‘tmishdagi qilgan xatoliklari uchun bugun shu nomusini poymol qildi. Qahramon 
endi atrofdagilar ko‘ziga qarashga nomus qiladi. Eng achinarlisi esa shu 
nomusning poymol bo‘lishiga Bozorboyni yoki uning ayolini ko‘ra olmaydiganlar 
emas, balki tug‘ilganidan beriavaylab-asrab, suyub-erkalab katta qilgan o‘g‘li, 
jigarporasi sababchidir. Hikoyada o‘g‘li tomonidan bir bechora qizning nomusi 
toptalashi orqasidan o‘zining ham nomusi oyoq osti bo‘lgan professor Bozorboy 
Hamroyevich obrazi ko‘rsatib berilgan. 
O‘ktam Usmonovning boshqa bir qancha hikoyalari borki, ularning 
barchasida tasvirlangan qahramonlar adib badiiy mahorati bilan o‘ziga xos hayotiy 


10 
lavhalarda tasvirlangan. Masalan, uning “Birovga qolgan kuning”, “Ayol”, “Yana 
kelgan baxt”, “Notinch kecha”, “Odamning yuzi issiq”, “Qaldirg‘och”, “Tunda 
uvlagan it”, “Kuzatish” kabi hikoyalarining qahramonlari ham kishini befarq 
qoldirmaydi.
Yozuvchining asarlari yuksak badiiyligi, g‘oyaning aniqligi, ijtimoiyligi 
bilan xarakterlanadi. Uning asarlari barcha yoshdagi kitobxonlar uchun manzur 
bo‘ladi. Chunki asarlarida faqatgina bir tizgindagi muammolar emas, balki 
barchaning yashirin hislarini jumbushga keltiruvchi, xalqning turli qatlamlariga 
mansub muammolar yashiringan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling